Innovatsiya deganda nimani tushunasiz?
Innovatsiya so`zining ma`nosi ingliz tilidagi INNOVATION so`zidan olingan bo`lib yangilik va yangilik kiritish deganini bildiradi. Bu yangilik zamirida yangi tartibni, yangi odatni, yangi uslubni, kashfiyotni tushunish lozim.
Innovatsiyalarni korxona rivojidagi o’rni qanday?
Korxonalarning innovatsion yo`nalishlari quyidagilar bo`lishi lozim:
innovatsion jarayonlarni boshqarishning yangi usullari va yondoshuvlari asosida innovatsiyani joriy etish mexanizmlarini takomillashtirib borish;
iqtisodiyotning muhim tarmoqlari va korxonalarini rivojlan-tirishning ustuvor yo`nalishlariga qaratilgan loyihalar uchun katta hajmdagi investitsiyalarni jalb qilish va yangi mahsulotlarni yaratish;
innovatsiya davrining barcha bosqichlari bo`yicha ishlab chiqarish – tadbirkorlik faoliyatini jadallashtirish;
korxonalarning barcha ishlab chiqarish tadbirkorlik faoliyati yo`nalishlarida axborot texnologiyalaridan keng miqyosda foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |