«sog'lom bola yili» davlat dasturi to'G'risida



Download 0,55 Mb.
bet1/6
Sana25.01.2017
Hajmi0,55 Mb.
#1104
  1   2   3   4   5   6
«SOG'LOM BOLA YILI» DAVLAT DASTURI TO'G'RISIDA

(O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2014 y., 9-son, 87-modda)

Mamlakatimizda jismoniy sog'lom, ma'naviy etuk, har tomonlama uyg'un va barkamol rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, intellektual salohiyatga, chuqur bilim va zamonaviy dunyoqarashga ega, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qodir bo'lgan yosh avlodni tarbiyalab voyaga etkazish vazifasini izchil davom ettirish uchun aniq maqsadga qaratilgan keng ko'lamdagi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, davlat va jamiyatning barcha kuch va imkoniyatlarini shu yo'lda safarbar etish maqsadida hamda 2014 yil «Sog'lom bola yili» deb e'lon qilinishi munosabati bilan:

1. Quyidagilar «Sog'lom bola yili» Davlat dasturini amalga oshirishning ustuvor vazifalari va yo'nalishlari etib belgilansin:

sog'lom va har tomonlama barkamol avlodni shakllantirish uchun qonunchilik va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, bu borada qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan yangi qoida va me'yorlarni ishlab chiqish;

sog'lom bolaning dunyoga kelishi masalasiga sog'lom va ahil oilaning mevasi sifatida qarab, oilada o'zaro hurmat va mehr-muhabbat, yuksak axloqiy va ma'naviy qadriyatlar muhitini shakllantirish, yosh oilalarning oyoqqa turib olishi uchun moddiy yordam ko'rsatish, onalik va bolalik muhofazasini ta'minlash, ona va bolaning salomatligini mustahkamlash, ayollarning o'z qobiliyat va imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishi, ularning ro'zg'or tashvishlarini engillashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;

sog'lom bolani voyaga etkazishda, patologiyalarsiz bolalar tug'ilishida sog'liqni saqlash tizimi va tibbiyot xodimlarining roli va mas'uliyatini oshirish, sog'liqni saqlash tizimining moddiy-texnika bazasini va kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlash, aholining tibbiy madaniyatini oshirish bo'yicha keng ko'lamli axborot-tushuntirish ishlarini muntazam olib borish;

sog'lom bolani shakllantirishda ta'lim-tarbiya tizimi va sportning rolini kuchaytirish, maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog'ini kengaytirish, ularni yuqori malakali va tajribali pedagoglar bilan ta'minlash, boshlang'ich ta'limning yuqori sifatini ta'minlagan holda bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan oshirish, ilg'or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish, sog'lom turmush tarzini keng targ'ib etish, bolalar, ayniqsa qiz bolalar o'rtasida jismoniy tarbiya va sportga mehr uyg'otish bo'yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;

sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalab voyaga etkazishda davlat va jamiyat tomonidan ko'rsatiladigan yordam va madadni kuchaytirish, mazkur jarayonlar uchun mas'ul bo'lgan sog'liqni saqlash, ta'lim, madaniyat, ijtimoiy muhofaza muassasalarida zamonaviy talablarga javob beradigan shart-sharoitlarni yaratish, ularni rivojlantirishga yo'naltiriladigan mablag'lardan foydalanish samaradorligini oshirish, sog'lom bolani tarbiyalash bo'yicha ilg'or xalqaro tajribani keng ko'lamda o'rganish va amalda joriy etish;

sog'lom bolani, ayniqsa, qiz bolalarni tarbiyalab voyaga etkazishda, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi uchun ularga ko'mak berish, bolalarni turli to'garaklarga jalb etish, tadbirkorlikni rivojlantirish bo'yicha mahalla va boshqa jamoat tuzilmalarining rolini oshirish, huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, oilalar va jamiyatda o'zaro hamjihatlik, tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, kam ta'minlangan oilalarga moddiy va ma'naviy yordamni o'z vaqtida va manzilli ko'rsatish borasida mahalla va boshqa jamoat tuzilmalarining mas'uliyatini kuchaytirish;

«Sog'lom bola yili» Davlat dasturining maqsad va vazifalari hamda uning bajarilishi to'g'risida keng axborot-tushuntirish ishlari olib borilishini tashkil etish, bunda ommaviy axborot vositalarining, shu jumladan elektron ommaviy axborot vositalarining va Internet tarmog'ining imkoniyatlarini faol ishga tushirish.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 12 dekabrdagi R-4175-sonli farmoyishiga muvofiq tashkil qilingan Respublika komissiyasi tomonidan manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, jamoat tashkilotlari va hukumatga qarashli bo'lmagan tashkilotlar, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan «Sog'lom bola yili» Davlat dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Respublika komissiyasi (Sh.M. Mirziyoev) zimmasiga «Sog'lom bola yili» Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlar amalda bajarilishini tashkil etish va uning monitoringini olib borish vazifasi yuklansin.

Respublika komissiyasi:

bir hafta muddatda — Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida, tumanlar va shaharlarda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va tegishli hududlarning hokimlari boshchiligida Davlat dasturini amalga oshirish bo'yicha tegishli komissiyalar tashkil etilishini ta'minlasin, ularning zimmasiga Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlar so'zsiz, to'liq ko'lamda va o'z vaqtida amalga oshirilishi uchun shaxsiy javobgarlikni yuklasin;

ikki hafta muddatda — vazirliklar, idoralar, xo'jalik birlashmalari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan har bir vazirlik va idora, hudud, shahar, tuman va aholi punkti bo'yicha hududiy va tarmoq «Sog'lom bola yili» dasturlari ishlab chiqilishi va qabul qilinishini;

tasdiqlangan Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlar to'liq va o'z vaqtida bajarilishi uchun davlat va xo'jalik boshqaruvining respublika organlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari darajasida ishlar muvofiqlashtirilishini ta'minlasin, tadbirlar amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat o'rnatsin;

yilning har bir choragi yakunlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga «Sog'lom bola yili» Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlar bajarilishi to'g'risidagi axborot taqdim etilishini ta'minlasin.

4. O'zbekiston Milliy axborot agentligi, O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O'zbekiston matbuot va axborot agentligi:

«Sog'lom bola yili» Davlat dasturining maqsadlari va vazifalari, uni amalga oshirishning asosiy yo'nalishlari va chora-tadbirlari bosma va elektron ommaviy axborot vositalarini, shu jumladan Internetning global tarmog'ini jalb etgan holda aholi orasida muntazam, tizimli va keng yoritilishini;

Davlat dasturining bajarilishi to'g'risida, unda nazarda tutilgan tadbirlar amalga oshirilishida davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining amaliy ishtiroki va aniq hissasi aks ettirilgan holda, keng jamoatchilik doimiy ravishda xabardor qilib turilishini ta'minlasinlar.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoev zimmasiga yuklansin.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 19 fevraldagi PQ-2133-son qaroriga

ILOVA

«Sog'lom bola yili» Davlat dasturi

T/r

Tadbirlar nomi

Bajarish muddatlari

Mas'ul bajaruvchilar

Sarf-

xarajatlar

(mln so'm)

Moliyalashtirish manbalari

Taqdim etiladigan hujjat
shakli, amalga oshirish mexanizmi, kutilayotgan natija


 

I. Sog'lom va har tomonlama barkamol avlodni shakllantirish uchun qonunchilik va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, bu borada tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan yangi qoida va me'yorlarni ishlab chiqish

 

1.

«Bolalarni ularning jismoniy va ma'naviy rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi axborotdan himoya qilish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2014 yil

I chorak


O'zMAA, O'zA, Davlat aloqa qo'mitasi, Bosh prokuratura, Oliy ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, «Kamolot» YoIH, Ma'naviyat targ'ibot markazi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

-

-

Bolalarni ular ongini buzuvchi, jarohatlovchi axborot ta'siridan himoya qilishni, ommaviy axborot manbalarida shafqatsizlik va zo'ravonlik targ'ib qilinishiga yo'l qo'ymaslikning ta'sirchan tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini nazarda tutuvchi O'zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

 

2.

Yangi tahrirdagi «Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2014 yil

I chorak


Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, O'MKHT markazi, Oliy ta'lim vazirligi, Milliy Olimpiya qo'mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi

-

-

Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishni, shu jumladan:

yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilishni;

jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirishni, zamonaviy va samarali sport infratuzilmasini shakllantirishni;

yuqori toifali sportchilar va sport zaxirasini tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratishga doir talablarni joriy etishni nazarda tutuvchi O'zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.



 

3.

«Aholining sanitariya-epidemiologik xotirjamligi to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2014 yil

II chorak



Sog'liqni saqlash vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo'mitasi, Xalq ta'limi vazirligi, Oliy ta'lim vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

-

-

Aholining sanitariya-epidemiologik xotirjamligini ta'minlashning qonunchilik asoslarini, shu jumladan:

bolalarning ta'lim-tarbiya, madaniyat, sport va boshqa muassasalariga qo'yiladigan sanitariya-epidemiologik talablarni;

kasalliklar profilaktikasi bo'yicha talablarni, shu jumladan, aholi, ayniqsa bolalarni emlash, sog'lig'ini saqlash va mustahkamlash, sanitariya normalari va qoidalariga rioya etishni ta'minlashni;

maktabgacha, umumiy, o'rta maxsus va kasb-hunar ta'limi bosqichlarida bolalarni sanitariya va gigiena asoslariga o'qitishga doir chora-tadbirlarni joriy etishni nazarda tutuvchi O'zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.



 

4.

O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuniga va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001 yil 12 maydagi 222–II-sonli «Litsenziya talab qilinadigan faoliyat turlari ro'yxati to'g'risida»gi qaroriga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2014 yil

III chorak



Davlat test markazi, Oliy ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

-

-

Nodavlat ta'lim faoliyatini litsenziyalashni nazarda tutuvchi O'zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi (nodavlat ta'lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash o'rniga).

Mavjud cheklovlarni bartaraf etish, unga muvofiq nodavlat ta'lim faoliyati bilan faqat muassasa shaklida tashkil etilgan nodavlat notijorat tashkilotlari shug'ullanishi mumkin (aksariyat mamlakatlarda, avvalo, rivojlangan mamlakatlarda nodavlat ta'lim faoliyati asosan foyda ko'rish maqsadida amalga oshiriladi).



 

5.

Yangi tahrirdagi «O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati asoslari to'g'risida»gi

O'zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.



2014 yil

IV chorak



Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Voyaga etmaganlar masalalari bo'yicha komissiya,

Adliya vazirligi, «Kamolot» YoIH, Xalq ta'limi vazirligi, Oliy ta'lim vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar



-

-

Yoshlarga oid siyosatning qonunchilik asoslarini takomillashtirishga, shu jumladan:

yoshlarga oid siyosatning ustuvor yo'nalishlarini belgilashga;

yoshlarga oid siyosatni amalga oshirish uchun davlat hokimiyati organlarining mas'uliyatini kuchaytirishga;

voyaga etmaganlarning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishga qaratilgan O'zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.



 

6.

«O'zbekiston Respublikasining «Yod tanqisligi kasalliklari profilaktikasi to'g'risida»gi Qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida»gi O'zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2014 yil

IV chorak



Sog'liqni saqlash vazirligi, Davlat raqobat qo'mitasi,

Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar



-

-

Import qilinadigan yoki respublikada ishlab chiqariluvchi oziq-ovqat uchun ishlatiladigan barcha tuzlarni yod bilan majburiy to'yintirish to'g'risidagi normani kiritishni nazarda tutuvchi O'zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

 

7.

«O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2014 yil

IV chorak



Sog'liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat raqobat qo'mitasi, Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

-

-

Quyidagilarni:

jamoat joylarida alkogolь mahsulotlarini iste'mol qilganlik uchun ma'muriy jarimalar miqdorini oshirishni;

jamoat joylarida tamaki mahsulotlarini iste'mol qilganlik hamda alkogolь va tamaki mahsulotlari targ'ib qilinganligi uchun ma'muriy jazo choralarini belgilashni nazarda tutuvchi O'zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.


 

8.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «2014 — 2018 yillarda aholi reproduktiv salomatligini, xotin-qizlar, bolalar va o'smirlar sog'lig'ini muhofaza qilish tizimini mustahkamlash va rivojlantirish Davlat dasturi to'g'risida»gi qarori loyihasi.

2014 yil

II chorak



Sog'liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar


-

-

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining aholining reproduktiv salomatligini, ona va bola sog'lig'ini muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar sifatini yanada yaxshilashni hamda onalar va bolalar orasida kasallanish va o'lim darajasini kamaytirishni ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi qarori loyihasi.

 

9.

Vazirlar Mahkamasining «Davlat muzeylarining bolalar va ularning ota-onalariga ochiqligini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori loyihasi.

2014 yil

II chorak



Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Fanlar akademiyasi, Xalq ta'limi vazirligi, O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi, Oliy ta'lim vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

-

-

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi:

haftaning har seshanba va juma kunlarini bolalarning respublika davlat muzeylariga bepul kirishi kunlari etib belgilash;

aholining muzeylarga bepul kirishi uchun har yili «Muzeylar haftaligi»ni o'tkazish;

aholining, ayniqsa o'quvchi yoshlarning dam olishini mazmunli tashkil etish, tarixiy o'tmishni hurmat qilishni va tarixiy qadriyatlarni e'zozlashni shakllantirish.



 

II. Sog'lom bolaning dunyoga kelishi masalasiga sog'lom va ahil oilaning mevasi sifatida qarab oilada o'zaro hurmat va mehr-muhabbat, yuksak axloqiy va ma'naviy qadriyatlar muhitini shakllantirish, yosh oilalarning oyoqqa turib olishi uchun moddiy yordam ko'rsatish, onalik va bolalik himoyasini ta'minlash, ona va bolaning salomatligini mustahkamlash, ayollarning o'z qobiliyat va imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishi, ularning ro'zg'or tashvishlarini engillashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish

 

10.

Nikohga kirayotgan shaxslarning nikohdan oldingi tibbiy ko'rikdan to'liq o'tishlarini ta'minlash.

Nikohga kirayotgan shaxslarning tibbiy ko'rigi sifatini yaxshilash, ular o'rtasida irsiy va tug'ma kasalliklarning oldini olish haqida keng targ'ibot ishlari olib borish.



Yil davomida

Sog'liqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Xotin-qizlar qo'mitasi, «Mahalla» xayriya jamoat fondi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

8 640,0

Byudjet mablag'lari

Sog'lom oilani shakllantirish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash.

Yuzaga kelishi mumkin bo'lgan irsiy va tug'ma kasalliklar sonini kamaytirish.

Sog'lom farzandlar tug'ilishini ta'minlash.


 

11.

Mintaqalarda to'y marosimlarini o'tkazishda isrofgarchilikka yo'l qo'ymaslikka qaratilgan chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish.

Yil davomida

«Mahalla» xayriya jamoat fondi, Xotin-qizlar qo'mitasi, «Oila» ilmiy-amaliy markazi, Din ishlari bo'yicha qo'mita,
QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

-

-

Aholi o'rtasida to'y marosimlarini ixchamlashtirish masalasida keng tushuntirish ishlari olib borish.

 

12.

Ijtimoiy muhofazaga muhtoj bo'lgan 700 dan ziyod yosh oilaga to'y marosimlarini o'tkazish va turmush sharoitlarini yaxshilash uchun homiylik yordami ko'rsatish.

Yil davomida

«Mahalla»xayriya jamoat fondi, QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

1 000,0

«Mahalla» fondi mablag'lari

Bajaruvchilarning qarori.

Ijtimoiy muhofazaga muhtoj bo'lgan yosh oilalarning tinchlik-xotirjamligini yaxshilash.



 

13.

Oilada o'zaro hurmat va mehr-muhabbat muhitini, yuksak axloqiy va ma'naviy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish, shu jumladan viloyatlarda quyidagi tadbirlarni o'tkazish:

«Ma'naviyat oiladan boshlanadi» mavzusida ilmiy-amaliy konferentsiyalar;

«Oilaviy tarbiya: tajriba va kelgusi vazifalar» mavzusida seminarlar;

«Oila — jamiyatning muhim bo'g'ini», «Vatan taraqqiyoti oiladan boshlanadi», «Inson ma'naviyati manbai — ona muhabbati, otaning munosib ibrati va avlodlar donishmandligi», «Zamonaviy oilani shakllantirishda boy milliy va oilaviy an'analar hamda madaniy qadriyatlarning roli», «Barkamol avlodni tarbiyalashda oila va ta'lim muassasasining hamkorligi», «Sog'lom bolani tarbiyalash — bizning umumiy vazifamiz», «Bola tarbiyasida oila va mahallaning roli, ahamiyati va mas'uliyati» kabi targ'ibot-tashviqot tadbirlari;

«Eng namunali oila» tanlovi.


Jadvalni tasdiqlash — 2014 yil
I chorak

Amalga oshirish — jadvalga muvofiq



Xotin-qizlar qo'mitasi, «Oila» ilmiy-amaliy markazi, Ma'naviyat targ'ibot markazi, Milliy g'oya va mafkura markazi, «Kamolot» YoIH, «Mahalla» xayriya jamoat fondi, Din ishlari bo'yicha qo'mita, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi

170,0

Bajaruvchilar va homiylar mablag'lari

Tadbirlarni o'tkazish jadvallari. Konferentsiyalar materiallari.

Milliy va umuminsoniy qadriyatlarni mustahkamlash, shuningdek mamlakatimiz kelajagining egalari va ijodkorlari bo'lgan sog'lom, barkamol avlodni shakllantirishda oilaning roli va ahamiyatini har bir fuqaro ongiga singdirish.



 

14.

Quyidagi yo'nalishlar bo'yicha oilada bolalar tarbiyasini milliy an'analarni hisobga olgan holda olib borish yuzasidan pedagogik va psixologik tavsiyalarni ishlab chiqish:

oilada axloqiy va ma'naviy qadriyatlarni shakllantirish;

sog'lom bola tug'ilishi va uni tarbiyalash;

oilaning ijtimoiy-psixologik muammolari, erta nikoh va ajrimlarning oldini olish;

oilaning huquqiy asoslari.


Yil davomida

«Oila» ilmiy-amaliy markazi, Ma'naviyat targ'ibot markazi, «Ijtimoiy fikr» markazi, Xotin-qizlar qo'mitasi, Sog'liqni saqlash vazirligi, Din ishlari bo'yicha qo'mita, «Mahalla» xayriya jamoat fondi, «Kamolot» YoIH, O'MKHT markazi, Xalq ta'limi vazirligi

-

-

Bajaruvchilarning qarori.

Xotin-qizlarga oilani mustahkamlashda va farzand tarbiyasida yordam ko'rsatish.

Erta nikoh va ajrimlar ?onini kamaytirish.


 

15.

Oila instituti, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarining ta'lim muassasalari bilan hamkorligini kuchaytirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2014 yil

I chorak


«Mahalla» xayriya jamoat fondi, «Kamolot» YoIH, Xotin-qizlar qo'mitasi, QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

-

-

Bajaruvchilarning qo'shma qarori.

Yosh avlodni tarbiyalashda oila va mahallaning rolini kuchaytirish.



 

16.

«Yoshlar» telekanali va hududiy telekanallarda muayyan oilalar misolida «Mustahkam, sog'lom oila» tok-shousini tashkil etish.

2014 yil

II chorak



«Kamolot» YoIH, MTRK

20,0

Bajaruvchilar mablag'lari

Yoshlar va yosh oilalarni namunali oilalar misolida asrlar davomida shakllanib, o'zini oqlagan milliy an'ana va qadriyatlar ruhida tarbiyalash.

 

17.

O'quvchi yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularning oila byudjetini shakllantirish bo'yicha bilimlarini oshirish maqsadida targ'ibot ishlarini tashkil etish, «Mening oilaviy byudjetim kitobchasi», «Bitiruvchining ilk mustaqil qadamlari» mavzusida buklet va risolalar chop etish.

Yil davomida

Xotin-qizlar qo'mitasi, O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi, Xalq ta'limi vazirligi, «Oila» ilmiy-amaliy markazi, Germaniya omonat kassalari jamg'armasi

140,0

Xalqaro hamkorlik bo'yicha omonat kassalari jamg'armasi (Germaniya) mablag'lari

Yoshlarning oila byudjetini shakllantirish bo'yicha bilimlarini oshirish

 

18.

Respublika viloyatlarida O'zbek milliy kinosi kunlari o'tkazish, unda oilaviy qadriyatlarni e'zozlash va targ'ib etishga qaratilgan ma'naviy-ma'rifiy, ilmiy-ommabop, badiiy-hujjatli filьmlarni namoyish etish.

2014 yil

III chorak



«O'zbekkino» agentligi, QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

60,0

Bajaruvchilar va homiylar mablag'lari

Bajaruvchilarning tadbirlarni o'tkazish jadvalini tasdiqlash haqidagi qarori.

Yoshlar o'rtasida oilaviy qadriyatlarni hamda zamonaviy milliy kino san'atini targ'ib qilish.



 

19.

Sog'lom turmush tarzi bo'yicha interaktiv portal yaratish, shu jumladan bolalar, o'smirlar, tug'ish yoshidagi ayollar va yosh ota-onalar uchun.

2014 yil

II — IV choraklar



Sog'liqni saqlash vazirligi

120,0

(ishlab chiqish)

60,0

(qo'llab-quvvatlash)



Bajaruvchilar va homiylar mablag'lari, grantlar va kreditlar

Sog'liqni saqlash vazirligi buyrug'i.

Axborot va interaktiv xizmatlar ko'rsatish uchun ota-onalar, o'smirlar, mutaxassislar va boshqalarga mo'ljallangan alohida bo'limlari bo'lgan yagona axborot portali yaratish.



 

20.

To'g'ri ovqatlanish, sog'lom turmush tarzi, bolalar kasalliklarining oldini olish chora-tadbirlari, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash va boshqa mavzulardagi axborot-ta'lim materiallari to'plangan bukletlar va plakatlarni tayyorlash va aholi o'rtasida tarqatish.

Yil davomida

Sog'liqni saqlash vazirligi

100,0

Bajaruvchilar mablag'lari

Axborot-ta'lim materiallarini ishlab chiqish va tarqatish (bukletlar, plakatlar va boshqa materiallar).

 

21.

Oilaviy poliklinikalarning moddiy-texnika bazasi va xodimlari tarkibini mustahkamlash, ona va bola salomatligini muhofaza qilish sohasida mutaxassislarning malakasini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirishni davom ettirish, shu jumladan:

Yil davomida

 

 

 

Aholiga, shu jumladan bolalar va ayollarga ko'rsatiladigan tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash.

Zamonaviy tibbiyot texnologiyalarini hamda bolalar kasalliklarini aniqlash va davolash usullarini amaliyotga joriy etish.

Ona va bola salomatligi sohasida mutaxassislarning malakasini oshirish.


 

Umumta'lim maktablari va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta'mirlash va jihozlash jamg'armasi mablag'lari

 

6 ta oilaviy poliklinika qurish va rekonstruktsiya qilish;

 

Sog'liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo'mitasi, QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

9 750,0

 

 

 

 

oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlari uchun 750 nafar umumiy amaliyot vrachini Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida va tibbiyot oliy ta'lim muassasalarida 10 oylik kurslarda qayta tayyorlash.

 

Sog'liqni saqlash vazirligi, QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

1 000,0

Byudjet mablag'lari

 


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish