Bolalikdagi bizning tengsiz
hokimiyatimiz siri – hech bir manfaatsiz, faqat ko’ngil amriga bo’ysunib qadam
tashlashimizdadir
.
Ammo kattalar o’zlariga e’tiborni
talab
qilib o’rganishgan – bunga ularni aqllari
undaydi. To’g’ri-da, ularning bu dunyoda o’z o’rnilari bor, shunga yarasha atrofdagilar
ularga hurmat ko’rsatishsin. Lekin aynan shu e’tibor talablik ortidan biz ko’pincha
e’tibordan chetda qolamiz.
O’ylab ko’rsa, odamdagi har qanday salbiy jihat – bu aqlning mevasi. Nafrat,
jirkanish, g’urur, kibr, hasad, rashk, gina kabi tuyg’ular; xudbinlik, xasislik, tortinchoqlik,
shoshqaloqlik, o’zbilarmonlik kabi fe’l-atvor jihatlari aql faoliyati natijasi. Hayvonlarga
bu narsalar begona – sher kiyikni yemoqchi bo’lib quvganda unga nisbatan na g’azab va
na nafrat his etadi. Ammo biz bu holatni ko’rsak, sherga nisbatan g’azab, kiyikka nisbatan
Do'stlaringiz bilan baham: |