23
amaliyotda qo‘llash masalalarini ko‘rib chiquvchi metrologiya bo‘limi.
Zamonaviy metrologiyaning yuqorida keltirilgan yo‘nalishlari quyidagilarni
o‘rganadi:
-
o‘lchashlarni bir xildaligi
–o‘lchash natijalari
asosan qonuniy umumqabul
qilingan kattaliklar birliklarida ifodalangan va o‘lchash xatoliklari, extimollarni
inobatga olgan xolda o‘rnatilgan standartlardan oshmaydigan,
qabul qilingan
chora- tadbirlar majmuasi;
-
o‘lchash vositalari
– o‘lchashlar uchun mo‘ljallangan vositalar.
- metrologik xizmat
– o‘lchashni bir xilligi va bir turdaligini ta’minlashga
yo‘naltirilgan, ish turlarining qat’iy belgilanishini nazoratlovchi boshqaruv
sub’ekti.
- o‘lchash vositalarini tekshirish
– davlat metroligik xizmatining ob’ektlari
tomonidan bajariladigan GOST texnik talablariga ko‘ra o‘rnatilgan SI (xalqaro
birliklar sistemasi)ga muvofiq kelishini tasdiqlash
maqsadidagi chora-tadbirlar
majmuasi.
- o‘lchash vositalarini kalibrovkalash (aniq bir o‘lchamga keltirish)
–
davlat nazorati va metrologik tekshiruvlari majburiy bo‘lmagan, metrologik
tavsifining amaldagi qiymatlarini va (yoki) SI da foydalanishga yaroqliligini
tasdiqlash va aniqlash uchun bajariladigan, qabul
qilingan chora-tadbirlar
majmuasi.
Metrologiya fani va predmetini to‘g‘ri tushunish uchun juda muhim omil
bo‘lib unda foydalaniladigan atama va tushunchalar xizmat qiladi. Aytish lozimki,
ularni to‘g‘ri ifoda etish va izohlash birinchi darajali axamiyatga ega, chunki har
bir insonni idroki induvidual o‘ziga xos bo‘lib, ko‘pgina umumqabul qilingan
atamalar, tushunchalar va ta’riflarni u o‘zini hayotiy tajribalaridan foydalanib va
o‘zini hayotiy fikrlashlari bo‘yicha izoxlaydi. Metrologiya uchun esa atamalarni
bir xil ma’noda, barchaga etkazish
muhim axamiyat kasb etadi, chunki bunday
yondashuvlar u yoki bu hayotiy voqelikni qulay tarzda va to‘liq tushunishga
imkon beradi. Buning uchun esa, atamalarga davlat
mavqeida tasdiqlangan
24
maxsus standart
yaratilgan.
Bugungi kunda, Rossiya o‘zida dunyo iqtisodiy tizimning bir qismini
o‘zlashtirganligi tufayli, u erda doimiy ravishda, atamalar va tushunchalarni bir
shaklga keltirish ishlari olib borilmoqda. Shak-shubhasiz
bu yuqori rivojlangan
xorijiy mamlakatlar va raqobatchilar bilan o‘zaro manfaatdorlikdagi hamkorlik
jarayonlarni engillashtirishga yordam beradi. Shunday qilib, metrologiyada
quyidagi kattaliklar va ularni ta’riflari beriladi:
1.
Do'stlaringiz bilan baham: