Sizni kuylayman



Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/103
Sana04.09.2021
Hajmi1,46 Mb.
#164582
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   103
Bog'liq
iqbol mirzo sizni kuylayman

BILSANG  EDI...
Kel,  deganda,  noz qilmasdan  kelsang  edi, 
Gul  berganda,  qayrilmasdan  olsang  edi. 
O'zing  qandoq  yaxshiliging  bilasan-u,
Seni  qanday sevishimni  bilsang  edi!


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Bu  dunyoga  ozib-yozib  bir bor kelib,
Nahot o'tsam  hijronlarda  bag'rim  tilib? 
Sen  yurasan  dardim  bilmay,  qadring  bilib, 
Seni  qanday sevishimni  bilsang  edi!
Muzni  qanday  kuydirishni  bilasan-a, 
Suymaganni  suydirishni  bilasan-a, 
Laylolardan  qolgan  ishqni  bilasan-a,
Seni  qanday sevishimni  bilsang  edi!
Chora  istab  bechoraman  men  chorasiz, 
Fe'ling  sabab  ikkimiz  ham  ovoramiz.
Ichi  qora  qiz ekansan,  e qora  qiz!
Seni  qanday sevishimni  bilsang  edi!
Etti  iqlim,  suv-havoni  bilasan-u,
Beshta  qit'a,  yer-samoni  bilasan-u,
Menga  qara,  har baloni  bilasan-u,
Seni  qanday sevishimni  bilsang  edi!
2004
DILIM  XUFTON
Dilim  xufton,  kunduzimni tunday qilib, 
Uchrashuvga  kelmadi  u,  shunday qilib. 
Xo'rliklarim  kelib  ketar turib-turib,
Endi  uni  unutayin  qanday qilib?
Ismimni  hech  aytolmasdi,  uyalardi,
U jilmaysa,  kun  chiqqanday tuyulardi. 
Ismin  aytsam,  olamga  nur quyilardi,
Endi  uni  unutayin  qanday qilib?
Ko'zim  yumib  ochsam  agar,  sog'inardim, 
Chekib dardlar,  yozib xatlar sog'inardim, 
Barmoqlarin  o'pib,  battar sog'inardim, 
Endi  uni  unutayin  qanday qilib?
Dilim  xufton,  kunduzimni tunday qilib, 
Va'dasida  turmadi  u,  shunday qilib.
Balki  bir kun  so'zlarini  unutarman, 
Ko'zlarini  unutayin  qanday qilib?
Xudo,  deyman,  g'amga to'lsin  yuraklari, 
Meni  o'ylab,  ado  bo'lsin  yuraklari. 
Birovlarni  sevmay o'lsin  yuraklari...


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Endi  uni  unutayin  qanday qilib?
2004
MUHAMMAD YUSUF
Yomonga  o'lim  yo'q,  yaxshiga  kun  yo'q, 
Tomiringga  qo'shib olishar uzib.
Bobur yo'q,  Cho'lpon  yo'q,  Majnun  yo'q, 
Muhammad  Yusuf yo'q,  Muhammad Yusuf.
Bir qiz yig'lab  borar,  soddagina  qiz,
Yig'lar kitob  bilan  yuzini  to'sib.
Balki  sevgilingiz,  balki  singlingiz, 
Muhammad Yusuf yo'q,  Muhammad  Yusuf.
Uydan  mozorgacha  yuz odimcha  yo'l, 
Aylanib  kelamiz yurtlarni  kezib.
Kimga  ko'ngil  berib,  kimga  esa  qo'l... 
Muhammad  Yusuf yo'q,  Muhammad Yusuf.
Tirikka  mehr yo'q,  marhumga  qahr,
Nima  topding,  aka,  tuproqqa tushib?
Uzala  tushgancha  bo'zlaydi qabr, 
Muhammad  Yusuf yo'q,  Muhammad Yusuf.
Qizg'aldoq  bosh  egib turar bag'ri  qon, 
Shoir yuragidan  chiqqanmi o'sib?
«Nega  yig'lamaysan,  ahli Turkiston?»1 
Muhammad Yusuf yo'q,  Muhammad  Yusuf.
2001

Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish