43
bo’g’zidan tishladi. Shu lahzada nimani his etasiz? Qo’ziga achinasizmi? Bo’ridan
jahlingiz chiqadimi? Ana shu hissiyotlaringiz asosida adolat hissi turadi. Endi men sizga
savol beray – kosangizdagi tovuqqa rahmingiz kelyaptimi? Yo’q deysizmi? Nimaga?..
Adolat hissi – muhimlik mevasi. U har doim vaziyatni to’g’ri baholashga halal
beradi. Shunday ekan, keyingi gal kimnidir haqsizlikda ayblab, haqparastlik kompleksiga
berilishdan avval sizni bunga adolat hissi turtkilayotganini eslang.
Adolatni tiklayman
deb o’zingizga gunoh orttirib olishingiz mumkin.
Afsuski, haqparastlik kompleksidan qutulish juda qiyin. Har qalay buni faqat hayot
uddalashi mumkin – haqparast o’z muhimligiga berilgani uchun muammoli vaziyatlarga
va hatto qattiq zarbalarga duch keladi. Ana shu talato’plar ham uni kompleksdan xalos
qila olmasa, unga hech kim yordam bera olmaydi.
Bizni ko’ngil xotirjamligi va to’kis hayotdan mahrum qiladigan yana bir illat –
kurashchi kompleksidir. Bu kompleks ta’siridagi odam doimiy jismoniy va ruhiy
zo’riqishda bo’ladi. U har doim o’z-o’ziga talablar va marralar qo’yib, shu maqsadlarga
erishish uchun
kurashib
yashaydi. Bunday odamning yana bir alohida belgisi – u doim
har ishda raqobatga intilishidir.
Kurashchi kompleksi odamni juda tez holdan toydirishi
va hayotiy energiyasini
tarqatib yuborishi mumkin. Bu jihatdan u eng zararli komplekslardan biri. Bu
kompleksdagi kishilarga hasad ham notanish emas.
Agar bunday odam oila, guruh yoki tashkilot rahbari bo’lsa,
unda uning
qaramog’idagi barcha odam uning kurashchi kompleksidan zarar ko’radi. Ular tabiatdan
qaysar, o’z tamoyillaridan mahkam tutgan va mag’lubiyatni hech tan olmaydigan
bo’lishadi.
Kurashchi kompleksi aslida odam o’ziga past baho berishi tufayli kelib chiqadi.
Men o’zimni
kimdandir quyiroq hisoblasam, menda buning aksini isbotlashga kuchli
ehtiyoj paydo bo’ladi. Agar shaxsiy muhimlikka ergashsam, men bu yo’lda hech narsadan
qaytmayman va o’z maqsadimga erishmaguncha tinchimayman.
Ba’zida ota-onalar o’z farzandida kurashchi kompleksini yaratib qo’yishadi. “Sen
hammadan zo’r bo’lishing kerak”, “To’rt baho yaxshimas – faqat besh bo’lsin”,
“Hammaga kim ekanligingni bir ko’rsatib qo’y”, “Shunday qilginki,
biz sen bilan
faxrlanaylik” kabi ta’kidlar bolada kurashchi kompleksini ildiz ottiradi va rivojlantiradi.
Bolada yaxshi farzand kabi ota-onaning mehriga sazovor bo’lishning yagona yo’li
qo’yilgan shartlarni bajarish degan xato tushuncha hosil bo’ladi. Xo’sh, bolangiz
hammadan zo’r bo’lmasa yoki ba’zida to’rt olib tursa
yoki kim ekanligini dunyoga
bildirib qo’ymasa yoki sizni faxrlantiradigan ish qilmasa – uni yaxshi ko’rmay
qo’yasizmi?
Do'stlaringiz bilan baham: