Soddalashtirilgan soliqqa tortish tizimi haqida tushuncha uning joriy qilinishi, iqtisodiy mohiyati va qo‘llanishi tartibi



Download 46,03 Kb.
Sana20.01.2020
Hajmi46,03 Kb.
#35823
Bog'liq
42307-14

Soddalashtirilgan soliqqa tortish tizimi haqida tushuncha uning joriy qilinishi, iqtisodiy mohiyati va qo‘llanishi tartibi
Iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va aholi bandligini ta’minlash muhim rol o‘ynaydi va Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Ma’lumki, mamlakatimizda iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlash va tadbirkorlik uchun barcha qulay shart-sharoitlarni yaratish hamisha birinchi darajali ustuvor maqsad va vazifa bo‘lib kelgan. Bu borada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni jonlantirish, tadbirkorlik sub’ektlarini yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlarning uzviy davomi sifatida 2011 yilni Yurtboshimiz tomonidan «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili»1 deb e’lon qilinishi ushbu sohani yanada rivojlantirish uchun zamin yaratdi hamda iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotini yangi, yanada yuksak bosqichga ko‘tarishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek: “Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini jadal yangilash biz uchun eng muhim ustuvor vazifa sifatida izchil davom ettiriladi. Mamlakatimizning barcha mintaqalarida biznesni rivojlantirish uchun yanada qulay ishchan muhit yaratish, tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesga yanada keng erkinlik berish, byurokratik to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim”.2

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotining asosi bo‘lgan xususiy mulk ustuvorligini mustahkamlaydigan barqaror qonunchilik bazasi yaratilganini qayd etish zarur. O‘rta mulkdorlar sinfini shakllantirish, mamlakat iqtisodiyotini barqaror yuksaltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadini oshirishning muhim omili bo‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bo‘yicha qulay ishbilarmonlik muhiti hamda ishonchli huquqiy kafolatlar yaratildi.



So’nggi yillarda yagona soliq to’lovi stavkasini 2005 yildagi 13 foizdan 2012 yilda sanoat korxonalari uchun 5 foizgacha yoki 2 barobardan ortiq kamaytirilishi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivoji uchun katta imkoniyatlar berdi. Jumladan, 2000 yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotidagi kichik biznes sub’ektlari ulushi 30 foizni tashkil qilgan bo’lsa, 2012 yil yakuni bilan bu ko’rsatkich 54,6 foizgacha ko’payishiga ko’maklashdi”.3

1-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni YaIM dagi ulushi va yagona soliq to’lovi stavkasining o’zgarish dinamikasi4
Davlat dasturi doirasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun eng qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir keng ko’lamli ishlar olib borilishi natijasida, xukumat tomonidan bir qancha soliq imtiyozlari va yengilliklar yaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 15 apreldagi 159-son “Kichik korxonalar uchun ixchamlashgan soliqqa tortish tizimiga o‘tishni qo‘llash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan mikrofirma va kichik korxonalar soliqqa tortishning umumbelgilangan tartibidan soddalashtirilgan, ya’ni ixchamlashtirilgan soliq rejimiga o‘tkazildi. Bunda kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lash yoki umumbelgilangan tartibda soliq majburiyatlarini bajarish ixtiyoriy ekanligi qat’iy belgilandi. Kichik korxonalar uchun yagona soliqning o‘rnatilishi soliq hisob-kitobini tuzishni osonlashtiradi hamda ular bir nechta soliq turi o‘rniga faqatgina bitta yagona soliq bo‘yicha soliq idoralariga soliq hisob-kitobini topshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Natijada korxona hisobchilarining ishi birmuncha osonlashdi.



Mamlakatimizda kichik biznesni soliqlar vositasida qo‘llab-quvvatlash Respublika Prezidentining 2005 yil 20 iyundagi PF-3620 «Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmonini alohida takidlab o‘tish lozim. Unga asosan 2005 yilning 1 iyulidan boshlab mikrofirma va kichik korxonalar uchun ilgari to‘lab kelingan 4 ta to‘lov - yagona soliq hamda byudjetdan tashkari Pensiya jamg‘armasi, o’l va Maktab talimi jamg‘armalariga majburiy ajratmalar o‘rniga yagona soliq to‘lovi joriy etilishi kichik biznes zimmasidagi soliq yukining sezilarli darajada pasayishiga olib keldi.

-rasm. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-3620- sonli farmoniga asosan kichik korxonalarda soliq yukini kamayishi5
Soliq yuki ham 2005 yilgacha 15,2% tashkil etgan bo‘lsa, 2005 yilda 13% , 2009 yida 8%, 2010 yida 7%, 2011 yida 6% va 2012 yildan esa 5% (sanoat ishlab chiqarish sohasi korxonalariga) ga tushirildi.

-jadval

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3620- sonli farmoniga asosan soliq yukini kamayishining «Istiqlol» ishlab chiqarish korxonasini moliyaviy xo‘jalik faoliyatiga ta’siri tahlili6


Ko‘rsatkichlar

Farmon chiqqunga qadar

Farmon chiqqandan

so‘ng

Farqi

Mahsulot (ish, hizmatlar) sotishdan tushgan tushum (mln.so‘mda)


154


154


0

Soliq va ajratmalar miqdori (mln.so‘mda)

23,4

20,0

- 3,4

Foyda (mln.so‘mda)

38,2

41,6

+ 3,4

Ishchilar soni (kishi hisobida)

57

62

+ 5

Soliq yuki

15,2%

13%

-2,2%


Farmon chiqishidan oldin

Yagona soliq: 154 mln so‘m x 12% = 18,48 mln. so‘m

Maktab ta’limi: 154 mln so‘m x 1% = 1,54 mln. so‘m

Yo‘l jamg‘armasi 154 mln so‘m x 1,5% = 2,31 mln. so‘m

Pensiya jamg‘armasi 154 mln so‘m x 0,7% = 1,07 mln. so‘m

---------------------------------------------------------------------------------------

Jami: 23,4 mln.so‘m

Farmon chiqgandan so‘ng

Yagona soliq to‘lovi: 154 mln so‘m x 13% = 20,02 mln. so‘m
Тahlillardan ko‘rinib turibdiki, farmon chiqishidan oldin korxona byudjetga 23,4 mln. so‘m soliqlar va ajratmalarni to‘lagan. Farmon chiqgandan keyin korxona soliqlar va ajratmalar o‘rniga yagona soliq to‘lovini byudjetga 20,02 mln. so‘m to‘lamoqda. Natijada korxona to‘layotgan soliqlar 3,2 mln.so‘mga kamaygan va oladigan foydasi 3,2 mln.so‘mga ko‘paygan.

Soliq kodeksining 22-moddasiga ko‘ra - soliq solishning soddalashtirilgan tartibi - soliq solishning ayrim toifadagi soliq to‘lovchilar uchun belgilanadigan hamda ayrim turdagi soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lashning, shuningdek ular yuzasidan soliq hisobotini taqdim etishning maxsus qoidalari qo‘llanilishini nazarda tutuvchi alohida tartibi deb ta’rif berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining daromad manbai sifatida yagona soliq to‘lovi hozirga qadar o‘zining muhim o‘rnini va amaliy ahamiyatini saqlab kelmoqda. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 30 dekabrdagi PQ-1675-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2012 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida” gi qaroriga ko‘ra 2012 yilda qo‘shilgan qiymat solig‘ining davlat byudjeti daromadlari tarkibidagi salmog‘i 3,4 foizni, bevosita soliqlar tarkibida esa 13,5 foizni tashkil etidi. Ushbu ko‘rsatkichlar kichik korxonalardan yagona soliq to‘lovini bevosita soliq daromadlarining asosiy manbai ekanligini bildiradi.

-jadval

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlari

tarkibida mikrofirma va kichik korxonalardan yagona soliq to‘loviining o‘rni7 (foizda)




Ko‘rsatkichlar

Yillar (%)

2012 yilda 2006 yilga nisbatan o‘zgarishi,

2006

2007

2008

2009

2010

2011

2012

Х

1

Davlat byudjeti daromadlarijami

Shu jumladan:




100,0



100,0



100,0



100,0



100,0



100,0



100,0



X


2

Bevosita soliqlar

25,9

23,9

25,3

26,6

26,0

26,2

25,2

-0,7

1.1

Kichik korxonalardan yagona soliq to‘lovini jami daromadlardagi ulushi

2,4

2,0

2,0

2,1

2,3

3,3

3,4

+1,0

2.1

Yagona soliq to‘lovini bevosita soliqlardagi ulushi

9,1

8,5

8,1

9,2

10,1

12,4

13,5

+4,4

Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi soliq to‘lovchilarning ayrim toifalari uchun qo‘llaniladi va yagona soliq to‘lovini, yagona yer solig‘ini hamda tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliqni hisoblab chiqarish hamda to‘lashning maxsus qoidalari qo‘llanilishini, shuningdek mazkur soliqlar bo‘yicha soliq hisoboti taqdim etilishini nazarda tutadi.

Qat’iy belgilangan soliqni to‘lash belgilangan faoliyat turlarini amalga oshiruvchi yagona soliq to‘lovchilar va yagona yer solig‘i to‘lovchilar ushbu faoliyat turlari bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritishlari hamda tartibda tartibda qat’iy belgilangan soliqni to‘lashlari shart.

Yagona soliq to‘lovi, yagona yer solig‘i hamda tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qatiy belgilangan soliqlar Soliq kodeksda nazarda tutilgan jami umumbelgilangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘rniga to‘lanadi.

Soliq davri mobaynida, soliq solish tartibi o‘zgargan taqdirda, soliq to‘lovchi bu haqda soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan shaklda yozma ravishda xabardor etadi. Bunda o‘tgan davr uchun soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘sha davrda amal qilgan soliq solish tartibidan kelib chiqqan holda to‘lash bo‘yicha majburiyatlar soliq to‘lovchilarda saqlanib qoladi.

Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan soliq to‘lovchilar uchun, to‘lov manbaida soliqlarni va boshqa majburiy to‘lovlarni ushlab qolish majburiyatlari hamda byudjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga quyidagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyatlari saqlanib qoladi:

-to‘lov manbaida undiriladigan foyda solig‘i;

-O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan bajariladigan (ko‘rsatiladigan) ishlar (xizmatlar) bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i;

-aksiz to‘lanadigan mahsulot ishlab chiqarishda solinadigan aksiz solig‘i;

-yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar;

-bojxona to‘lovlari;

-yagona ijtimoiy to‘lov;

-davlat bojlari;

-tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im;

-davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar (yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar bundan mustasno);

-avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib kirganlik uchun Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘im.



Ma’lumki soliq siyosatida tub o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. 2007 yil 25 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-136 sonli Qonuni bilan yangi Soliq kodeksi qabul qilindi hamda 2008 yil 1 yanvardan kuchga kirdi. O‘zbekiston Respublikasining yangi Soliq kodeksi 2 ta (umumiy va maxsus) qism, 21 bo‘lim, 64 bob va 392 ta moddadan iboratdir. Shunga muvofiq soddalashtirilgan soliq tizimi yangi Soliq kodeksining 20 bo‘limi 55-58 boblari xamda 348-375 moddalarda o‘z aksini topgan. Soddalashtirilgan soliq tizimi 3-ta yo‘nalish bo‘yicha o‘rganiladi (chizma №1)




-rasm. Soliq solishning soddalashtirilgan tartibida to‘lanadigan soliqlar
Yagona soliq to‘lovining ob’ekti yalpi tushum, yagona yer solig‘ini ob’ekti yerning normativ qiymati hamda yuridik va yakka tartibdagi tadbirkorlarga qat’iy belgilangan soliq uchun ob’ekti fizik ko‘rsatkich birligiga har oyda qat’iy belgilangan soliq stavkasi (eng kam ish haqiga birlik uchun karrali miqdorlarda) hisoblanadi.

1Karimov I.A. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 18 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. . – Тoshkent.: Хalq so’zi gazetasi, 2010, 9 dekabr.

2Karimov. I.A. Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi. Т.”O’zbekiston”:2011.

3 Каримов И.А. Бош мақсадимиз – кенг кўламли ислоҳотлар ва модернизация йўлини қатъият билан давом эттириш. – Тошкент.: Халқ сўзи газетаси, 2013, 19 январ.

4 http://www.stat.uz. O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi hmda Davlat soliq qo’mitasi ma’lumotlari asosida tuzildi..


5 O’rmonov J..J. Kichik biznes sub’ektlarini soliqqa tortishni takomillashtirishning dolzarb masalalari. Monografiya – Т.: MChJ “El-presst” – 2011, 132-bet.

6 O’rmonov J..J. Kichik biznes sub’ektlarini soliqqa tortishni takomillashtirishning dolzarb masalalari. Monografiya – Т.: MChJ “El-presst” – 2011, 132-bet.


7 O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi ma’lumotlari asosida hisoblangan.

Download 46,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish