Korxonaning investitsion faoliyati deganda nimani tushunasiz?
Korxonaning investitsion faoliyati – korxonalar va xalq ho’jaligi miqyosida yangi ishlab chiqarish korxonalari yaratish yoki mavjud korxonalarni zamonaviylashtirish, ilg’or texnika va texnologiyalarni o’zlashtirish, mahsulot ishlab chiqarish va foyda (daromad) olishni ko’paytirish maqsadida uzoq muddatli mablag’lar kiritilishidir.
Investitsiyalarni korxona rivojlanishidagi roli qanday?
Investitsiyalashning to’g’ri tanlangan taktika va strategiyasi korxonalarga ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilish hamda ishlab chiqarish jarayonlari va mahsulot chiqarishni fan-texnika taraqqiyoti va bozor talablariga javob beruvchi ko’rinishga olib kelishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |