Tadqiqot natijalari :
Nima uchun Toshkent yoki boshqa shaharlarda o’qishdan onlayn o’qish afzal?
SMM – menejerlikni, ijtimoiy tarmoq marketinggini o’rganish uchun ko’proq onlaynda bo’lishingiz kerak. Chunki, siz ko’proq bloglar o’qishingiz, video ko’rishingiz, mutaxasistlar gruxlarida qatnashishingiz kerak bo’ladi. Sinfda, o’quvchi partasida o’tirib o’qish, bu ishlar uchun emas.
Eng yaxshi mutaxasistlar Toshkentda, Moskvada, Londonda va shunga o’xshash katta shaharlarda, lekin, ular ham internetda onlayn o’qitish orqali ko’proq o’qituvchilarni jalb qilish maqsadida chet joylarga intilishadi. Shuning uchun ham uzoq — uzoq joylardan kelib, ortiqcha xarajatlar qilib, poytaxtda yoki boshqa shaharlarda o’qishga hojat yo’q deb hisoblayman.
Onlayn maktablar ro’yxati
Agar onlaynda, uydan chiqmasdan o'rganishni istasangiz quyidagi onlayn maktablarga e'tiboringizni qarating! Bu maktablarda o’qish ancha arzonga tushadi, chunki, siz uchun o’qish pulidan tashqari hech qanday ortiqcha xarajat qilmaysiz. Masalan, yo’l puli, yotoqxona puli va hokazo.
O’qish narxlari har xil, siz har oy uchun alohida oyiga to’lab o’qishingiz ham mumkin, bundan tashqari boshlang’ich kurslarni bepul o’rganasiz. Agar, kurs sizga yoqsa, keyin pulini to’lab o’qishni davom ettirishingiz mumkin. Umumiy narxlar 29 000 rubldan (taxminan maqola yozilayotgan payt 3770 000 so’m) 50 000 rublgacha (taxminan 6 370 000 so’m).
Convert Monsterdan SMM-menejer kasbi
O ’qituvchi va kuratorlar promo-loyihalar tuzishni, raqobatchilarni tahlil qilish, bellashuvlar o’tkazish va Odnaklassniki, Vkontakte, Facebook, Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlarda 20 ta o’quv mashg’uloti doirasida o’rgatishni vada qilishyapdi. Oqish vaqti 90 kunga mo’ljallangan. O’qishni tugatganlarga ishga joylashishga ko’maklashishadi.[3].
Videokurs yozuvlari bu yerda.
Нетология dan SMM-menejer kasbi
Instagram – marketolog, SMM – menejerlik kasbi
Geekbrains va Mail.rudan SMM – menejerlik kasbi.
[mask_link]1day1step.rudan BEPUL onlayn marafon[/mask_link]
SMM menejer bo’lib ishlash uchun ishni qayerlardan topish mumkin.
Ushbu kasbni mukammal o’rganganingizdan keyin, sizda qayerdan ish topsam ekan, degan savol tug’iladi. Ko’pincha marketologiyaga bog’liq bo’sh ish o’rinlarini quyidagi saytlaridan topishingiz mumkin:
Rabota.uz
OLX.uz
Ishko’p.uz
Chet tilini bilsangiz, masofadan turib boshqa davlatda ham ishlasangiz bo’ladi. Masalan, Rossiya uchun quyidagi saytilarda aniq ish topasiz:
hh.ru
Work-Zilla.com
KWORK
Maoshni odatda valyuta kartasi yoki electron hamyonlarga o’tkarishadi.
Yuqorida yozib o’tilgan agentliklarning internet sahifalarida ham bo’sh ish joylari haqida ma’lumotlar paydo bo’lib turadi, ularni muntazam kuzatib boring. Ko’pgina xollarda SMM mutaxassis amaliyot o’tagan agentligida ishga joylashadi, agar o’zini yaxshi tomondan ko’rsatsa, albatta.[4]
Xulosa
O'ylaymanki, SMM mutaxassisi har bir kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilish bilan shug'ullanadigan muhim bir birligi ekanligini tushunib yetdingiz. Xozirgi kunda, bozorda aqlli mutaxassislar juda ko'p emas, talab taklifdan ancha yuqori va ish haqi mehnat xarajatlarini to'liq oqlaydi. Bu yo'nalishning asosiy afzalliklari menimcha, bu katta raqobatning yo'qligi va ushbu xizmatga bo'lgan talabning ortishihamdir. Axir, kimdir pul uchun biznesni rivojlantirishga yordam beradi, bu ham bir biznesku!
Bundan tashqari o’z oilangizdan yiroqlashmay ishlash imkoniyati ham, oxirgi o’rinda turmaydi. Har xil insonlar bilan muloqot qilib o’zingizni kommunikativ jihatlaringizni ham rivojlantirasiz. Bitta tovarni reklama qilish uchun juda ko’p ma’lumot yig’ishingiz va izlanishingiz kerak bo’ladi, bu esa tajribangizni yanada oshiradi.
Umid qilamanki, ushbu maqola sizga o’z yo’lingizni topishga va maxoratingizni ko’rsatishga yordam beradi. Maqola haqidagi fikr va mulohazalaringiz bilan quyida izohlarda bo’lishing. Qiziqtirayotgan savollar bo’lsa, to’liq javob berishga harakat qilaman. Yanada qiziqarli va foydali maqolalarni o’qish uchun bizning sahifamizga obuna bo’ling. Sog’ bo’ling!
Foydanlanilgan adabiyotlar :
https://uzinterbiz.com/internet-kasblar/smm-menejerlik-kasbi-u-kim-va-qancha-pul-topadi/.html
https://oqila.uz /smm-nima?
https://www.texnoman.uz
https://azamat.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |