Sodsiologning kasbiy etikasi


II.2.Ijtimoiy ish xodimining o’z hamkasblari bilan bo’lgan munosabatlarida amalga oshirilishi zarur bo’lgan axloqiy majburiyatlari



Download 39,43 Kb.
bet8/15
Sana15.06.2022
Hajmi39,43 Kb.
#674287
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
RAUPOV XUDOYBERDI MUSTAQIL ISH

II.2.Ijtimoiy ish xodimining o’z hamkasblari bilan bo’lgan munosabatlarida amalga oshirilishi zarur bo’lgan axloqiy majburiyatlari.
XX asrning 90-yillarida Rossiyada “ijtimoiy ish” kasbining kiritilishi uchun poydevor sifatida boshqa mutaxassisliklar: tarbiyachilar, psixologlar, madaniyat, sog’liqni saqlash va sport, ijtimoiy ta’minot va tartibni muhofaza qilish organlari vakillarining ishlanmalaridan foydalanildi, ularda odamlarni ijtimoiy himoya qilishning turli modellari, amaliy ijtimoiy ish shakllari va usullari, ilmiy tadqiqotlar natijalari mujassamlashgan edi.
Rossiyada ijtimoiy ish shaklanishining o’ziga xosligi aynan mana shunda, o’zining davlat sifatida “tug’ilish” davrida bu ish ancha yetuk holatda, boy salohiyatga, chuqur tarixiy ildizlarga, mehribonlik an’analari va jamoaviylik ruhiga, hamkorlik, ijtimoiy g’amxo’rlik va o’zaro yordam tajribasiga ega edi.
Mamlakatda ijtimoiy ishning paydo bo’lishidan to hozirgi kungacha ijtimoiy pedagogikaning yetakchilik roli xos bo’lib, bu holat Rossiyaning ijtimoiy ish bo’yicha boshqa mamlakatlardan orqada qolishi tafovutini qisqartirishga, shuningdek, hozirgi kunda ko’pchilik mamlakatlardagi ijtimoiy ish modellarida yetishmayotgan va jahon amaliyoti va “ijtimoiy ish” integrativ fani uchun tashvishli hol bo’lgan “ijtimoiy-pedagogik urg’u” berishga imkon yaratdi.
Rossiyada “ijtimoiy ish” kasbiga dastlabki yo’lni ochgan mutaxassislar ijtimoiy pedagoglar edi. Bu, avvalo, shuning uchun ham tabiiyki, har qanday ijtimoiy xizmatchi kasbiy vakolatliligi asosini axloqiy, psixologik, pedagogik xususiyatlar tashkil etadi.
Mamlakatda XX asrdagi ijtimoiy ish taraqqiyotida (V.G. Bocharovaga ko’ra) uch bosqich farqlanadi:
1) 60-yillar;
2) 70-80-yillar;
3) 80-yillar - hozirgi davr.
1-bosqich – 60-yillar tajriba to’plash, izlanish, ijtimoiy-pedagogik amaliyotda sosiumdagi tarbiyaviy ishni tashkil etishga maxsus yo’naltirilgan xizmatchilar toifasi (maktabda sinfdan tashqari va maktabdan tashqari ish tashkilotchisi, maktabdan tashqari muassasalar xizmatchilarining turli toifalari, boshqa idoralar: madaniyat, sport, uy-joy kommunal va ijtimoiy ta’minot, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, kasaba uyushmalari tizimida, yotoqxonalarda va boshqa muassasalarda ishlaydigan) tashkilotchi-pedagog va tarbiyachilar shakllanishi davri edi.
2-bosqich – 70-80-yillar davomida ijtimoiy ehtiyoj, ijtimoiy ish, ijtimoiy tarbiyadagi ilg’or tajribalar muammoni yechish mumkin bo’lgan yangi sifat bosqichiga olib chiqdi. Mamlakatda turli majmualar: ijtimoiy-pedagogik, ta’limiy-madaniy, jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish, qishloq maktab-majmualari va boshqalar tarmog’i rivojlana boshladi. Pedagogika fanida bu davr tadqiqotchilarning ijtimoiy pedagogika muammolariga bo’lgan e’tiborining kuchayishi bilan xarakterlanadi.
Biroq, ijtimoiy ishning rivojiga uning tashkiliy, kadrlar, moddiy-texnik va ilmiy-pedagogik tomondan yetarli ta’minlanmagani to’siqlik qilib turardi. Bu jarayon yana ijtimoiy siyosat, ijtimoiy faoliyatning turli sohalari (ta’lim, sog’liqni saqlash, madaniyat, sport, ijtimoiy ta’minot va boshqalar)ni taqdim qiladigan institutlar faoliyatining o’zaro bog’lanmagani va funksional pala-partishliklar tufayli; ikkinchi tomondan, eng ustuvor va murakkab soha – oilaviy-maishiy muhitdagi, katta yoshlilar va bolalar turar joyidagi ijtimoiy ish to’g’risida shaklangan an’naviy tasavvurlar, “jek” pedagogikasi tufayli qiyinlashib borardi. Ijtimoiy xizmatlarning maxsus tayyorlangan mutaxassislar bilan ta’minlanmaganligi boshqa bir qator kasblar (ayniqsa, maktablardagi pedagogik kadrlarning) o’ziga xos bo’lmagan funksiyalar bilan shug’ullanishiga olib keldi. Bu ijtimoiy ishning samaradorligi, ta’lim muassasalarining pedagogik funksiyalarini bajarishdagi va ayniqsa, bolalarning muloqot va kattalar bilan munosabatlar muhiti bo’lgan oila pedagogik ta’limida salbiy iz qoldirdi.
Sosiumdagi ish oilani ijtimoiy faoliyatdan, ijtimoiy tarbiyadan begonalashtirish, uning funksiyalarini turli davlat tuzilmalariga olib berishga intilish, bu sohaga maktab usullarini ko’chirishga urinishlar tufayli cheklanar edi. Tadbirlar pedagogikasi“ga aylanib qolgan maktab usullari ochiq muhitdagi bolalar va ularning mikroijtimoiy iqlimi intilishlari, ehtiyojlari, imkoniyatlarini yetarli darajada hisobga olmas; ijtimoiy yordam mazmuni shakllari va usullarining muayyan adressizligi, bu shakl va usullarning ko’pincha tasodifiy omillar bilan belgilanishi shaxsga yo’naltirilmagan edi.
Tibbiy ijtimoiy xodimlarning yo’qligi tufayli sog’liqni saqlash tizimida ham murakkab vaziyat vujudga keldi, ularning vazifalarini qisman va nokasbiy darajada odamlarni davolashi lozim bo’lgan mutaxassis-vrachlar bajarisha boshladi.
Deviant (noijtimoiy) xulq-atvorli o’smirlar va “xatar guruhi”ga mansub oilalar bilan ijtimoiy ish masalalari mutaxassis ijtimoiy xizmatchilar yo’qligi tufayli uzoq davr davomida milisiya organlari zimmasiga yuklandi.
Nogironlar, qariyalar, ijtimoiy muhofazaga qattiq muhtoj bo’lgan odamlarning boshqa toifalari bilan olib boriladigan ijtioiy ish tizimi to’liq emas edi.
Biroq, qiyinchiliklar va ziddiyatlarga qaramasdan, bu bosqich ijtimoiy-pedagogik amaliyot va ijtimoiy ish sohasining boshqa tarmoqlari intensiv rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Turli idoralar faoliyatini integrasiyalash, idoralararo asosda ijtimoiy ish mazmunini muvofiqlashtirish, turli idoralarga tegishli muassasalar o’zaro ta’siri xususiyatlarini o’zgartirish singari tamoyillar ko’zga tashlana boshladi.
Jamiyatdagi chuqur inqiroz oilalar, aholi guruhlari katta qismining ijtimoiy qashshoqligini ochib qo’ydi va keskin kuchaytirdi, har bir shaxs manfaatlari va huquqlarining kafolati bo’lgan jamiyatni iqtisodiy va ma’naviy-axloqiy jihatdan tubdan sog’lomlashtirish yo’llarini izlab topishni birinchi masala qilib qo’ydi.
3-bosqich – 80-yillar oxiriga kelib, mamlakatda ijtimoiy ish muammolarini davlat darajasida hal qilishga o’tish, ijtimoiy xizmatlarning keng infratuzilmaga ega bo’lgan yagona tizimini yaratish, uni retrospektiv ilmiy tahlil qilish, ijtimoiy ish sohasidagi jahon nazariyasi va amaliyoti rivojining yetakchi tamoyillarini anglash asosida kadrlar bilan ta’minlashga o’tish uchun barcha shart-sharoitlar yetildi. Ijtimoiy ishning o’z ichiga ko’plab mintaqalarga yo’naltirilgan, muayyan milliy-mintaqaviy va mahalliy sharoitlarda umumiy yondashuvlarni amalga oshirish usullari va vositalariga ko’ra farqlanadigan variantlarni qamrab oladigan konsepsiyasi shakllandi. Ijtimoiy ishga turli xayriya tashkilotlari, ko’ngillilar jamiyatlari, uyushmalar, jamg’armalar, Cherkov faol qo’shildi.
Hozirgi kunda ijtimoiy ishning sof davlat tizimidan jamoat homiyligini ham qamrab oladigan tizimga o’tish yuz bermoqda. qaysidir darajada biz homiylikning inqilobgacha bo’lgan murvatlariga qaytmoqdamiz, ayni paytda sho’rolar davrida vujudga kelgan ba’zi elementlarni saqlab qolmoqdamiz.
Rossiya homiyligi tizimini qayta yaratish yo’lida ziddiyatlar va qiyinchiliklar bo’lishi muqarrar. Xatolarni chetlab o’tishda faqat hozirgi xorij tajribasinigina emas, balki o’z Vatanimiz tarixiy tajribasini o’rganish ham yordam beradi. Uni o’rganish quyidagilardan guvohlik beradi: muhtojlarga beriladigan ko’mak uni keng jamoatchilikni jalb etib nomarkazlashtirilganda samaraliroq bo’ladi; uning individual xususiyatini saqlab qolish lozim; jarayonda ishtirok etayotgan barcha tomonlar – xayriya, xususiy, jamoat tashkilotlari, Cherkov va davlatning yordamga muhtoj bo’lganlar to’g’risida axborot olishda ham, ularga yordam berishda ham o’zaro ta’sirini saqlab qolish zarur.
Davlat o’z zimmasiga xayriya muassasalari faoliyati, ulardan ba’zilari ishining qisman moliyalashtirish, eng muhimi muhtojlarga imtiyozlar, rag’batlar tizimi orqali yordam ko’rsatish bo’yicha qonunlarning yagona tizimini, me’yoriy asosini yaratish bo’yicha funksiyalarni olishi zarur.
Homiylik ishlariga ommaviy axborot vositalari tomonidan doimiy e’tibor qaratish va jamoatchilik tomonidan nazorat qilish zarur.
Hozirgi paytda Rossiya Federasiyasida oila va bolalarga ijtimoiy xizmat ko’rsatishning bir necha moddellari tashkil etilib ishlayapti. Ularni davlat yordamida moliyalashtirishni nazarda tutib, quyidagicha tasniflashtiramiz.
- davlat ijtimoiy xizmatlari;
- aralash xizmatlari;
- mustaqil yoki xayriya fondlari, diniy va ijtimoiy tashkilotlari qoshida ish yurituvchi tajorat xizmatlari.
Davlat xizmatining ustun modeli – oila va bolalarga xizmat ko’rsatishning xududiy markazlaridir. Ijtimoiy xizmat ko’rsatishning boshqa muassasalaridan farq qilgan holda ularning faoliyati va xizmatlari turli-tuman bo’lib, o’z kuchlari bilan oila muammolarini yechishga, hayotning turli sohalarida yuzaga kelgan mushkul vaziyatlarni bartaraf etishga harakat qiladilar. Har yili davlat xizmatlari ro’yxatini Rossiya Federasiyasi xukumati tasdiqlaydi, bular quyidagilar:



Download 39,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish