Savollar:
1. Xotiningizni (Eringizning) yonida tez-tez uzoq vaqt telefonda gaplashasizmi?
2. Turmushga chiqmagan (uylanmagan ) dugona( o’rtog’ingiz)ngiznikiga mehmonga borishni yoqtirasizmi?
3. Xotiningiz (Eringiz) uning do`st (dugona)lariga boshqacha, muloyimroq muomala qilishingiz haqida e’tiroz bildiradimi?
4. Ba’zan hammaning oldida xotiningizga (eringizga) tanbeh berasizmi?
5. Narsa xarid qilish uchun do`kon-bozorga borsangiz, xotiningizni (eringizni) ham birga borishga majbur qilasizmi?
6. Xotiningizning (Eringizning) maslahatlaridan ko`ra do’st(dugona)laringizning maslahatlariga ko`proq quloq tutasizmi?
7. Xotiningizni (Eringizni) ko`p kuttirasizmi?
8. Dam olish kunlar turmush o’rtog’ingiz oldida ish bilan band bo’lasizmi?
9. Yotoqqa o`zingizga qaramay (soqol olmay )yotasizmi?
Qancha ball to`pladingiz?
0-6: Siz xotin (er)ingizning hoxish-istaklarini yaxshi biluvchi, uni noo`rin bezovta qilmaydigan, ko`ngliga yo`l topa bilgan eng yaxshi juftsiz. Sizning aqlu farosatingiz albatta yuksak baxolanishi kerak.
8-12: Turmush o`rtog`ingizga e’tiborliroq bo’ling. Uning asabiga tegmang. Ijobiy javob bergan bo`limlaringizdagi xatti-harakatlaringizni zudlik bilan qayta ko`rib chiqing.
14-16: Ishingiz chatoq – juftingiz sizdan sovub ketishii ehtimoldan holi emas. Siz "ha” deb javob bergan har bir bo’lim juftingizga juda yomon ta’sir qiladi. O`ylab ko`ring, sizga nima muhimroq, turmush o’rtog’ingiz bilan tinch-totuv hayotmi yoki odatlaringiz?
Xo'sh, sizda natijalar qanday?
Mana bayram mavsumi! Yaqinlaringizga sovg’a harid qilishga shoshilayotgan bo’lsangiz kerak? Bilasizmi, aynan siz olgan tuhfa didingizni va fe’l atvoringizni hisoblashda yordam berarkan. Keeling, buni bir sinab ko’raylikchi.
Savollar:
1. Sovg’aning kimga berilishi kerakligini bilganingizdan keyin, uni tanlash qiyin bo’lmaydi. Siz olgan sovg’angizga yana biror narsa qo’shib qo’yasizmi?
a) Albatta, u shunday bo’ladiku, buni faqat men va sevgilim ikkimiz tushunamiz. (0)
b) Bu unchalik muhikm emas, sovg’a yoqsa bo’lgani.(10)
c) Agar men sevgilimga "syurpriz”qilmoqchi bo’lsam, o’z-o’zidan shunday yo’l tutgan bo’lardim. (5)
2. Siz sovg’a tanlashdan oldin uzoq o’ylanib, ikkilanib, keyin bir qarorga kelasizmi?
a) Ha, bu men uchun uzoq davom etadigan jarayon.(5)
b) Agar pulim kamroq bo’lsa, biroz o’ylab, fantaziyalar yaratishga to’gri keladi.(0)
c) Bu mavzuda bosh og’ritishning nima keragi bor? Bu uzog’I bilan 5 daqiqani olishi mumkin.(10)
3. Siz kimningdir tug’ilgan kuniga nima sovg’a qilishni oldindan kelishib olasizmi?
a) Bu eng ma’qul yo’l. agar shunday qilsam, ayni nuqtasini topgan bo’laman.(5)
b) Ba’zan bayramlardan oldin bunga kellishib olsa bo’ladi. Lekin men kutilmagan sovg’a qilish kerak deb bilaman.(0)
c) Buning nima keragi bor? Agar nima sovg’a qilishimni bilsa, qizig’I qolmaydiku?! U mening tuhfamni qiziqish bilan ochib ko’rishini hohlayman.(10)
4. Nima deb o’ylaysiz, sovg’a birinchi o’rinda foydali bo’lishi kerakmi yoki foydali?
a) Savol o’rinsiz, sovg’a foydali bo’lishi kerak.(10)
b) Buning uncha ahamiyati yo’q, yoqsa bo’ldi.(5)
c) Eng yaxshi sovg’a – kichik bo’lsa ham odamni hayajonlantiradigan va jalb qiladigan sovg’a bo’lishi kerak.(0)
5. Ba’zi odamlar sovg’a qilayotganida uning qaytarilishiga ham ahamiyat beradi. Siz ham shunday yo’l tutasizmi?
a) Ha , shaxsan men yaxshiroq qilib qaytarilishiga e’tibor beraman. (0)
b) Munosabatlarimiz yaxshi bo’lmagan odamlargagina, nima qaytarsam ekan deb boshim qotadi. (5)
c) Yo’q, men bu mavzuda o’ylanib o’tirishni istamayman. (10)
6. Sevgilingizga sovg’a qilayotganingizda keyinchalik sizni eslab yurishini ham inobatga olasizmi?
a) Ha, faqat shuni o’ylayman.(5)
b) Men xech qachon bu haqida o’ylab ko’rmagan ekanman.(10)
c) Yo’q, bu unchalik muhim emas.(0)
7. Buyum qanchalik qimmat bo’lsa, shunchalik qadrli bo’ladi. Siz ham shunday deb o’ylaysizmi?
a) Bu aniqku!(0)
b) Har doim ham emas.(5)
c) Agar to’gri tanlansa, har qanday arzon sovg’a ham ajoyib sovg’a hisoblanadi.(10)
Natijalar:
20 – 44 ballgacha: tanlagan sovg’angizga qarab sizni doim jiddiy bo’lib yurishingizni aniqlasa bo’ladi. O’zingiz tushunib turganingizdek, bu juda ham yaxshi. Sizni sevishadi, qarindoshlaringiz ham sizni chetda qoldirishmaydi. O’quv dargoh va ishxonadagi doo’stlaringiz ham sizni hurmat qilishadi va qadrlashadi. Sizning asosiy kamchiligingiz fantaziya va ishqibozchilikdan yiroq ekanligingiz. Balki bu yil manashunday imkoniyatlar uchun ham eshik ocharsiz.
45 -55 ballgacha: tanlagan sovg’angiz beradigan odamingizga yoqishini o’ylab, bunga juda muhim qaraysiz. Siz doim boshqalardan yaxshi sovg’a olishni istaysiz, va buning uchun qancha pul ketsa ham o’z bilganingizdan qolmaysiz. Yana kimdir sizning sirlaringizdan voqif bo’lishidan cho’chib yurasiz. Bu borada siz o’zingizni tinchlantirishingiz mumkin. Ishoning, siz juda ham ajoyib va qiziqarli insonsiz. Hayotga boqing, u juda ham ajoyib, uning quvonchlaridan bahramand bo’ling. Shunda hammasi a’lo bo’ladi.
56 – 70 ballgacha: siz uchun hayotdagi eng yoqimli narsa – sevgan kishingiz, yoru do’stlaringiz va eng qadrli insonlaringizning armonli istaklarini bilish. Atrofdagilar qanchalik baxtli bo’lsa, siz o’zingizni shunchalik tetik va bardam his qilasiz. Hammaning dardini eshitishga, ko’nglini ollishga va og’ir damlarida yordam qo’lini cho’zishga tayyor insonlardan hisoblanasiz. Sovg’a berish – siz uchun xobbiga aylangan. Bilasizmi, siz kabi odamlar hayotda juda kamdan kam uchraydi.
Inson organizmining bynday faoliyati uning turli hulq-atvor shakllarida namoyon bo’ladi . Bunday hulq-atvor reaktsiyalari chap va o’ng turlardan tashkil topadi. Demak, siz bir nechta mashq bajarib o’zingizda qaysi turdagi reaktsiya ustunligini aniqlashingiz mumkin. Qo’g’oz va qalam tayyorlab, xar bir mashqdan keyingi natijani « O’ng » bo’lsa - « O’ », « Chap » bo’lsa - « Ch » deb belgilab boring.
Do'stlaringiz bilan baham: |