Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/73
Sana07.04.2022
Hajmi1,11 Mb.
#534635
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   73
Bog'liq
7 qadam 1 qism

 
11 
muzqaymoq yegisi keladi – ammo aql tomoq og’rib qolishi xavfini sabab qilib buni rad 
etadi). Yoki ko’ngil istamagan narsani aql xohlaydi (ko’ngil shu odam bilan baxtli 
bo’lolmasligini, uni sevolmasligini his etib, u bilan turmush qurishni istamaydi – ammo 
aql bu odamning badavlatligini ko’rib bunga rozi bo’ladi). Bunday mayda va ba’zida, 
katta ikkilanishlar hammamizda bo’ladi. 
Afsuski, qalb va aql bahsida ko’pincha aql ustun keladi. Ba’zi odamlar ko’ngillariga 
qarshi kurashda shu darajaga borib yetadiki, ularning qalbi qattiq arazlab “o’z g’ilofiga 
o’ralib” oladi. Bunda aql “yakka hukmron”ga aylanadi va bosar-tusarini bilmay qoladi. 
Ruhan hastalar ana shunday yetishib chiqadi. 
Bunda taxminan shunday holat ro’y beradi. Aql va qalb degan ikki bolakay bor. 
Ular dunyo degan katta uyda yashashadi va har kuni hayot degan o’yin o’ynashadi. 
Ammo har kuni bu o’yinning qoidalarini aql belgilaydi. Bo’lmasamchi – axir, u hamma 
narsani biladi. Ko’ngil esa o’z istaklarini aql buyruqlariga qarshi aytolmaydi – axir, u juda 
ko’ngilchan. Bordi-yu aytsa ham, aql uni darhol koyib beradi. Oxir oqibat aqlning fe’lidan 
zerikkan qalb o’ynagisi kelmay qoladi va bir burchakka qisilib, jim o’tiraveradi. 
Bekorga psixiatrlar o’z bemorlarini 
ko’ngliga yo’l topishga
harakat qilmaydilar. 
Ular o’yin davomida qattiq arazlab yoki qo’rqib ketganidan katta uyning bir burchagiga 
berkinib olgan bolakayni topishlari kerak. Agar ular shu bolakayni topib, uni yupatib, 
unga shirinlik berib, uni avrab gapirtirib, yana o’yinga qaytara olishsa – bemor tuzaladi. 
Yuqorida aytilgan fikrlardan kimdir aql insonni faqat yomon qilmishlarga undar 
ekan deb xulosa qilishi mumkin. Men aql buyurgan har qanday ish xato 
demoqchimasman. Faqat shuni esdan chiqarmaslik kerakki, aql nimani istamasin, buning 
ortida ilojsiz qandaydir manfaat yotadi. Bu qanday manfaat ekanini idrokning o’zi ham 
anglamasligi mumkin. 
Dunyo shunday ajoyib tuzilganki, unda manfaatga erishishning eng samarali yo’li 
– manfaatsiz ish qilish. Qalbingiz doim hech bir manfaat ortidan quvmagan narsani 
buyuradi. Yo’q, to’g’rirog’i, uning yagona manfaati – bu uning istagi. 
Bunga yana yangi tug’ilgan chaqaloqni misol qilish mumkin. Uning hali ongi 
shakllanmagan. U istagan narsasini qiladi – ya’ni ko’ngli istagan narsani. Och qolsa – 
yig’laydi, to’ysa – uxlaydi. U o’z qalbi istagidan boshqa narsalarning ortidan quvmaydi. 
Shuning uchun unga hamma narsa beriladi – mehr, e’tibor, yashash uchun sharoit. 
Bolaligim – podsholigim degani bejiz emas, axir. 

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish