Aim.uz
Sobiq Ittifoq davrida sportcbilarning xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etishi
0‘zbekistonda jismoniy madaniyat harakatini rivojlantirishda sport tashkilotlarining xalqaro aloqalari muhim ahamiyat kasb etish bilan biigalikda, ular tarixiy jarayon sifatida tilga olinmoqda.
Spoitchilaming bu sohadagi asosiy faoliyati haqida professor A.Yaroskiy va 0‘zbekiston Respublikasi Davlat sport qo‘mitasining mas’ul xodimi A.Poddubniy (1980-yil), keyinchalik esa 0‘zbekiston Respublika olimpiya qo'mitasining Prezidenti S.Ro‘ziyev, professor E.Shatemikov va MOQning bosh direktori I.Barabanlar (2001-yil) tomonidan yaratilgan ommabop va uslubiy qo‘llanmalarda bayon etilgan.
O'zbekistonning xalqaro sport uchrashuvlariga 1931-yil 4-oktabrda futbolchilar, yengil atletikachilar, suzuvchilardan iborat jamoalaming Norvegiya ishchi-sport delegatsiyasi bilan uchrashuvi natijasida asos solingan edi. Keyinchalik esa boshqa mamlakatlarining sportchilari bilan aloqalar bog‘langan edi. Lekin Ikkinchi jahon urushi arafasidagi xalqaro vaziyatlaming keskin o'zgarishi va urushlar tufayli bunday faoliyatlar uzilib qoladi.
1948-yilda respublika hukumati tomonidan «0‘zbekistonda jismoniy taibiya va sport ishlarini yaxshilash choralari to‘g‘risida» qaror qabul qilinadi. Bunda respublika sportchilarining xalqaro aloqalarini qayta tiklash masalalari ham qayd etiladi. Shunga asosan sport aloqalari yana boshla- nadi. Ulardan ba’zi bir e’tiborga loyiq dalillami eslash mumkin. Ya’ni 1955-yilda «Paxtakor» futbol jamoasining Efiopiya jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi bo'ldi. 1958-yilda «Paxta-
kor»chilar Xitoy Xalq Respublikasi, 1960-yilda Yaponiya fut- bolchilari bilan uchrashuvlar o'tkazdi. Shu yillari Yaponiya, Finlyandiya, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi, Vetnam Demokratik Respublikasi va boshqa mamlakatlaming sport- chilari yurtimizga tashrif buyurishgan edi.
O'zbekistondan sobiq Ittifoq terma jamoalari tarkibiga sportchilar jalb etila boshlandi. 1947-yil A.Kashayev Yevropa va Finlyandiya birinchiligida qatnashib, ilk bor mam- lakatimizga bronza medalini hadya etdi. 1950-yilda G.Gamamik kurash bo'yicha jahon chempioni unvoniga sazovor bo'ldi. 1952-yil G.Shamray XV Olimpiya o'yinlarida ishtirok etib, sovrinli (jamoada) o'rinni egalladi. V.Ballod balandlikka sakrash bo'yicha XVI—XVII Olimpiya o'yinlarining qatnashchisidir.
1966—1970-yillarda O'zbekiston sportchilaridan 283 kishi chet mamlakatlardagi sport musobaqalarida ishtirok etadi. O'z navbatida chet ellik sportchilarning 360 dan ortiq vakili 0‘zbekistonda boiadi.
Tokioda o'tkazilgan XVIII olimpiya o'yinlarida 4 kishi, Monrealda (XXI Olimpiya o'yini) 11 kishi qatnashadi. Boks bo'yicha jahon chempioni R.Risqiyev olimpiadaning kumush medali, fUtbolchi V. Fedorov bronza medalini qo'lga kiritadi.
Keyingi yillarda O'zbekiston sportchilari Yevropa va jahon chempionlari ro'yxatiga kiradi. Ulardan A.Alimov va (stendga otish), S.Quibonov (sambo), R.Prokopenko, Salimova, (basketbol), O.Rudenko (kamondan otish), KFatxulin (klassik kurash), M.Ismoilov (ot sporti), AAbduramonov (klassik kurash) kabilami ko'rsatish mumkin.
Shuningdek, S.Diomidov (gimnastika), M.Kolyushev (velotrek), A.Prokopenko (basketbol), R.Kazakov (klassik kurash), S.Xodiyev (sambo kurashi), S.Ro'ziyev (qilichbozlik), S.Quibonov (sambo) va boshqalar jahon chempioni unvoniga sazovor bo'lishdi.
1965-yildan boshlab respublika sportchilari Hindiston, Pokiston, Bangladesh, Birina, KXDR, Suriya, Keniya' Efiopiya, Marokash, Nigeriya, Senegal 4va boshqa mamlakatlaiga boiishdi.
1971-yil 0‘zbekiston yengil atletikachilari Tunisda bo'lib, yaxshi natijalami namoyish etadi.
1976-yil voleybol bo'yicha respublika jamoasi Afg‘onistonda o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi va sport mahoratlarini namoyish qiladi. Shuningdek, basketbolchilar ham Birmada boiib (1975-yil) o'zlarining tajribalarini yuqori saviyada ko‘rsatgan. Bokschilar, erkin kurashchilar Nigeriya va Qobulda uchrashuvlar o‘zkazib kelgan. Har bir safardan keyin chet mamlakatlarining rahbarlari yurtimizga maktub yoilab, yaxshi taassurotlar olganliklarini qayd qilish bilan biigalikda yana uchrashuvlar o'tkazishni taklif qilishgan.
Turkiya, Birma, Suriya Arab Respublikasi va boshqa mamlakatlarning hukumat doiralari 0‘zbekiston bilan (SSSR ruxsati orqali) turli shartnomalar tuzishadi. Shu asosda iqtidorli mutaxassislar Sh.N.Zokirov (boks) bilan A.Koshyev Suriya Arab Respublikasida, A.Granatkin (boks) bilan M.Muhitdinov (shohmot) Afg‘onistonda boiib, ulaiga murabbiylik va boshqa sohalar bo'yicha tajribalar o'rgatib qaytadilar. Bu an’analar keyinchalik yana davom etadi. Z.G‘.G'afforov (qilichbozlik, sport psixologiyasi) 1989— 1991-yilda Aljirda, R.A.Akramov (futbol, olim) 1991—1992- yil Aljirda boiishdi.
1966—1976-yfflarda xalqaro sport aloqalarining ba’zi ko‘rsatkichlari
T.r
Yillar
Mamlakatlar
soni
Sport
turlari
soni
Safarga
chiqqan-
lar
0‘zR
jamoalari
tarkibida
SSSR terma jamoa- larida
1
1966—
1970
34
11
823
145
129
2
1971—
1976
75
25
836
439
343
Jami:
109
36
1659
584
472
Shuni ham ta’kidlash lozimki, 1966— 1980-yillarda Yevropa, Amerika va boshqa mintaqaiaming alpinistlari Pomir, Hindikush cho‘qqilariga chiqish oldidan awal
Toshkent, Samarqand, Buxoro, Faig'ona shaharlarida mehmon bo'lishgan. Ular O'zbekiston alpinistlariga o'z tajri- balarini o'igatganlar. Ularga V.Rasekning bir qator risolalari bag'ishlangan. Xalqaro sport aloqalarining xususiyatlari va is- tiqbollari haqida qator ilmiy tadqiqotlar ohb borildi. Xalqaro ilmiy anjumanlaming to'plamlarida bu muammolar yoritildi. Issiq mintaqali joylarda oliy toifali sportchilami tayyorlash (I.A.Yaroskiy), falsafa, tarix, sotsiologiya sohalarida M.F.Is’hoqov, E.K.Shatemikov, Yu.S.Sholomitskiy, K.P.Ten, R.Yakubov kabilar katta faoliyat ko'rsatdi. Pedagogika- psixologiya sohasida T.S.Usmonxo'jayev, A.R.Imom- xo'jayev, issiq iqlimda xotin-qizlaming mashq qilish qobili- yatiga bag'ishlab M.B.Frank, A.A.Turikov, yoshlaming mashq bajarishida yurakning holati muammolari bo'yicha
O.A.Risqiyeva kabilar ham o'z taqdiqotlarini xalqaro sport aloqalari bilan bog'ladi. Bu olimlaming bir qismi chet ellarda bo'lib tajriba orttirdi va sportchilami olimpiya o'yinlariga tayyorlashda tajriba-sinovlami o'tkazib, ularning yuqori nati- jalaiga erishishlariga zamin tayyorlaydi.
E’tiborU tomonlardan yana biri shundaki, O'zbekiston sportchilarining xalqaro aloqalari va sportchilarning erishgan yutuqlari haqida bir qator ommabop kitoblar nashrdan chiqarildi. Ularga A.Sunnikning «Na stadionax 4 x kontinen- tov» («Yosh gvardiya», 1966), S.Ostonovning «Sovrindorlar» («Yosh gvardiya», 1976), M.O'zbekov va E.Dolkartlaming (Olimpiskiye zvyozdi) («Yosh gvardiya», 1983) kitoblarini misol keltirish mumkin. Ulaming mazmunida o'zbekistonlik olimpiada o'yinlari va jahon chempionatlarining qatnash- chilari haqida ma’lumotlar berilgan.
0‘zbekiston sportchilari olimpiada o‘yinlarida
1952. Xelsinki
Galina Shamray (sport gimnastikasi) — jamoada chem- pion. Jamoa musobaqalarida Jcumush medal.
Sergey Popov (yengil atletika) — qatnashchilar orasida 4- o‘rin.
1956. Melbum Sergey Popov (yengil atletika) — qatnashchi.
Valentina Ballod (balandlikka sakrash) — qatnashchi. 1960. Rim
Valentina Ballod (yengil atletika, balandlikka sakrash) — qatnashchi.
1964. Tokio
Seigey Diomidov (sport gimnastikasi) — jamoada 2-o‘rin. Svetlana Babanina (suzish) — bronza medali.
Natalya Ustinova (suzish) — bronza medali.
1968. Mexiko Vera Duyunova (Galushka) — voleybol 1-o‘rin.
Svetlana Babanina (suzish).
Sergey Konov (suzish).
Natalya Ustinova (suzish).
MixaU Kolyushyev (velosport).
1972. Myunxen Vera Duyunova (voleybol) 1-o‘rin.
Rustam Kazakov (klassik kurash) — yarim yengil vaznda chempion.
Elvira Saadi (sport gimnastikasi) — jamoada 1-o‘rin. Nikolay Anfimov (boks) — 4-o‘rin.
Aleksandr Yudin (velosport).
Mamajon Ismoilov (otda uchkurash).
1976. Monreal
Rufat Risqiyev (boks) — 75 kilogrammgacha bo'lgan vaznda «kumush» medal.
Vladimir Fedorov (futbol) — 3-o‘rin.
Sobir Ro‘ziyev (qilichbozlik, rapira).
Valeriy Dvoryanikov (otda uchkurash).
1980. Moskva Erkin Shagayev (suv polosi) — 1-o‘rin.
Larisa Pavlova (voleybol).
Yuriy Kovshov (ot sporti) — jamoada 1-o‘rin, shaxsiy hisobda ikkinchi.
Olga Zubaiyeva (qo‘l to‘pi) — 1-o‘rin.
•Rustam Yambulatov (harakatlanayotgan nishonga otish)
— 2-o‘rin.
Aleksandr Panfllov (velosport) — 2-o‘rin.
Sobir Ro'ziyev (qilichbozlik, rapira) — jamoa 2-o‘rin.
Natalya Butuzova (yoy) — 2-o‘rin.
Leyla Axmerova, Valentin Zazdravnix, Nelli Gorbatkova, Alina Xam (chim xokkey) — bronza medallari.
Tatyana Biryulina (yengil atletika, nayza otish).
Aleksandr Xarlov (yengil atletika).
Anatoliy Dimov (yengil atletika).
1988. Seul
Arsen Fadzayev (erkin kurash) — 68 kilogrammgacha boigan vaznda g‘olib.
Maxarbek Xadarsyev (erkin kurash) — 90 kilogrammgacha boigan vaznda g‘olib.
Radion Gataullin (yengil atletika, balandlikka sakrash) — kumush medal.
Noil Muhammadyorov (og'ir atletika) — kumush medal.
Seigey Zabolotnikov (suzish) — bronza medal.
Jamoliddin Abdujabborov (velosport).
Anatoliy Tankov (ot sporti).
Igor Davidov, Nikolay Sankoves (chim xokkey).
1992. Barselona
Oksana Chusovitina (sport gimnastikasi) — jamoada chempion.
Rozaliya Galiyeva (sport gimnastikasi) — jamoada chempion.
Marina Shmonina (yengil atletika) — jamoada g'olib.
Anatoliy Asraboyev (miltiqdan o'q otish) — kumush medal.
Seigey Sirsov (og'ir atletika) — kumush medal.
Valeriy Zaxarevich (qilichbozlik) — jamoada 3-o'rin.
Ramil Ganiyev (yengil atletika ko'p kurash).
Yelena Svetensova (nayza uloqtirish).
Seigey Usov (yengil atletika, 110m.ga to'siqlararo yugurish)- «
Artur Grigoryan (boks).
Aleksandr Krasnoyaisyev (chim ustida xokkey).
Igor Mullajonov (chim ustida xokkey).
Aleksandr Domasheyev (chim ustida xokkey).
Aleksandr Tyurin (eshkak eshish).
Igor Kireyev (eshkak eshish).
Valeriy Zaysyev (yengil atletika).
Dmitriy Polyunin (yengil atletika).
Ma’lumki sport turlari ichida erkaldar va ayollar sport gimnastikasi o‘z mazmuni va murakkabligi hamda bajarilish shakl- lari bilan barchani o'ziga jalb etadi. Bunda o‘ta yuqori dara- jadagi texnik tayyoigarlik talab etiladi. Shu sababdan, sportning bu turi bilan shug'ullanishga har kim ham jur’at qilavermaydi.
0‘zbekistonlik gimnastikachi Seigey Diomidovning nomi faqat 0‘zbekistondagina emas, hatto olimpiya o‘yinlari tarixidan ham joy olgan.
U 1942-yil To‘rtkoida (Qoraqalpog'iston) tug'ilgan. 1956-yilda u Toshkentga keladi va R.T.Sarkisov qo'lida gimnastika bo'yicha shug'ullanadi. 1960-yil «Dinamo» Markaziy sport jamiyati musobaqalarida yoshlar o'rtasida sport ustasi unvoni talablarini bajardi 1962-yil SSSR terma jamoasi tarkibiga kiritildi. 1964-yil brusda mashq bajarish bo'yicha SSSR chempioni bo'ladi. 1966-yilda Brusyada jahon chempioni bo'ladi. Uning bajaigan «Bir qoida burilish* (vertush- ka) elementi jahon gimnastika mashqlari tarkibiga «Diomi- dov vertushkasi» nomi bilan kiritildi. U Tokio va Mexiko olimpiya o'yinlari qatnashchisidir. 1964-yilda xalqaro klas- sikdagi sport ustasi va 1965-yilda xizmat ko'rsatgan sport ustasi unvonlariga ega bo'ldi. Keyinchalik u Markaziy harbiy sport klubida murabbiylik qildi.
Elvira Saadi 1952-yil Toshkentda tug'ilgan. Yoshligidan gimnastika bilan shug'ullanib, respublika spoit-intematida (hoziigi olimpiya o'rinbosaiiari kasb-hunar kolleji) ta’lim oladi.
U O'zbekiston va SSSR terma jamoalari tarkibida juda ko'p xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etib, doim g'oliblikka erishib kelgan.
XX Olimpiya o'yinlarida qatnashib jamoa tarkibida olimpiada chempion unvoniga erishadi. Katta iste’dod egasi bo'lganligi uchun u Moskvada murabbiylik lavozimida ishlab qoladi.
Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |