Soddalashtirilgan fizioterapiya muolajalarini o’tkazish Bemorga isitgich (grelka) qo‘yish



Download 89 Kb.
bet5/7
Sana25.03.2022
Hajmi89 Kb.
#509091
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
amaliy fizio

Qoqish va tebrantirish usuli – massaj qilinayotgan joyga ko‘p qon kelishi va to‘qimalarning oziqlanishini yaxshilaydi. Bunda shapatilash, kaft qirrasi bilan urib qo‘yish, tirsak bilan qoqish qo‘llaniladi.
Tebrantirish usuli – bu usul silkitib-silkitib qo‘yish, tebratish. Titratish va kaftlar orasida mushaklarni asta ezib, dumalatish harakatlaridan iborat.
Silkitib qo‘yish – kaftning jimjilog‘i va katta barmoqni galmagaldan tezlik bilan tekkizib, silkitib qo‘yish va tebrantirish bilan bajariladi.
Titratish – bemorni qo‘l bilan ushlab, o‘z tomoniga sal tortib o‘ng va chap tomonga, yuqori va pastga yo‘naltirib titratish harakatini bajarish kerak bo‘ladi.
Kaftlar orasiga mushaklarni olib dumalatish – bu usul tez bajarilsa, silkitib qo‘yish usuliga o‘xshab ketadi (fiziologik ta’siri bilan ham). Agar asta-sekinlik bilan bajarilsa, mayin uqalashga o‘xshab ketadi. Bu usul faqat yelka va son sohalarida ishlatiladi.

Elektr toki , yorug’lik va issiqlik bilan davolash texnikasi .


Ko‘zga ko‘rinadigan nurlar 760–400 nm to‘lqin uzunligiga ega bo‘lgan yetti xil rangli (qizil, zarg‘aldoq, sariq, yashil, havo rang, ko‘k, binafsha) qismlardan iborat umumiy elektrmagnit spektr sohasi. Bu nurlarning sochilayotgan yig‘indisi (degeneratordan o‘tkazilgan) lazer deb ataladi. Hozirgi vaqtda lazer juda keng va muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda. Qon ketishlarda, yallig‘lanishlar, teri kasalliklarida, mushak va suyak to‘qimasi yallig‘lanishida, yiringli kasalliklarda, shuningdek, yaralar (oshqozon-ichaklar yara kasalligi)da, artrit, nevrit, stomatitda, umurtqa degenerativ-distrofik o‘zgarishlarda, orqa chiqaruv teshik (anus) yorilishida va boshqalarda qo‘llaniladi. Bundan tashqari jarrohlik sohasida «lazerli skalpel» yordamida jarrohlik operatsiyalari o‘tkaziladi.
Ultrabinafsha nurlar – eng kam to‘lqin uzunligiga ega bo‘lgan nurlar. Umumiy elektrmagnitli maydoni bo‘lganligi uchun ham, uning kvantlari o‘zida eng yuqori energiyani saqlaydi. Bu energiya to‘qimalarda, kimyoviy va boshqa turdagi energiyalarga aylanadi. Buning ta’sirida biologik jarayonlar junbushga keladi. Ultrabinafsha nurlanish organizmning himoya reaksiyasini kuchaytiradi, tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Nafas a’zolari faoliyati, to‘qimalarda moddalar almashinuvi, buyrak usti bezi faoliyati, qon tomirlar bo‘ylab qon oqishi, miokardning qisqarish faoliyatini kuchaytiradi va yaxshilaydi.
Yorug‘lik bilan davolashning yoki nurlantirishning quyidagi bir necha xil usullari mavjud: Mahalliy nurlantirish.Buning uchun alohida xastalangan a’zo yoki teri yuzasiga nur 50 sm masofadan beriladi va bu maydon yana 2–3 kundan keyin takror nurlantiriladi. Davolash muolajalari 4–5 martagacha o‘tkaziladi.
Umumiy nurlantirish. Umumiy nur berish usullari bemor yoki bir necha bemorlar tana yuzasiga to‘liq ravishda 1metr masofadan bajariladi. Bemorning ko‘zlariga ko‘zoynak taqiladi, nur avval old tomon, keyin tananing orqa tomonini nurlantiradi. Muolaja l–4 minutgacha davom etadi. Jarohatlangan o‘choqni nurlantirish. Terining mahalliy, patologik jarayonlarida o‘choqli nurlantirish qo‘llaniladi. Yara yoki jarohat atrofidagi 4–8 sm maydon ham nurlantiriladi. Muolaja 2–6 martagacha har 2–3 kunda takror o‘tkaziladi. Bundan tashqari, maydonlarga bo‘lib nurlantirish, refleksogen zonalarini nurlantirish, fraksionlashtirilgan nurlantirishlar mavjud. Bu nurlantirishning umumiy turlari organizmning kasalliklarga qarshi kuchini – immunitetni oshiradi.
Ultratovush – bu inson qulog‘i qabul qilmaydigan qattiq muhitdagi, yuqori chastotali mexanik tebranish 800–300 kHz gacha bo‘lgan, diapazon chastotali fizioterapevtik muolajalar uchun qo‘llaniladi. Bundan ham yuqori bo‘lgan chastotali ultratovush diagnostikada foydalaniladi.
Ultratovush terapiyasi ta’sirida limfa va qon aylanishi yaxshilanadi va kuchayadi. Chandiqlar va bitishmalar kirishadi va tekislana boshlaydi. To‘qimalardagi regeneratsiya jarayonlari va ularning kislorodni o‘zlashtirish jarayoni kuchayadi. Trofik va moslashuv faoliyati yaxshilanadi. Asab tolalari orqali asab impulsi o‘tkazuvchanligi faollashadi. Ultratovush terapiyasi bo‘gim kasalliklarida, osteoxondroz, radikulit, poliartrit, ichak yarasi, bronxial astma, mastit, mayda qon-tomir kasalligida qo‘llanilishi yaxshi natija beradi.



Download 89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish