Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi


Hayotda  omad  yoki  omadsizlik



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/108
Sana24.01.2022
Hajmi1,11 Mb.
#407371
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   108
Bog'liq
l

Hayotda  omad  yoki  omadsizlik 

bo’lmaydi

.  Siz  erisholgan  narsalar  ham,  qo’ldan  boy  bergan  narsalar  ham  faqat  o’z 

qarorlaringiz  natijasidir.  Ya’ni  hayotingizda  sodir  bo’layotgan  har  narsa  uchun 

javobgarlikni omad, baxtsizlik, taqdir yoki yana allanimalarga emas – o’z zimmangizga 

olishni o’rganing. Kuchli shaxsiyat egalari o’z hayoti uchun mas’uliyatdan qo’rqmaydi. 

Kimdir sizga o’z maqsadingizga erishish uchun bunga qattiq ishonish kerak desa – 

quloq  solishga  shoshilmang.  Axir,  ishonch  qancha  kuchaysa  –  shubha  shuncha  ortadi. 

Siz, undan ko’ra, harsangni boshqa tomondan turtib ko’ring. 

Maqsadga erishishda shubhaga berilmaslik sirlarini aytishdan avval sizni yana bir 

kuch bilan tanishtiray. 

Ishonch,  albatta,  yaxshi  narsa  –  ammo  u  eng  kuchli  narsa  emas.  Ishonchdan  bir 

pog’ona  yuqorida  ixlos  turadi  –  uning  qudratini  hammamiz  bilamiz.  Ixlos  ortidan  o’z 

dardiga  davo  topganlar  kam  emas.  Bizning  ajdodlarimiz  asrlar  davomida  qo’llab 

kelayotgan  ixlosga  asoslangan  davolash  usullarini  g’arb  psixologlari  endi  anglab 

yetishyapti. Ular bu sohani “ishonch terapiyasi” deb nomlashadi. Uning yordamida yengil 

darajadagi rak kasalligini davolagan holatlar fanga ma’lum. 

Ammo biz tanishmoqchi bo’lgan kuch ixlosdan ham yuqoriroq. Bu kuch – 

bilim

Yo’q – bu bilan siz maktabda yoki oliygohda oladigan ma’lumotni nazarda tutmayapman. 



Bilim – juda oddiy so’z, bir qarashda. Ammo men sizga uning asl ta’rifini beraman. 

Uni  ko’pincha 



ma’lumot

  bilan  adashtirishadi.  Aytaylik,  siz  velosiped  haydashni 

bilasizmi? Bu savolga javob “ha” yoki “yo’q” bo’ladi. Men sizdan “Velosipedni haydash 

uchun nimalar qilish kerakligini bilasizmi?” deb so’rasam-chi? Bu savolga qo’rqmay ha 

deb  javob  berasiz.  Ammo  hech  velosiped  haydamagan  bo’lsangiz,  bu  ma’lumot  sizga 

buni darrov uddalab ketishga yordam bermaydi. 

Bilim – bu amalda ishlatilgan ma’lumot. “Velosiped haydash uchun uning tepkisini 

bosish va muvozanatni saqlash kerak” – bu ma’lumot. Buni amalda qila olsangiz – bu 

bilim. 




Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa


yuklab olish