O’zaro bir-birini almashtiruvchi tovarlardan birining narxini o’zgarishi bilan boshqasiga bo’lgan talabning o’zgarishi to’g’ri bog’liqlikda bo’ladi. Masalan, sariyog’ narxining oshishi margaringa bo’lgan talabning ortishiga olib keladi. Sariyog’ narxining pasayishi esa margaringa bo’lgan talabni kamaytiradi. O’zaro bir-birini to’ldiruvchi tovarlardan birining narxini o’zgarishi bilan boshqasiga bo’lgan talabning o’zgarishi teskari bog’liklikda bo’ladi. Masalan, agar avtomobilning narxi oshsa, benzinga bo’lgan talab qisqaradi. Aksincha, avtomobilning narxi tushsa, benzinga bo’lgan talab oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |