Mavzuni aniqlaydi, ta’limiy maqsadini belgilaydi va kutilayatgan natijalarni shakllantiradi.
Mavzu bo‘yicha prezantatsiya ishlab chiqadi.
Belgilangan ta’limiy maqsadlarga erishishni ta’minlovchi o‘quv topshiriqlarni ishlab chiqadi.
Har bir o’quvchi kerakli ma’lumotlarni dars avvalidan e’lon qilingan savollar orqali o’zlashtirib boradi.
Natijalarni boholash mezonlarini ishlab chiqadi.
1. O‘quv mashg‘ulotlariga kirish boshqichi (15 daqiqa)
1.1. Mashg‘ulot mavzusi, uning maqsadi va kutilayotgan natijalarni e’lon qiladi, ularning ahamiyatliligi va dolzarbligini asoslaydi.
1.2. Mavzu bo‘yicha asosiy tushunchalarga ta’rif berishni taklif qiladi va shu asosda tezkor-so‘rov o‘tkazib (1- ilova) talabalar bilimlarini faollashtiradi.
1.3. Qo‘shimcha ma’lumotlar aks etgan tayanch konspektni tarqatadi.
Tinglaydilar.
Savollarga javob beradi.
2. Asosiy bosqich (45 daqiqa)
2.1. Mashg‘ulotlar o‘tkazish tartibini eslatadi.
2.2. O’quvchilarga dars davomida vazifa yuklab boriladi.
2.2. Har bir gurug a’zosi tahlilni tugatgandan keyin boshqa talabalar bilan muhokama qilishga kirishadi O‘zaro o‘rgatish jarayoni boshlanadi Talabalar faoliyatini kuzatadim ularni yo‘naltiradi, maslahatlar beradi. (15 daqiqa).
2.3. Taqdimot boshlanishini e’lon qiladi. Har bir guruhdan vakillar chiqib, faoliyat natijalarini taqdim qiladi. Taqdimot uchun har bir guruhga vaqt belgilaydi. Yo‘naltiruvchi maslahatchi sifatida ishtirok etadi. Javoblarni aniqlashtiradi, to‘ldiradi, izoh beradi va tuzatishlar kiritadi.
2.4. Har ber guruh taqdimoti oxirida tahlil bo‘yicha xulosalar chiqaradi.
Fikrlarini bildiradila. Mavzu yuzasidan chiqish qiladilar.
Talabalar fikrlarini bildiradilar munozaraga kirishadilar.
Savollarga javob beradilar.
Mashqni bajaradilar.
3. Yakuniy bosqich (15 daqiqa)
3.1. Mavzu yuzasidan umumiy xulosalar qiladilar.
3.2. O‘quv mashg‘ulotlarining natijalarini sharhlaydi, faol talabalar bahosini e’lon qiladi.
3.3. Mustaqil ishlash uchun vazifalar beradi: amaliy mashg‘ulotga tayyorlanib kelish. Nazorat savollariga javob berish. Ilovada ko‘rsatilgan topshiriq va mashqlarni bajarish. (2- ilova)
Tinglaydilar.
ilova.
Tezkor savollar va topshiriqlar:
1. Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. – Toshkent: O‘zME, 2013.
2. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2009.
3. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Darslik. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2010.
4. Nurmonov A., Mahmudov N. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1995.
5. Zamonaviy o‘zbek tili. Morfologiya. Darslik.– Toshkent, 2008.