9. Mexnatni va atrof muxitni muhofaza qilish. Ammiak ishlab chiqarishda gaz tashlamalari, suv tashalamalari va qattiq chiqindilarni tashlamalari bor.
Atmosferaga tashlamalar.
Atmosferaga tashlamalar quyidagilarga bo’linadi;
Texnologik rejimning bir meyorda boshqarilishi uchun gazlarning doimiy tashlanishi.
Vaqti – vaqti bilan ishlab chiqarishni ishga tushirish va to’xtatish paytidagi gazlarni tashlanishi.
Texnologik rejimning buzilishi natijasida vaqti – vaqti bilan gazlarning tashlanishi.
Ammiak ishlab chiqarishda kegingi gazlarning doimiy tashlanishi, to’planib qolgan zararli aralashmalardir;
Tabiiy gazni qizdirishdan keyingi tutunli gazlar (103).
Trubali pechdan kegingi tutun gazlari.
Ifloslangan CO2 fraksiyasi.
Akkumlyatorli va kislotali ventli tashlama.
Ammiak xosil bo’lishi bo’limining boshlang’ach olovli qizdirgichidan chiqayotgan tutun gazlari.
Olovli qizdirgichning tashlama gazlaridagi zararli moddalar.
S va birinchi riformingda quyidagilar mavjud; oltingugurt angidridi, azot oksidlari, uglerod oksidi, monoetanolamin va uglerod oksidi ham tashlanadi. Ular quyidagilar; uglerod oksidi, monoetanolamin va oltingugurt - vodorod birikmasi .
Davriy ishga tushirish , to’xtatish, texnologik rejimning buzilishida chiqayotgan gazlarni “ fakel qurilmasi” orqali yoqib yuboriladi. Bundan tashqari, davriy avariya xolatlarida saqlagich klapanlari orqali atmosferaga gazlar tashlanadi.
Suv oqimi.
Suv resurslarini doimiyligini taminlash uchun avariya holatlarida va agregatning remont uchun to’xtash xolatlarida oldindan mo’ljallangan avariya va drinaj yomkostlari bor. Barcha zararli suvlar shaxar tozalash inshoatiga yuboriladi. Tashlamalar kimyoviy yuvilganidan so’ng bug’latiladi va MEA da tozalanib yig’ish yomkostlariga tortiladi. So’ng shaxarlardagi tozalash inshoatlariga jo’natiladi.
Qattiq va suyuq chiqindilar.
Ishlatib bo’lingan oltingugurt tozalash, metan konversiyasi,is gazi konversiyasi metanlashtirish va ammiak xosil qilish jarayon katalizatorlari maxsus omborlarga vaqtinchlik saqlash uchun jo’natiladi.
Ikkinchi reformingdan kegin konvertirlangan gaz.
Tashlama chiqindilari soni – 1 ta.
Chiqindi gazlarning umumiy xajmi – 7 300 000 m3
Davriyligi : davriy ravishda – ishga tushirish, toxtatish, texnologik rejimning buzilishi tashlash xarorati: 330 – 380 0C
Zararli moddalarning atmosferaga tashlanishini ruxsat etilgan miqdori.
SO2 – 10.01% ; CO – 117.21% ;
NO – 52.81% ; N2 – 40.94 % ;
Qattiq va suyuq chiqindilari.
Ikkinchi bosqich metan konversiyasi: ishlatilgan nikel katalizatorlari vaqtinchalik saqlash uchun omborlarga jo’natiladi. Har chiqarilganda 45.6 tonna chiqariladi. To’rt yilda bir marta chiqariladi. Namliknig foiz bo’yicha kimyoviy tarkibi quyidagiga teng: Nikel 6 – 10%, oltingugurt 0.005%dan ko’p emas. Foiz ko’rsatkichi 1300 kg/m3. Zaxarlilik sinfi 4.
Ishlatilgan alyumoxromli issiqlikka chidamli katalizatorlari vaqtinchalik saqlash uchun maxsus omborlarga jo’natiladi. Bir marta chiqarilganda 6.9 tonna chiqariladi. To’rt yilda bir marta chiqariladi. Modda kimyoviy tarkibi , namligi foizlarda quyidagicha : C2O3 5-8%, S 0.005% dan ko’p emas.
Ishlab chiqarishdan xavfsiz foydalanishning asosiy qonunlari.
Metan konversiyasi bo’limi: tashqi qurilma va trubalar portlashga va yong’inga xavfli gaz saqlaydi. Portlashga xavfli hududning klassifikatsiyasi PUE – 86 B – 1 g.
Texnologik bo’limning portlashga havflilik ko’rsatkichi, OPVB – 98 ga mos xolda ishlab chiqarish sistemasidan keladi. Metan konversiyasi bo’limi 1.2.trupali pechka birinchi bosqich metan konversiyasi:
Bo’limning nisbiy energetic imkoniyati 43. Portlashga xavflilik kategoriyasi 1. GPS ning bo’limdagi umumiy og’irligi 7889.03 kg.
Ishlab chiqarishda mavjud bo`lgan xavf – xatar tavsifi. Ishlab chiqarishdagi o’ziga xos xavfsizlik talablari: Xavfning asosiy ko’rinishlari :
Qurilmaning mavjudligi va undagi yuqori va o’rta bosimlarning mavjudligi.
Portlashga va olovga xavfli va zaxarli gazlar bilan boradigan ishlar. Jarayonda qatnashayotgan ko’pchilik gazlar aralashmalarining ko’pchilik qismi portlashga va yong’inga xavfli hamda zaxarlidir. Ammiak ishlab chiqarishiga keluvchi gazlar aralashmasi asosan portlashga va yong’inga xavfli va zaxarli gazlardir.
Temperatura bosim bo’yicha ish rejimining buzulishi, shuningdek bug’ – gaz va xavo sarfi boyicha qurilmani germetikligini kuzatmaslik , truba jixozlarning portlashiga, yonishiga, CO, NH3, N2 va CH4ning ishchi xudud, havosi tarkibida oshib ketishiga olib kelishi mumkin.
Termik kuyish extimolligi: termik kuyish bug’ning teriga tegishi, issiq gaz yoki kondensatning teriga tegishi va issiq truba yoki qurilmaga tegib ketish oqibatida kelib chiqadi.
Mexanizmning qo’zg’aluvchan qismini mavjudkigi.
Elektor jixozlari bilan ishlash.
Monoetanolamin eritmasi bilan ishlash va ishqorlar, V2O5 , gidrazingidrat va kimyoviy havfli moddalar bilan ishlash.
Havfsizlik talablari.
Normal holdagi ishni ta`minlanishi uchun quyidagilar zarur.
Texnologik rejimni buzmaslik va mavjud reglament hamda instruksiya talablariga rioya qilish.
Barcha qurilma va trubaprovodlardagi zarur zichlikni taminlash.
Binolar ventilyatsiyasini doimiyligini taminlash.
Signalizatsiyani uzluksiz ishlashini taminlash, nazorat o’lchov qurulmalariva avtomatik qurilmalar hamda blokirovkalarni uzluksizligini taminlash. Shuningdek, ishlab chiqarishni elector taminoti bilan uzluksiz taminlash.
Ishlab chiqarish xodimlaqining normal ishda, qurilmani ishga tushiriah paytida, to’xtatish paytida va avariya xolatlarida reglamentlashtirilgan instruksiyaga muvofiq bo’lishi zarur.
18 yoshga to’lgan o’rganish uchun kelib o`z ish o’rnini o’rgangan va muvafaqqiyatli o’z sinovlaridan o’ta olgan, yuqori bilim saloxiyatga ega va uni amalda qo’llay olgan hamda ishlashga ruxsat olgan yangi ishchilarni injinerlik, texnik va laborantlikka mustaqil ishlash uchun ruxsat berish.
Faqat yaxshi sozlangan, barcha kerakli jixozlar bilan yaxshi taminlangan, xarakatdagi saqlagich tashkil etilgan, o’lchashni nazorat qilish va mexanizmlarni sozlovchi priborlar bilan signalizatsiya va blokirovka kabi zarur ishchi qurollar bilan jixozlangan kurilmanigina ishga tushirish lozim.
Ishchi xodimlar ish paytida atrofida barcha zarur narsalarga ega bo’lishi darkor. Aniq ish joyi uchun ximoya vositalari shuningdek, shaxsiy protivogazlar:
Izalyatsiyalovchi (shlangli yoki kislorodli)
Filtirlovchi “CO”, “K”, “KD” yoki “M” markali.
Havodagi kislorod miqdori 16% dan past bo’lganda filtirlovchi protivogazlardan foydalanish ruxsat etilmaydi. Bunday xollarda izolyatsiyalovchi protivogazlardan foydalanish talab etiladi.
Svarka va olovli ishlarda yong’inga havfli xududlarda faqat yozma ravishdagi ruxsatnoma orqali ruxsat etiladi. Ruxsatnomani ammiak ishlab chiqarishdagi yong’inga javobgar shaxs bir necha tekshiruvlardan so’ng yong’inga va portlashga havfli gazlar mavjud emasligi aniqlangandan so’ng ruxsat beriladi.
Ish paytida uchqun chiqarmaydigan jixozlar bilan ishlash lozim.
Oson yonuvchan moddalar va suyuqliklar maxsus binolarda saqlanadi. Maxsus ajratilgan joylarga normadan oshmagan miqdorda joylashtiriladi.
Saqlagich klapnlarini doimiy tarzda tekshirish va ularni bosimlarini nazorat qilib turish lozim.
Qurilmalar va trubalar remont uchun to’xtatilganda ventillar orqali mustaxkam berkitilishi kerak va aniq ko’zga ko’rinadigan qilib zaglushka qilinishi kerak hamda maxsus qayd daftarchalariga yozib qo’yilishi lozim.
Agregatni to’xtashi payitida yoki aloxida qurilmalar va trubaprovod qismlari remonti uchun jarayon to’xtatilganda ishga tushish bosimidan so’ng, shuningdek remontdan so’ng ishga tushirishdan oldin siqilgan azot gazi orqali yonuvchi gazlar qolmagucha tozalanadi. Undan so’ng havo orqali produvka qilinadi.
Truboprovod va qurilmalarning mustaxkam joylashganligini kuzatib turish lozim. Trubalarning vibratsiyaga uchrashiga yo’l qo’ymaslik lozim trubada issiqlik yurishini o’zgarishi uchun issiqlik kengayishi va defarmatsiyani ortiqcha o’sishini kuzatish lozim.
Hamma elektor qurilmalari jixozlari yerga ulash orqali ximoyalangan bo’lishi shart.
Bosim ostida ishlaydigan aloqa yo’llari ishlab chiqarish va loyixalash normalariga mos kelishi lozim.
Kompressor va mashinalarning moy surtish uchun mo’ljallangan barcha qismlarini moylab turish lozim.
Chekish faqat maxsus chekish uchun mo’ljallangan joydagina ruxsat etiladi.
Ammiak ishlab chiqarish uchun umumiy texnika havfsizlik chora tadbirlari.
Kompressorlardan tashqari barcha asosiy qurilmalar, shuningdek barcha gaz trubalari bino tashqarisida joylashgan. Barcha bino va etajerkalar kerakli miqdordagi evakuvatsiya chiqishlari va zinapoyalari bilan taminlangan.
Ammiak ishlab chiqarishi yong’in havfsizligi darajasi bo’yicha “A” kategoriyaga tegishli, bino ikkinchi darajali yong’inga chidamli xisoblanadi. Elektor qurilmalari va avtomatlashtirish ashyolari portlashga chidamli materialdan tayorlangan.
Gaz analizatorlarning joylashishi belgilangan texnika havfsizligi qoidalariga mos bo’lishi kerak.
Bir necha bor havo bilan shamollatish.
Qo’shimcha ventilyatorlarni avtomatik tarzda yoqilishi. Ishchi ventilyatorlar to’xtaganda signalizatsiya ishlab ketishi.
Bino havosi tarkibidagi yonuvchi gazlarni aniqlaydigan avtomatik gazanalizatorlarning o’rnatilishi, eng past chegarasi 20% gacha bo’lgan portlashga havfli gazlarning MBP da paydo bo’lishini signalizatsiyalash.
Qurilmalarda qo’l mexnatini kamaytirish uchun ammiak ishlab chiqarish sexida avtomatik yoki masofaviy boshqaruv yo’lga qo’yilgan.
Qurilmani ishga tushirish, tamirlash, texnologik rejimning buzilishi paytida va qurilmada zararli hamda portlashga havfli moddalar to’planib qolishi natijasida fakel qurilmasi orqali chiqarib yuboriladi.
Qurilma trubalarning bosimi ruxsat etilgan miqdordan ortib ortib ketmasligi uchun saqlagich qurilmalari o’rnatilgan.
Gazlar qurilma va trubalarni yorib chiqmasligi uchun avtomatik sozlash va uzib qo’yish chegaralari mavjud.
Qurilma va trubalar issiq, gaz, bug’ va boshqa moddalar bilan to’ldirilgan. Termik kuyish sodir bo’lmasligi uchun truba va qurilmalar izolyatsiyalangan.
Suyuqliklarni muzlab qilishini ildini olish uchun issiq suv va bug’ orqali isitib turiladi.
Ishlab chiqarish payitida monoetanolamin va yog’larni trapdan tashlash man etiladi.
Katyol utilizatorlarning havfsiz ishlashini taminlash uchun sirkulyatsiyani turg’un ushlovchi qurilmalar o’rnatilgan.
Ishlab chiqarishning aloxida bosqichi bo’yicha texnika xavfsizlik chora tadbirlari: oltingugurtdan tozalash , metan konversiyasi va CO konvertorini boshqa bosqichlaridan asosiy farqi, unda portlashga, yong’inga havfli va zaxarli gazlar, bug’, yuqori va o’rta bosimda ish olib boriladi, metan konversiyasi va CO konversiyasi proyektida blokirovka mexanizmi mavjud. U texnologik rejimni buzilishida ishga tushadi, avariya hodisasi sodir bo’lganda oqim uzilib avtomatik tarzda atmosferaga chiqarib yuboriladi. Turg’un elektor to’ki va ikkinch chaqmoqdan ximoyanish: Elektor tokidan ximoyanish maqsadida barcha elector qurilmalari yerga orqali ximoyalangan. Qurilmalar yerga ulash “o’chog’i” yoki magistraliga ikkitadan kam bo’lmagan joyidan ulanadi. Barcha parallel va kesishgan trubalar birbiridan 10sm uzoqlikda joylashgan bo’ladi. Har 30 sm dan ko’p bo’lmagan joyidan maxkamlanadi. Trubalar metal zinalardan va binolardan shunch masofada n o’tgan bo’ladi. Shaxsiy himoya vositalari.: “Ammiak – 3” sexida ishchilar uchun asosan quyidagi moddalar xavfli bo’lishi mumkin;Metan, CO2,, H2, MDEA, CO. Har bir ishchi sexda norma bo’yicha maxsus kiyim, oyoq kiyim bilan taminlangan. “O’z kimyosanoat” ish joyiga mos maxsus shaxsiy himoya vositalarini joriy etgan. Ish vaqtida maxsus ximoya vositalarini ishlatish majburiydir. Texnologiyani katta masteri va master ishchilarni nosoz kiyim, nosoz oyoq kiyim va nosoz himoya vositalari bilan ishga qo’ymasligi lozim. Asosiy shaxsiy himoya vositalari bilan nafas yo’llari, ko’z, yuz terisi zararli moddalar tasiridan saqlaydi. Havodagi zararli moddalar tasiridan saqlanishda filtirlovchi himoya vositalaridan foydalaniladi. Filtirlovchi protivogazlar faqat havodagi kislorod miqdori 18% dan kam bo’lmaganda, zararli moddalar esa 5% dan ko’p bo’lmaganda ishlatiladi. Ammiak ishlab chiqarish sexida kegingi markadagi filtirlovchi protivogazlar ishlatiladi. Ammiakdan marka “M” yoki “KD”, CO