Sizni kuylayman



Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/103
Sana04.09.2021
Hajmi1,46 Mb.
#164582
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   103
Bog'liq
iqbol mirzo sizni kuylayman

KO'KLAM
Salim Ashurga
Ko'klam,  men  ko'nglimni  ochmasdan  hali 
Qat-qat hasratimni  ilg'agan  ko'klam,
Meni  deb chorboqqa  tortib  baxmalni, 
Qo'ziqorin  bilan  mixlagan  ko'klam,
Mening  sharafimga  yashin  yashnatib, 
Mushakdek  portlatgan  momaqaymoqni, 
Xatti  shikastada  maktublar bitib, 
Shoxlarga  bog'lagan  har bir yaproqni, 
Ko'klam,  sendek toza  oshno  ko'rmadim! 
To'qqiz oy yashadim  yuragim  yutib, 
Tiriklik  hurmati,  o'lim  hurmati 
To'qqiz oy o'tkazdim  mavluding  kutib.
Ko'klam,  sabolaring  ila  sarmastman,
Meni  gumonlardan  aylagin  xalos.
Men  sendan  dunyolar talab  qilmasman, 
Men  sendan  muhabbat tilayman,  xolos!


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Yomg'irlar yog'ildi,  izlar yuvildi,
Ammo  ravshan tortdi dilimdagi  iz.
U  qizning  qalbidan  mangu  quvildim,
U  mening  ko'nglimdan  ketmadi  hargiz. 
Ko'klam,  chegara  yo'q  saxovatingga, 
Sening  davlatingdir tole va  iqbol. 
Ismimni  g'unchadek bog'la  yodiga, 
Butkul  qurimagan  bo'lsa  bu  nihol.
Senki,  chaqmoq  tutgan  buyuk jahongir, 
O'lim  vodiysidan  yuragimgacha 
Ruhimdan  tortib to  Sahroi  Kabir 
Inqilob  ulashding  va  sochding  chechak.
Sen  sabab  istaklar uyg'ondi takror, 
Ko'zlarda  aks etdi  yulduz yolqini.
Iliq  kechalarda  yangrar beozor 
Olis dengizlarning  sokin  shovqini.
Sen  bilan  ketolsam  edi  zora  men,
Mayli,  nasim  bo'lib o'tsaydim  sarson, 
Mana,  bedazorni  kechib  boraman, 
Chigirtkalar suvday sachraydi  har yon.
Kelmoq-ketmoqlikning  bordir muddati, 
Vaqti  bilan  bino  bo'lgandir ko'k ham. 
Yuragim  hurmati,  sevgim  hurmati,
Meni  o'z vaqtida  yo'qlagin,  ko'klam. 
Yo'lingga  qarayman  hadikka  to'lib, 
To'qqiz oy qiynaydi  shirin  visoling, 
Yashayman dilbandi  o'lik tug'ilib,
Yangi farzand  kutgan  ota  misoli.
1995

Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish