12. Video yaratish (video kontent – bu kelajakdir. Juda ko‘p
odamlar yuqori sifatli videoga investitsiya qilmoqdalar. Faqat
yagona narsa: ushbu xizmat orqali daromad olishni boshlash
uchun siz montaj qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishingiz kerak.
(Narxi: videoning minuti uchun 300 ming so’mdan)
13. Niqoblarni yaratish (storislar uchun niqoblar hozir
trendda). Ko‘p mashhur blogerlar o‘z
niqoblarini
yaratmoqdalar va ko‘p odamlar va kompaniyalar ham, ularga
qarab, tovar habardorligini oshirish uchun o‘z niqobini
yaratishni istaydilar.
Niqob yasash - ijodiy jarayon, raqobat esa
past darajada. Kamchiliklar shundaki, siz doimo mijozlarni
izlashingiz va ularni yaratishni o‘rganishingiz kerak. Ular
“Spark AR Studio” dasturi orqali yaratiladi.
(Narxi: niqob uchun 200 ming so‘mdan)
Sizni nima to'xtatishi mumkin?
So‘rovlar asosida, biz bu sohada daromad olishni
boshlashga halaqit beradigan quyidagi asosiy sabablarni
bilib oldik:
1. Menda istak bor, lekin nimadan boshlashni va birinchi qadamni
qanday
qilishni bilmayman
2. Qo‘rquv: qiziqarli kontent yaratishni bilmayman
3. Kech qoldim - juda ko‘p smmchilar, blogerlar bor va boshlash
uchun asos yo‘q
Bular vebinar paytida siz bilan birga qutuladigan “suvaraklar”dir.
Bundan keyin siz asosiy dasturga toza bosh va o‘zingizga bo‘lgan
mustahkam ishonch bilan kelasiz.
YAKUNIY FIKR
Biz aytayotgan narsa hech qaysi universitetda o‘qitilmaydi.
Buni kitob yoki internetdagi maqolalar orqali o‘rganib bo‘lmaydi.
SMM olami shu qadar tez o‘zgarmoqdaki,
hozirda tayyor
bo‘lganlargina har soniya ro'y berayotgan o‘zgarishlar ketidan
ulgurmoqdalar.
Shuning uchun ham ushbu sohani egallashning yagona yo‘li –
bizning bilim va tajribamizni qabul qilish, so‘ng esa ularni darhol
amalda qo‘llashdir.
Bilim olish, o‘rganish + ikkilanishsiz tez amalda qo'llash =
NATIJA
1. Eng yoqqan va hozir siz uchun mos bo‘lgan
pul topish uchun
ro‘yxatdan 1-2ta yo‘lni tanlang, shunda vebinar paytida pul
topish uchun rejangizni ko'raolasiz.
2. Barcha kechiktirilgan ishlarni va kichik vazifalarni yozing -
ularni keyingi bir necha kun ichida tugating,
shunda siz
o‘rganishga to‘liq eʼtiborni qaratasiz.
3. Agar kitob siz uchun ilhomlantiruvchi va foydali bo‘lgan
bo‘lsa, unda o‘z sharhingizni storisda baham ko‘ring va meni
otmetka qiling:
@ulugbekpulatov.uz
Instagram-da meni otmetka qilgan har bir kishiga o'zim
shaxsan javob berishga va tashakkurlik bildirishga harakat
qilaman.
VAZIFA: