Realizatsiya qilishning sof qiymati – tovar-moddiy zaxiralarini maqsadiga ko’ra ishlatiladigan holatga keltirish va realizatsiya qilish bo’yicha baholangan xarajatlar chegirilgan holda joriy qiymati;
Joriy qiymat – ma’lum bir sanada amalda bo’lgan bozor narxlari bo’yicha tovar-moddiy zaxiralarining qiymati yoki bir-biridan mustaqil, xabardor va bunday bitimni amalga ohirishni xohlovchi taraflar o’rtasida bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatini bajarish uchun yetarli bo’lgan summa;
Bevosita xarajatlar –alohida turdagi tovar-moddiy zaxiralarini ishlab chiqarish (xizmatlar ko’rsatish va ishlar bajarish) jarayoni bilan bevosita bog’liq bo’lgan hamda ularning birligi tannarxiga to’g’ridan to’g’ri kiritiladigan ishlab chiqarish xarajatlari;
Bilvosita xarajatlar – bir nechta turdagi tovar-moddiy zaxiralarni ishlab chiqarish (xizmatlar ko’rsatish va ishlar bajarish) jarayoni bilan bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish xarajatlari bo’lib, ularni muayyan tovar-moddiy zaxiralar birliklari tannarxiga bevosita bevosita kiritib bo’lmaydi , buning oqibatida ular xarajatlar obyektlari va ularning birliklari tannarxi o’rtasidagi hisob-kitob yo’li bilan taqsimlanadi;
Bo’linish nuqtasi –birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulotlarni ishlab chiqarishda alohida turdagi mahsulotlar aniq identifikatsiya qilinadigan ishlab chiqarish jarayonining muayyan payti;
Tara – mahsulotlarni saqlash, o’rash va transportda tashish uchun ishlatiladigan buyumni ifoda etuvchi moddiy obyekt.
Xozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida Koncheptual asos va 22ta BXMS amalda hisoblanadi.
Bular:
Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun koncheptual asos – ushbu koncheptual asos O’zbekiston Respublikasining “buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonun asosida ishlab chiqilgan va foydalanuvchilar uchun milyaviy xisobotni tayyorlash va taqdim etish asosini tashkil etuvchi tushunchalarni belgilab beradi.
1-sonli BHMS “Moliyaviy hisobot va hisob siyosati” – mazkur buxgalteriya hisobining milliy standarti “Buxgakteriya hisobi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonuniga asosan ishlab chiqilgan va O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini normative tartibga solish elementi bo’lib hisoblanadi. Mazkur standart boshqa BHMSlar bilan birgalikda qo’llaniladi.
2-sonli BHMS “Asosiy xo’jalik faoliyatidan tushgan daromadlar” – mazkur Buhgalteriya hisobining milliy standarti “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonuniga asosan ishlab chiqilgan va O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini normative tartibga solish elementi bo’lib xisoblanadi.
3-sonli BHMS “moliyaviy natijalar to’g’risida xisobot” – mazkur Buxgalteriya hisobining milliy standarti “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonuniga asosan ishlab chiqilgan va Ozbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini normativ tartibga solish elementi bo’lib hisoblanadi.
4-sonli BHMS “Tovar-moddiy zaxiralar”
5-sonli BHMS “Asosiy vositalar” – mazkur Buxgalteriya hisobining milliy standarti “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan ishlab chiqilgan hamda O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini normative tartibga solish tizimining elementi hisoblanadi.
6-sonli BHMS “Ijara hisobi” – mazkur buxgalteriya hisobining milliy standarti O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi, “Lizing to’g’risida”gi qonunlariga, O’zbekiston Respublikasining soliq kodeksiga asosan ishlab chiqilgan va O;zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini me’yoriy tartibga solish tizimining elementi hisoblanadi.
7-sonli BHMS “Nomoddiy aktivlar” – O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini normativ tartibga solish tizimining elementi hisoblanadi.
8-sonli BHMS “Konsolidachiyalangan moliyaviy hisobotlar va shuba xo’jalik jamiyatlariga investitsiyalar” – O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini me’yoriy jihatdan tartibga solish tizimining bir qismi hisoblanadi.
9-sonli BHMS “Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot” – O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini me’yoriy boshqarish tizimining bir qismi hisoblanadi.
10-sonli BHMS “Davlat subsidiyalari hisobi va davlat yordami bo’yicha ochib berishlar” – O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini me’yoriy tartibga solish tizimining bir qismidir.
11-sonli BHMS “Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishlarga xarajatlar” – O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini me’yoriy tartibga solish tizimining bir qismi hisoblanadi.
12-sonli BHMS “Moliyaviy investitsiyalar hisobi” – O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini normativ tartibga solish elementi bo’lib hisoblanadi.
14-sonli BHMS “Hususiy kapital to’g’risidagi hisobot” - O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini normativ tartibga solish elementi bo’lib hisoblanadi.
15-sonli BHMS “Buxgalteriya balansi” – O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini me’yoriy tartibga solish elementi hisoblanadi.
16-sonli BHMS “Buxgalteriya balansi tuzilgan sanadan keying xo’jalik faoliyatining nazada tutilmagan holatlari va yuz beradigan hodisalari” – O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini me’yoriy tartibga solish tizimining bir qismidir.
17-sonli BHMS “Kapital qurilishga oid pudrat shartnomalari” - O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini me’yoriy tartibga solish tizimining bir qismidir.
19-sonli BHMS “Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish”
20-sonli BHMS “Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritishning soddalashtirilgan tartibi”- mazkur buxgalteriya hisobining milliy standarti “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonuniga (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Axborotnomasi, 1996 y., 9-son, 142-modda) muvofiq, kichik tadbirkorlik subektlari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritishning soddalashtirilgan tartibini belgilaydi.
21-sonli BHMS “Xo’jalik yurutuvchi subektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schotlari rejasi va uni qo’llash bo’yicha Yo’riqnoma”
22-sonli BHMS “Chet el valyutasida ifodalash aktivlar va majburiyatlarning hisobi” - O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini normativ tartibga solish elementi bo’lib hisoblanadi
23-sonli BHMS “Qayta tashkil etishni amalga oshirishda moliyaviy hisobotni shakllantirish” - mazkur buxgalteriya hisobining milliy standarti “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonuniga (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Axborotnomasi, 1996 y., 9-son, 142-modda) asosan ishlab chiqilgan va O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini meyoriy tartibga solish elementi bo’lib hisoblanadi.
24-sonli BHMS “Qarzlar bo’yicha xarajatlar hisobi” - O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini me’yoriy tartibga solish tizimining bir qismidir.