Soatlar soni: 1 soat. Mavzuning qisqacha mazmuni



Download 270 Kb.
Sana05.11.2019
Hajmi270 Kb.
#25113
Bog'liq
3-sinf matematika dars ishlanma

1-dars

Mavzu:Ikki xonali sonlarni xonadan o‘tib qo‘shish. Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Ikki xonali sonlarni xonadan o‘tib qo‘shish, boiaklab va ustun shaklida qo‘shish usullari.

Soatlar soni: 1 soat.

Mavzuning qisqacha mazmuni: Ikki xonali sonlarni xonadan o‘tib qo‘shishning ikki usuli - boiaklab va ustun shaklida qo‘shish usullarini takrorlash, unga doir misol va masalalarni, kesmaga doir mashqni yechish.

O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Metod: Suhbat, kartochkalar bilan ishlash, mustaqil ish. Shakl: Guruh bilan ishlash.

Jihoz: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar. Nazorat: Og‘zaki so‘rov, doskada va mustaqil ravishda misol, masalalarni yechish.

Baholash: Doskada yoki mustaqil ravishda misol, masalalarni yechishlariga qarab o‘quvchilar baholanadi.

Darsning maqsadlari
Ta’limiy:O’quvchilarning ikki xonali sonlarni xonadan o’tib qo’shish bo‘yicha 2-sinfda olgan bilim, ko’nikma va malakalarini, kesma haqidagi tushunchalarini mustahkamlash.

Tarbiyaviy:Misol va masalalarni yechish orqali ikki xonali sonlarni xonadan o’tib qo’shish bo’yicha hayotiy ko’nikmalarni shakllantirish.

Rivojlantiruvchi:Matematik boshqotirma ustida fikr-mulohaza yuritishga jalb qilish orqali mantiqiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish.

Kutilayotgannatijalar

Darsyakunidabo‘laklabvaustunshaklidaqo‘shishusullaridanfoydalanibikkixonalisonlarnixonadano‘tibqo‘shishniuddalayoladilar, kesmahaqidagitushunchalarimustahkamlanadi.



Dars

bosqichi

Bajariladigan ish mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich.

Tashkiliy

qism


0‘quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshi- riladi.




2 min

2-bosqich.

Refleksiya

(ehtiyojlami

aniqlash


Matematika darslarida 2-sinfda nimalar o‘rganilganligi, xonadan o‘tmasdan qo‘shishga doir og‘zaki misollar yechiladi.

Suhbat, kartochka- lar bilan ishlash

5 min

3-bosqich.

Yangi mavzu

bayoni


Darslikdagi 1-misolni yechish orqali ikki xonali sonlarni xona- dan o‘tib qo‘shish usullari tushuntiriladi.

Savol-

javob


10 min

4-bosqich. Yangi mavzuni mustahkamlash

2-misolni o‘quvchilar mustaqil yechadilar. 3-5-topshiriqlar o‘qituvchi yordamida bajariladi.

Mustaqil ish, savol- javob

23 min

5-bosqich.

Baholash


Darsdagi faolligiga qarab o‘quvchilar baholanadi.




3 min

6-bosqich. Uyga vazifa berish

Darslikdagi 6-misol va 7-masala uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo‘yicha ko‘rsatmalar beriladi.




2 min

Darsjarayonivatexnologiyasi
Darsningborishi:

I.Tashkiliyqism: Matematikadarslarida 2-sinfdanimalaro‘rganilganligi, endi 3-sinfdanimalaro‘tilishi, 3-sinf «Matematika» darsliginingmualliflari, undagishartlibelgilar, darslikbilanqandayishlashkerakligiyuzasidano‘quvchilarbilansuhbatlashiladi.

II.Otganmavzunisorashvamustahkamlash.

Xonadano‘tmasdanqo‘shishgadoirog‘zakimashqlarbajariladi. Buninguchuno‘qituvchiquyidagiifodalaryozilgankartochkalarninavbatma-navbato‘quvchilargako‘rsatadi:

27 = 20 +□ 45 = 40 +□ 82=80+□

34 = 30 +□ 68 = 60 +□ 99=90+□

Kvadrato‘rnidaqandaysonbo‘lishikerakliginio‘quvchilarnavbatma-navbataytadilar.

III.Yangimavzubayoni.

Darslikdan 1-misolningyechilishivaikkixonalisonlarnixonadano‘tibqo‘shishqoidasi, ya’niyangimavzutushuntiriladi.

2-misolni o‘quvchilar mustaqil yechadilar. 0‘quvchilar misollarni navbatma-navbat doskada yechishlari ham mumkin.

3-topshiriqdagi rasm asosida quyidagicha masala tuzish mumkin: Do‘konda birinchi kuni 24 m, ikkinchi kuni esa undan 12 m ortiq atlas sotildi. Ikki kunda hammasi bo‘lib necha metr atlas sotilgan?

Yechilishi. 1) ikkinchi kuni sotildi - 24 + 12 = 36 (m);

2) hammasi bo‘lib sotildi - 24 + 36 = 60 (m).



IV. Mustahkamlash.

4-topshiriq bajarilmasdan avval kesma haqida suhbatlashiladi. Kesmaning boshi va oxiri bo‘lishi, ularning qanday belgilanishi tushuntiriladi. Har bir o‘quvchi daftariga ixtiyoriy kesma chizishi topshiriladi. Daftariga kesma chizgan o‘quvchilardan biriga doskaga chizma chizib berishi so‘raladi. Shundan keyin 4-topshiriqdagi har bir shaklda nechta kesma borligi so‘raladi.

5-topshiriqdagi boshqotirmada berilgan shakl doskaga chiziladi. Bir o‘quvchi doskada kvadratlar sonini bilganicha sanaydi. Qaysi o‘quvchi bilsa, shu o‘quvchi doskaga chiqib sanashni davom ettiradi. Shaklda 30 ta kvadrat mavjud. Boshqotirmani yechishga dars vaqti yetishmasa, o‘quvchilar uni uyda yechishga harakat qilishlari aytiladi.

Darsdagi faolligiga qarab o‘quvchilar baholanadi.



V. Uyga vazifa:

Uyga berilgan7-misol va 8-masalani yechish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar beriladi.

7-masalaning yechilishi:

1) birinchi va ikkinchi daraxtdan olindi – 12 + 24 = 36 (kg).

2) uchinchi daraxtdan terib olindi – 48 – 36 = 12 (kg).

Uyga qo‘shimcha topshiriq: 1. Ikki xonali sonlarni xonadan o‘tib qo‘shish usullarini takrorlash va puxta o‘zlashtirib kelish.

2. Kesmaga doir misollar topib kelish.



VI. Dars yakuni. O’quvchilar bilimini baholash va rag’batlantirish.
2-dars

Mavzu: Ikki xonali sonlarni xonadan o‘tib ayirish. 9-16- MISOL VA MASALA

Tayanch tushunchalar: Ikki xonali sonlarni xonadan o‘tib, bo‘laklab va ustun shaklida ayirish usullari.

Soatlar soni: 1 soat.

Mavzuning qisqacha mazmuni: Ikki xonali sonlarni xonadan o‘tib ayirishning ikki usuli – bo’laklab va ustun shaklida ayirish usullarini takrorlash, unga doir misol va masalalarni, kesmani o’lchash va taqqoslashga doir mashqni yechish.

Metodlar: Suhbat, «Kim tez topadi?» interfaol metodi, mustaqil ish.

Jihozlar: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar.

Nazorat: Og‘zaki so‘rov, doskada va mustaqil ravishda misol, masalalarni yechish.

Baholash: Doskada yoki mustaqil ravishda misol, masalalarni yechishlariga qarab o‘quvchilar baholanadi.

Darsning maqsadi: a)O‘quvchilarning ikki xonali sonlarni xonadan o‘tib ayirish bo‘yicha 2-sinfda olgan bilim va ko‘nikmalarini, kesmani o’lchash va taqqoslashga oid malakalarini mustah-kamlash. b) komil insonni tarbiyalash d) o’quvchilarning hisob kitob malakalarini rivojlantirish

Kutilayotgan natijalar: Bo’laklab va ustun shaklida ayirish usullaridan foydalanib, ikki xonali sonlarni xonadan o‘tib ayirishga doir misollarni yecha oladilar, kesma uzunhgini o’lchash va ularni taqqoslay oladilar.

I.Tashkiliy qism:

Salomlashish;

Davomatni tekshirish

Darsning maqsadini aytish.

II.O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga vazifa tekshirib chiqiladi. Og’zaki savol –javob o’tkazaman.



III.Yangi mavzu bayoni:

Darsning borishi:

O‘qituvchi quyidagi ifodalar yozilgan kartochkalarni ko‘rsatadi:

14 - □ = 10 43 -□= 40 72-□= 70

28 - □ = 20 59 -□= 60 96-□= 90

Kvadrat o‘mida qanday son bo‘lishi kerakligini o‘quvchilar navbatma-navbat aytishadi.

9-misolni o‘quvchilar mustaqil yechadilar. Misolni o‘quvchilar navbatma-navbat doskada ham yechishlari mumkin.



10-topshiriqdagi rasm asosida quyidagicha masala tuzish mumkin: Ikki tup olmadan 78 kg olma terildi. Bir tupdan 42 kg olma terilgan bo‘lsa, ikkinchisidan necha kilogramm olma terilgan?

Yechilishi: Ikkinchi tupdan terilgan olma: 93 - 56 = 37 (kg).

11-topshiriqda chizg‘ich yordamida AB va CD kesmalarning uzunligi o‘lchanadi hamda ularning farqi aniqlanadi: AB-51 mm,

CD = 84 mm, 84 - 57 = 27 (sm).

IV. Mustahkamlash.

12-topshiriqdagi boshqotirma bo‘yicha soat sirti quyidagicha bo‘linganda har bir bo‘lakdagi sonlar yig‘indisi bir xil, ya’ni 13 ga teng bo‘ladi:

Bu boshqotirma yechimini topishni o‘yin shaklida tashkil etish mumkin. Buning uchun o‘quvchilar 3 gumhga bo‘linib, har bir guruh o‘quvchilari oq qog‘ozga soat chizib, uning sirtini 6 bo‘lakka bo’ladilar va sonlar yig‘indisi bir xilligi topiladi. Sardorlar o‘z ishlarini doskada namoyish etib, nechta o‘quvchi to‘g‘ri bajarganligini aytadilar. Bu o‘yin «Kim tez topadi?» deb nomlanib, birinchi bajargan guruh rag‘batlantiriladi.

V. Uyga vazifa:

Uyga berilgan 15-misol va 16-masalani yechish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar beriladi.



16-masalaning yechilishi:

1) ikkinchi do‘konga keltirildi - 56 - 12 = 44 (kg);

2) hammasi bo’ib keltirildi - 56 + 44 = 100 (kg).

Darsdagi faolligiga qarab o‘quvchilar baholanadi.

Uyga qo‘shimcha topshiriq: Ikki xonali sonlarni xonadan o‘tib ayirish usullarini takrorlash va puxta o‘zlashtirib kelish.

VI. Dars yakuni. O’quvchilar bilimini baholash va rag’batlantirish
3-dars

Mavzu: Qavsli ifodalar. 17-23- misol va masala

Tayanch tushunchalar: Qavsli ifodalar, to‘g‘ri burchak. Soatlar soni: 1 soat.

Mavzuning qisqacha mazmuni: Qavslar qatnashgan ifodalami yechish qoidasini eslatish, ularga doir misollar yechish, berilgan burchaklardan to‘g‘ri burchaklami, undan katta va kichik burchaklami ajratib olishga doir mashqni yechish.

Metodlar: Suhbat, mustaqil ish.

Jihozlar: Darslik, go‘niya, chizg‘ich, mavzuga doir plakatlar. Nazorat: Og‘zaki so‘rov, doskada va mustaqil ravishda misol, masalalarni yechish.

Baholash: Doskada yoki mustaqil ravishda misol, masalalarni yechishlariga qarab o‘quvchilar baholanadi.

Darsning maqsadi: a)O‘quvchilarning qavsli ifodalar, to‘g‘ri burchak bo‘yicha 2-sinfda olgan bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash. b) Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash d) o’quvchilarning hisob kitob malakalarini rivojlantirish

Kutilayotgan natijalar: Qavslar qatnashgan ifodalarda amallami bajarish tartibini puxta o‘zlashtirib oladilar, to‘g‘ri burchak, undan katta va kichik burchaklami bir-biridan ajrata oladilar.

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

Salomlashish;

Davomatni tekshirish

Darsning maqsadini aytish.



II.O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga vazifa tekshirib chiqiladi. Og’zaki savol –javob o’tkazaman.



III.Yangi mavzu bayoni:

17-misolning yechilishi o‘quvchilarga tushuntiriladi. Qavsli ifodalarda amallami bajarish tartibi qoidasini puxta o‘zlashtirib olishlari zarurligi ta’kidlanadi.

18-misolni o‘quvchilar mustaqil yechadilar. Shu bilan birga o‘quvchilar navbatma-navbat doskada ham misolni yechadilar.

19-masalaning yechilishi quyidagicha bo‘ladi:

1-usul: 1) ukasidagi yong‘oqlar - 37 - 15 = 22 (ta);

2) hamma yong‘oqlar - 37 + 22 = 59 (ta).

2-usul: 37 + (37- 15) = 37 + 22 = 59 (ta).

IV. Mustahkamlash.

21-topshiriqni bajarmasdan avval go‘niyaning katta burchagi to‘g‘ri burchak, boshqa burchaklari to‘g‘ri burchakdan kichik bo‘lishi tushuntiriladi. 0‘quvchilardan to‘g‘ri burchakka misollar keltirish so‘raladi. Shundan so‘ng o‘quvchilar 18-topshiroqdagi burchaklar qanday burchak ekanligini go‘niya yordamida birma-bir aniqlaydilar va javob beradilar.

22-topshiriqdagi boshqotirmaning javobi: 6 + 9= 15 (ta).

23-misol va 24-masalani yechish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar beriladi.

24-masalaning yechilishi:

1) uzilgan qovunlar - 24 - 7 =17 (ta);



2) uzilgan hamma tarvuz va qovunlar -24+ 17 = 41 (ta). Darsdagi faolligiga qarab o‘quvchilar baholanadi.

Uyga qo‘shimcha topshiriq: To‘g‘ri burchak, undan katta va kichik bo‘lgan burchaklami chizib kelish.

Yillik dars ishlanmani to’liq olishni istaysizmi?
Dars ishlanmaning bahosi - 30 ming so’m*

(Yillik dars ishlanma fayli telegram yoki elektron pochta orqali jo’natiladi. To’lov: Click yoki Payme orqali kartadan-kartaga.

To'lov quyidagi tartibda amalga oshiriladi: *880*3*937481214*summa# )
Bog’lanish uchun:




Tel: + 99893 7481214




E-Pochta: dars-ishlanma@mail.ru




Telegram: @Dars_ishlanma
*3-sinfning ona tili, o’qish, matematika, odobnoma, tabiat fanlari 100 ming so’m bo’ladi. Dars ishlanmalar boshlang’ich ta’limining moxir o’qituvchilari tomonidan tuzib chiqildi.

3-sinfga kompitensiya qo’shilmaydi.




Download 270 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish