Soat Nechada Tug‘ilgansiz?
24.00 dan 2.00 gacha tug’ilganlar sabrli, intiluvchan va har narsaga qiziquvchan bo’lishadi.
2.00 dan 4.00 gacha tug’ilganlar tabiatan pishiq, o’z foydasini ko’zlaydigan, ikki tomonlama ish ko’radiganlar.
4.00 dan 6.00 gacha tug’ilgan insonlarda vatanparvarlik ruhi juda baland, dangalchi, rostgo’y hamda xaqiqatgo’y odamlardir.
6.00 dan 8.00 gacha tug’ilganlar keng tasavvurga ega, orzumand hamda biroz hayol parastoq bo’ladi.
8.00 dan 10.00 gacha tug’ilganlar faktlar bilan ish qilishni yoqtiradigan, aniq maqsadli, jozibali insonlardir.
10.00 dan 12.00 gacha tug’ilganlar kareyeristlar va shuhratparast, izzattalab, mulozamatni yaxshi ko’radigan odamlar.
12.00 dan14.00 gacha tug’ilganlar tavakkal qilishni sevishadi, sarguzashtlarni yoqtirishadi.
14.00 dan 16.00 gacha tug’ilganlar mehnatni sevishadi, qiyin vaziyatlardan osongina chiqib ketishadi.
16.00 dan 18.00 gacha tug’ilganlar tinchliksevar va yaxshi odamlarni qadriga yetadigan insonlar.
18.00 dan 20.00 gacha tug’ilganlar kuchli ruhiyatga ega insonlar.
20.00 dan 22.00 gacha tug’ilganlar biroz shoshqaloq, tinib tinchimas odamlardir.
22.00 dan 24.00 gacha tug’ilganlar ichki dunyosi tarafdan biroz faylasufroq, lekin tashqi olamida esa o’ziga bo’lgan ishonchi biroz kam.
Bugun biz sizlarga anitiqa ma’lumotni taqdim etamiz. Quyida berilgan mevalardan o’zingizga yoqadiganini tanlang va tarifini oq’ing. Bu ma’lumotlar sizning xarakteringizni izohlaydi .
Yoqtirgan mevangiz qaysi?
Apelsin mevasini yaxshi ko’radiganlar kuchli sabr egalari va ular erkinlikni yoqtiradigan odamlardir. Shoshilmasdsn puxta ish qilish ularga xos narsa. Qiyinchilikdan also qo’rqishmaydi. Do’stlariga nisbatan, kirishuvchan, ishonchli va halol insonlardir.
Banan mevasini xush ko’radiganlar tabiatan rahmdil va qalbi issiq odamlardir. Bu turdagi odamlarga o’ziga bo’lgan ishonch biroz yetishmay turadi. Adolatsizlikka chiday olishmaydi. Bunday odamlar insonlarning nafqat tashqi ko’rinishiga qarab xurmat qiladi, balki ularning ichki dunyosini ham qadrlashadi.
Ananas mevasini yoqtiradiganlar tez qaror qabul qilib, tezda amalga oshirishga kirishadi. O’zgarishlarga tezda ko’nikadi, ayniqsa bu o’zgarishlar ularning qiziqqan sohalari bo’yicha bo’lsa, juda tez ko’nikishadi. Tashkiliy ishlarda ham faol. To’gri so’z va ochiq ko’ngil.
Nok mevasining shinavandalari agar o’zlari chin dildan hohlashsa, har qanday muammoni xech bir qiyinchiliklarsiz hal qilishlari mumkin. Ba’zida boshlagan ishlarini oxiriga yetkaza olishmaydi. Hokimlikni xush ko’rishadi. Biroz notinch va hissiyotga beriluvchan insonlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |