Ta`lim jarayonini loyihalashda tamoyillar asosiy yondoshuv, faoliyat tuzilmalarini aniqlovchi me`yor hamda muvofiqlashtiruvchi talablar vazifasini bajaradi. Loyihalash tamoyillari nafaqat me`yoriy, balki tavsifiy vazifani ham bajarib, faoliyat mohiyatini ochib beruvchi umumlashma talablar sifatida tavsiflanadi. Ta`lim jarayonini loyihalashda nafaqat har bir tarkibiy qism, balki ular orasidagi aloqalar ham modellashtiriladi. Ta`lim jarayonini loyihalash qonuniyatlari loyihalash tamoyillarining nazariy asoslarini ishlab chiqishga va pedagogik faoliyat amaliyotida qo`llashga zamin tayyorlab beradi. - Ta`lim jarayonini loyihalashda tamoyillar asosiy yondoshuv, faoliyat tuzilmalarini aniqlovchi me`yor hamda muvofiqlashtiruvchi talablar vazifasini bajaradi. Loyihalash tamoyillari nafaqat me`yoriy, balki tavsifiy vazifani ham bajarib, faoliyat mohiyatini ochib beruvchi umumlashma talablar sifatida tavsiflanadi. Ta`lim jarayonini loyihalashda nafaqat har bir tarkibiy qism, balki ular orasidagi aloqalar ham modellashtiriladi. Ta`lim jarayonini loyihalash qonuniyatlari loyihalash tamoyillarining nazariy asoslarini ishlab chiqishga va pedagogik faoliyat amaliyotida qo`llashga zamin tayyorlab beradi.
Talabchanlikni oshirish ular oldiga yangidan-yangi vazifalarni qo`yish bilan amalga oshiriladi. Bu, ayniqsa, yaxshi o`zlashtiruvchi o`quvchilar uchun taalluqlidir. Ammo bu darajadagi shug`ullanuvchilar uchun ham katta sondagi mashqlarni qayta bajarish majburiydir. Aks holda o`rganiladigan materialni mustahkamlash mumkin emas. Amaliyotda talabchanlikni oshirishning ikkita usulidan foydalaniladi: to`g`ri chiziqli va pog`onasimon. - Talabchanlikni oshirish ular oldiga yangidan-yangi vazifalarni qo`yish bilan amalga oshiriladi. Bu, ayniqsa, yaxshi o`zlashtiruvchi o`quvchilar uchun taalluqlidir. Ammo bu darajadagi shug`ullanuvchilar uchun ham katta sondagi mashqlarni qayta bajarish majburiydir. Aks holda o`rganiladigan materialni mustahkamlash mumkin emas. Amaliyotda talabchanlikni oshirishning ikkita usulidan foydalaniladi: to`g`ri chiziqli va pog`onasimon.
- Birinchisi, har bir mashg`ulotda yangi vazifalarning qo`yilishini ko`zda tutadi. Bundan tashqari o`rgatishning boshlang`ich davrida yoki keksalik va boshqa sabablardan so`ng foydalaniladi. Bir qancha muddat davomida talabni amalga oshiruvchi pog`onasimon usuldan foydalaniladi. Uning mohiyati shug`ullanuvchilarga bir necha mashg`ulotlar davomida aniq talablar qo`yilishidan iborat. Yangi vazifalar, shug`ullanuvchilarga avvalgi qo`yiladigan vazifalar bo`yicha ko`nikma hosil bo`lgandagina qo`yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |