Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/108
Sana24.01.2022
Hajmi1,11 Mb.
#407371
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   108
Bog'liq
l

 

55 

Juda  oddiy  narsalar,  shunday  emasmi?  Ammo  bu  oddiy  narsalar  ortida  nooddiy 

sirlar  yashirin.  Maqsadga  erishishda  shubhani  yengib  o’tishning  siri  juda  oddiy  – 

o’z 

ishonchingizni  bilim  darajasiga  yetkazing

.  Ya’ni  uni  quruq  ma’lumot  tarzida  emas, 

amaliy faollik sifatida namoyon qiling. 

Men  sizga  “Koptokni  osmonga  otsam,  u  yerga  qaytib  tushadi”  desam  –  bunga 

ishonasizmi yoki buni bilasizmi? Buni bilasiz – buni isbotlashim shart emas. “Odam ucha 

oladi” desam-chi? Buni bilish tugul, ishonishingiz amri mahol. 

Maqsadga bo’lgan ishonchni bilimga aylantirish uchun – harakat kerak. Shunchaki, 

xayol  surish  –  bu  aqlning  quruq  ma’lumot  bilan  o’ynab  o’tirishi.  Aqlingiz  bir  narsaga 

dalil topsagina ishonadi – ungacha u shubhaning soyasidan chiqa olmaydi. Ammo isbotni 

kutib, siz vaqtni boy berib qo’yishingiz mumkin. 

Qalb  –  ishonmaydi.  Bu  gapimdan  hayron  bo’lmang.  Qalb  –  rostdan  ham  hech 

narsaga  ishonmaydi.  U  –  hamma  narsani  biladi.  Unga  shubha  notanish.  U  bir  nimani 

istadimi  –  dunyo  unga  shu  narsani  berishini  biladi.  U  shu  bilimi  bilan  hayotiy 

energiyangizni maqsad tomon bexato burib beradi. Ammo tag’in o’yinga aql aralashib, 

fikr yuritadi: “Shoshmay tur – buni yaxshilab o’ylab ko’rish kerak. Rostdan ham buning 

iloji bormikan? Buni aynan shu usulda qilish kerakmikan? Buning oqibati yomon bo’lsa-

chi?  Men  kutgan  narsalar  sodir  bo’lmasa-chi?..”  Ana  –  shubha  soyasi  ortidan 

quvlashmachoq o’yini boshlandi. 

Aqlning shubha qopqoniga tushmaslik uchun 

– harakat qiling

. “Sendan harakat – 

mendan  barokat”  —  deb  Yaratgan  bekorga  aytmagan.  Bu  buyuk  va’da.  Tangri  shu 

va’dasida  turishiga  ishonish  shart  emas  –  axir,  siz  buni  bilasiz.  Tangrining  qudratiga 

shubha qilmaysiz-ku. 

Siz  dunyoga  o’z  istagingizdagi  buyurtmani  berib  qo’ying-da  –  shubhalarni 

o’zingizga yaqin keltirmang. 

Tasavvur qiling, rahbar xodimiga “Mana bu ishni qiling” deb buyursa-yu, xodim 

endi ishga kirishganda “Yo’q, shoshmang. Buni qilish shartmikan. O’ylab ko’ray. Yo’q 

– buning iloji borligiga ko’zim yetmaydi. Bu ishni qo’ying” desa. Keyin “Yana o’ylab 

ko’rsam,  buni  amalga  oshirsa  bo’larkan.  Mayli,  shu  ishni  qilganimiz  bo’lsin.  Ishni 

boshlayvering”  desa.  Zum  o’tmay  “Yo’q.  Ming  qilsa  ham,  bunga  ko’zim  yetmayapti” 

desa… 

Bunday  betayin  rahbardan  naf  kattamikan?  U  ikkilanish-u,  shubhalari  bilan  o’zi 



istagan narsa ro’yobga chiqishini shuncha kechiktirib boraveradi. 

Dunyoga  buyurtma  berishda  ham  xuddi  shu  tamoyil  ish  beradi.  Siz  o’z 

buyurtmangizni  shubha-yu  ikkilanishlar  bilan  qancha  “xiralashtirsangiz”  –  dunyo  uni 

ro’yobga  chiqarishga  shuncha  qiynaladi.  Yana  ham  u  sabrli  –  betayin  rahbar  qo’lidagi 

xodim jonidan to’yib, bir kun ishdan bo’shab ketishi mumkin, ammo dunyo har narsaga 

ko’naveradi. 

Bugungi subatni qo’rquvlardan boshlab, shubhalar bilan yakunlaganim bejiz emas. 

Har  qanday  shubha  –  qo’rquvning  bolasi.  Hayotimizni  chigallashtiradigan  shubhalar 

ijtimoiy qo’rquvlarimizdan kelib chiqadi. O’z qo’rquvlaringizni bartaraf etishdek ezgu 

amalni  esa  men  siz  aziz  sirdoshim  ixtiyoriga  qoldiraman.  Axir,  siz  endi  shunday  qila 

olishingizga ishonmaysiz 

– siz buni bilasiz





Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish