O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG`LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI URGANCH FILIALI
PEDIATRIYA VA OLIY HAMSHIRALIK ISHI KAFEDRASI
“ TASDIQLAYMAN”
Toshkent tibbiyot akademiyasi
Urganch filiali o`quv ishlari
bo`yicha direktor o`rinbosari
t.f.n., dotsent Yuldashev B.S.
______________
“______”____________ 2022 yil
“TIBBIYOT KASBIGA KIRISH” FANI BO`YICHA PEDIATRIYA ISHI YO`NALISHI
1-KURS TALABALARI UCHUN
ISHCHI O`QUV DASTURI
Bilim sohasi
|
900000
|
“Sog`liqni saqlash va ijtimoiy ta`minot”
|
Ta`lim sohasi
|
910000
|
“Sog`liqni saqlash”
|
Ta`lim yo`nalishi
|
60910300
|
“Pediatriya ishi”
|
Umumiy soati
|
58
|
Jami o`quv soati
|
36
|
Amaliy mashg`ulot
|
16
|
Klinik mashg`ulot
|
18
|
Mustaqil ta`lim
|
22
|
Semestr
|
II
|
URGANCH–2022
O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligining 2020 yil
“ __08__ ” ___09____ dagi “ _236___ ” – sonli buyrug`ining __5 – ilovasi bilan modul dasturi ro`yxati tasdiqlangan.
Modul dasturi O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi tibbiyot va farmatsevtika uzluksiz kasbiy ta`limi muassasalararo Muvofiqlashtirish kengashining 2020 yil “ _25_ ” avgustdagi “ _2_ ” – sonli bayonnoma bilan maqullangan.
Modul dasturi Toshkent tibbiyot akademiyasi institutida ishlab chiqilgan.
Modul dasturi Toshkent tibbiyot akademiyasi Kengashida ko`rib chiqilgan va tavsiya qilingan
(2021 yil “_6_” sentyabrdagi “_380_” – sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan)
Tuzuvchilar:
Tajiyeva Z.B – t.f.n.,dots TTA Urganch filiali Pediatriya va OHI kafedrasi mudiri.
Ismoilova Z.A. - TTA Urganch filiali Pediatriya va OHI kafedrasi assistenti.
Taqrizchilar:
Yusupova O.B.
|
|
Jamoat salomatligi, SSB, umumiy gigiena, jismoni madaniyat va sport kafedrasi mudiri, t.f.n.,dotsent
|
Alimuxamedova M.R.
|
|
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasi “Pediatriya” bo`limi mudira, t.f.n., dotsent
|
Pediatriya va oliy hamshiralik ishi” kafedrasi mudiri:
2022y. “____” ______________ t.f.n.dots Tajiyeva Z.B. ____________
( imzo)
TTA Urganch filiali “Pediatriya” fakulteti dekani
2022y. “_____”___________________ t.f.n.dots Sapaeva SH.A.____________
( imzo)
Fanning ishchi modul dasturi TTA Urganch filiali Kengashining
2022 yil “_____” ____________ dagi “_____” sonli bayoni bilan tasdiqlangan.
1.O`quv modulining dolzarbligi va oliy ta`limdagi o`rni
Tibbiyot kasbiga kirish moduli o`quv rejaning klinik modullar blokiga taalluqli bo`lib, 1 kursda o`qitiladi va ilk bosqichi hisoblanadi. Tibbiyot kasbiga kirish moduli bo`lajak mutaxassisni tayyorlashning ilk bosqichidan talabalarga kasbiy bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirishni boshlaydi, talabalar tomonidan bemor bilan bo`layotgan muammolarni aniq tasavvur qila olish, muloqot qilish, tibbiyot muassasalarida o`zini tutish, bemorlarni parvarish qilishni o`rgatadi.
Modulni o`qitish uchun biologiya, anatomiya, fiziologiya, kimyo fanlari nazariy zamin bo`lib xizmat qiladi. Tibbiyot kasbiga kirish moduli keyinchalik ichki kasalliklar propedevtikasi, bolalar kasalliklari propedevtikasi, umumiy xirurgiya va bolalar xirurgiyasi, bolalar jarrohlik stomatologiyasi, yuz-jag` jarohatlari va kasalliklari modullari uchun nazariy zamin bo`lib xizmat qiladi.
Modul dasturi oliy tibbiy ta`limning Sog`likni saqlash sohasining O`zbekiston Respublikasi Davlat ta`lim standarti va stomatologiya bo`yicha bakalavriat ta`lim yo`nalishi malaka talablariga asoslangan holda tuzilgan. Mazkur modul dasturi mavzulari ushbu bakalavriat yo`nalishining klinik modullarning dastur mavzulari bilan uzviy bog`liq holda yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |