45
PAYSHANBA
Qo’rquvlar
Tabiiy va ijtimoiy
Qo’rquv – eng qadimgi tuyg’u. Eng qadimgi ajdodlarimizni ham aynan qo’rquv
to’dalarga birlashtirgan. Aynan qo’rquv g’orlardan boshpana topishga,
keyinchalik
devorlar bilan o’ralgan shaharlar qurishga majbur qilgan.
Qo’rquv odamdagi eng kuchli tuyg’u hamdir. Bizning hayotiy quvvatimizni hech
bir hissiyot qo’rquvchalik tortib ololmaydi. Biz uning turli ko’rinishlarini turlicha
nomlaymiz – hadik, xavotir, hayajon, bezovtalik, g’ashlik, sarosima, vahima, talvasa –
bari qo’rquvning qiyofalari. U har doim yoqimsiz va
bizning hayotiy quvvatimiz
kushandasi. Qo’rquv hatto sog’liqqa ham zarar yetkazishi mumkin.
Odamdagi qo’rquvlar tabiiy yoki ijtimoiy bo’lishi mumkin. Tabiiy qo’rquv asosiy
tabiiy ehtiyojdan kelib chiqadi – ya’ni o’limdan qo’rqish. Bu tuyg’uga nafaqat odamzod,
balki borcha jonli mavjudotlar moyil. Daraxtlar ham bolta ko’targan odam yoki atrofga
ilashib borayotgan alangani ko’rsalar – qo’rqadilar. Faqat o’simliklarda bu tuyg’u
hayvonlardan boshqacha ichki jarayonlarga sabab bo’ladi. Issiqqon jonzotlarda tabiiy
qo’rquv qonga katta miqdorda adrenalin chiqarilishiga sabab bo’ladi
va organizmni
harakatga undaydi. Adrenalinga to’yingan qon yurak urishini tezlashtirib beradi. Bunday
holatda hayvon juda tez va dadil harakat qiladi. Natijada o’limdan omon qolish uchun u
oddiy holatda qilolmaydigan harakatlarni qiladi. Qo’rquvning asrovchi kuchi ana shunda.
Tabiiy qo’rquv dunyoni mukammal qilish uchun ko’rilgan yana bir chora aslida –
chunki tabiiy qo’rquv jonzotlarni tirik qolishga undaydi.
Tasavvur qiling, o’limdan
qo’rqish bo’lmasa nima bo’lardi? Unda dunyodagi borki jonzotlar qirilib ketardi. Hayotga
intiluvchanlik asosida aynan o’limdan qo’rqish turadi.
Odamdagi tabiiy qo’rquvning asosiy manbai –
noma’lumlik
, xususan, noma’lum
kelajak. Biz ertaga, bir soat o’tib, bir soniyadan so’ng nima bo’lishini bilmaymiz –
shuning uchun qo’rqamiz. Shu qo’rquv hozirgi lahzada bizni nimadir qilishga undaydi va
biz harakat qilamiz. Biz o’z qo’rquvimiz tufayligina yashaymiz.
Ijtimoiy qo’rquv – faqat odamzodga xos. Anglab turganingizdek, u jamiyat bilan
birga shakllanib borgan. Bu qo’rquvning notabiiyligi shundaki, odam u bilan tug’ilmaydi,
balki uni keyinchalik orttirib oladi. Ijtimoiy tuyg’u odam tabiatiga aql orqali singdiriladi
– aql tashqi ijtimoiy ta’sirga o’z munosabatlarini ro’yxatga olib boradi, salbiy holatlarni
keyinchalik chetlab o’tish uchun “bundan qo’rqish kerak” deb belgilab ketadi.
Tabiiy tuyg’u noma’lumlikdan
kelib chiqsa, ijtimoiy tuyg’u – bilimdan kelib
chiqishi ham mumkin. Biz u yoki bu xatti-harakatlarimiz qandaydir ijtimoiy natijalarga
olib kelishini bilamiz va shuning uchun qo’rqamiz.
Odamning yashash sharoiti va hayotda duch kelgan vaziyatlariga qarab unda turli
xil ijtimoiy qo’rquvlar shakllanishi mumkin. Ularning eng kuchlisi – yolg’izlikdan
qo’rqishdir. Ya’ni odam a’zo bo’lgan jamiyatdan ajralib qolishi, muloqot va e’tibordan
mahrum bo’lishi uning uchun qo’rqinchli holat.
Yolg’izlikdan qo’rqish o’z navbatida boshqa ikkilamchi qo’rquvlarni
keltirib
chiqaradi. Javobsiz sevgidan qo’rqish, hurmatni yo’qotishdan qo’rqish, e’tibordan