Yevripid (mil.av. 480–406-yy) Qadimgi yunon tragediyasining
yana bir vakili Yevripid Afina yaqinidagi Salamin orolida tug‘ilgan.
Antik davr adabiyotining uch buyuk vakili haqida quyidagi rivoyat
bog‘lab turgan: Salamin yaqinidagi g‘alaba nishonlanayotganda(m.o.
480) Esxil g‘olib askarlar safida bo‘lgan. G‘alaba bayramida uy-
ushtirilgan o‘yinlarda Sofokl o‘zini ko‘rsatgan va xuddi shu kuni
dehqon Mnesarx oilasida Yevripid dunyoga kelgan.
M.o. V asr oxirida komediyanavislar shoirga ko‘p ta’na va malo-
matlar yog‘dirdilar. U Makedoniyaga ko‘chib ketishga majbur
bo‘ladi va shu yerda vafot etadi.
Yevripid teatr musobaqalarida uch marta g‘olib chiqqan. O‘z
davrida qadrlanmagan shoir keyingi asrlarda(ellinizm davrida)
xalqning eng sevimli tragik shoiriga aylanadi. U jami 92 ta asar
yozgan bo‘lib, bizgacha 19 tasi yetib kelgan. Masalan: “Alkesti-
da”, “Medeya”, “Geraklidlar”, “Ippolit”, “Elektra”, “Andromaxa”,
“Troyalik ayollar” tragediyalari. Bu asarlarning barchasi Sofokl va
Esxil singari mifologik afsonalar mavzusida yozilgan. yevripid o‘z
66
asarlarida zamonasining turli-tuman muammolari bilan birga psix-
ologik muammolarni ham qo‘yadi. Yunon shoiri jahon adabiyotida
avvalambor, ayollar obrazi va ularning psixologik qiyofasini maho-
rat bilan tasvirlagan adib sifatida mashhurdir.
Uning eng kuchli tragediyalaridan biri m.o. 431-yili Afina sah-
nasida qo‘yilgan “Medeya” hisoblanadi. Asar syujeti “Argonavtlar”
haqidagi afsonadan olingan. Bir qancha yunon pahlavonlari Yason
boshchiligida oltin qo‘y junini olib kelish uchun “Argo” kemasida
Kolxida eliga jo‘naydilar. U yerda podshoning qizi, quyosh ma’budi
Geliosning nabirasi go‘zal Medeya Yasonni sevib qoladi, uni deb
ota-onasi, vatanidan voz kechadi, akasini o‘ldiradi. Oltin qo‘y junini
Yunonistonga olib kelgach, ular turmush quradilar. Bir qancha mud-
dat o‘tgach, Yason Korinf shohi Kreontning qizi Glafkaga uylanmo-
qchi bo‘ladi. Yevripidning asari xuddi ana shu joydan boshlanadi.
Bevafolikdan g‘azablangan Medeya eridan qasos olishga ahd qiladi,
kelin, uning otasi va o‘z farzandlarini o‘ldirib ajdaholar qo‘shilgan
aravada uchib ketadi. Agar “Medeya” xaqoratlangan sevgi va rashk
haqidagi asar bo‘lsa, “Ippolit” jinoyatkorona, qabih sevgi haqidagi
tragediyadir. Afina podshosi Tezeyning oldingi xotinidan qolgan
o‘g‘li Ippolitni o‘gay onasi Fedra sevib qoladi. Yigit uning sevgi-
sini rad etgach, Fedra o‘z joniga qasd qiladi. O‘limidan oldin yozib
qoldirgan maktubida u Ippolitni tajovuzda ayblaydi. Otasi tomoni-
dan la’natlangan Ippolit halok bo‘ladi.
Yevripid juda katta mahorat bilan burch va ehtiros o‘rtasidagi
kurashdan azoblangan qahramonlar ruhiyatini tasvirlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |