Siz biologiyani bilasizmi “Zakovat” o`yini


-aprel “Butun jahon salomatlik kuni”ga bag`ishlangan



Download 78 Kb.
bet2/2
Sana31.12.2021
Hajmi78 Kb.
#213604
1   2
Bog'liq
Bio tadbirlar

7-aprel “Butun jahon salomatlik kuni”ga bag`ishlangan
“Sog` tanda-sog`lom aql” kechasi.

Kecha o`tkaziladigan joy bayramona bezatiladi.


1-boshlovchi: Assalom, deganda oshiladi gul.

Assalom, deganda sayraydi bulbul.

Assalom, deganda alik olgaysiz,

Ushbu tabrigimizni qabul qilgaysiz.

Assalom-alaykum, aziz va mo`tabar ustozlar, jajji ukajonlar, bilimlarga chanqoq o`quvchilar, hurmatli mehmonlar 7-aprel “Butun jahon salomatlik kuni”ga bag`ishlab o`tkazilayotgan “Sog` tanda – sog`lom aql” deb nomlangan kechaga xush kelibsiz. Kechani ochib berish uchun so`z maktabimiz direktoriga. Hurmatli o`quvchilar aziz va mo`tabar ustozlar hamda mehmonlar. Manashu kechani ochiq deb e’lon qilaman va sizlarga po`latdek mustahkam sog`lik, oilaviy xotirjamlik tilayman.

2-boshlovchi: Assalom, ey gulchiroylar,

Guljahonlar, assalom.

Dilrabo, dilkash, dilbar

Aziz mehmonlar, assalom.

“O`ktam avlod” (qo`shiq) Anvar Obidjon she’ri

Aziz mehmonlar, qadrli ustozlar va hurmatli o`quvchilar, jahonda hech bir davlat yangi asrga sog`lom va barkamol avlod bilan qadam qo`yishga davlat miqyosidagi olamshumul vazifa sifatida O`zbekistonimiz va uning dono rahbari I.Karimovdek katta ahamiyat bilan qarayotgani yo`q. Biz bu bilan faxrlansak arziydi.

1-o`quvchi:

Xuddi shunday! Jannatmakon O`zbekiston qalbi va yo`li navqiron o`z avlodini kaftida ko`tarib, e`zozlab turgan. Shu aziz vatanda biz yoshlarning yuragida bitta intitlishdir, u ham bo`lsa farzandlik sharafini ota-ona va Vatan oldida tutmoq, mehr-oqibatning qadriga yetmoq hamda fidoiy inson bo`lmoqdir.

2-o`quvchi:

O`zbekistonning gullab-yashnashiga hissa qo`shgan sog`lom inson bo`lib yetishish, “O`zbek” degan nomni tarannum etib O`zbekiston bayrog`ini baland ko`tarishga tayyormiz.

Chunki bizning jonimizda buyuk ajdodlarimiz Al Xorazmiy, Al Beruniy, Ibn Sino – qonlari jo`sh urmoqda.

1-o`quvchi: Sog` yuray desang, ozoda bo`l,

Deydi bizning bobomiz.

Bu so`z to`g`ri bu so`zga

Amal qiling bolalar.

2-o`quvchi: Bu himmatli maqolga

Men ham amal qilaman.

Ozoda bo`lish ishim,

Vazifam deb bilaman.

3-o`quvchi: Men hech vaqt partada

Qiyshayib o`tirmayman.

4-o`quvchi: Doktorlarning so`ziga

Har chog` quloq solaman.

Vaqtida yeb ovqatni

Vaqtida dam olaman.

5-o`quvchi: Maktabdan kelgach, har mahal

Goh sakrab qo`zichoqdek

Goh toychoqdek chopaman.

6-o`quvchi: Shuning uchun har mahal

Ruhim yengil, ko`nglim shod

Shuning uchun do`stlar, men

Dard ko`rmayman umrbod.

1-bosqich: Tabiat yaratgan mo`jizalardan foyda olmoq uchun inson sog`lom baquvvat hamda zukko bo`lmog`i lozim.

Sahna ko`rinishi:

Kambag`al: Assalomu-alaykum.

Luqmoni Hakim: Valaykum assalom

- Menga to`g`ri maslahat bersangiz. Mening yeyishga na nonim, kiyishga na kiymim bor.

Nima qilay, juda qiynalib ketdim.

- Bo`lmasa menga o`ng qo`lingni sot, men senga pul beraman.

- Iye, o`ng qo`lim o`zimga kerak.

- Bo`lmasa o’ng ko`zingni sot.

- Nega men sizga o`ng ko`zimni sotishim kerak? U menga ko`rish uchun kerak.

Ey, birodar! Bo`lmasa nega zorlanadi to`rt muchang sog` bo`lsa, aqlni ishlatib mehnat qilsang kuning o`taveradi. Shuning uchun ham “Tani sog`lik-tuman boylik” deb aytishadi. Chunki sog`lik har qanday boylikdan a’lo, dunyodagi eng boy odamsan.

2-boshlovchi:

Besh narsadan oldin besh narsaning qadrini bil!

- kasal bo`lmasdan oldin sog`lik qadrini

- qarimasdan-avval yoshlik qadrini

- qashshoqlikdan avval boylik qadrini

- qaramlikdan avval ozodlik qadrini

- o`limdan avval esa tiriklik qadrini
1-boshlovchi:
Endi navbat esa savollarga.

1. Tana haroratini o`lchaydigan asbob?

2. Tish tozalaydigan asbob? (cho`tka)

3. Inson uchun qimmatli boylik? (sog`lik)

4. Sezgi organlariga nimalar kiradi? (quloq, ko`z, burun, til)

5. Odamda nechta tish bor?

6. Prezidentimiz 2011-yilni qanday nomladi?

7. Gigiyena nima?

8. Ovqatlanishdan oldin qo`lni nega yuvish kerak?

9. Odam kuch-quvvatni qayerdan oladi?

10. O`simlik va uy hayvonlaridan olinadigan oziq-ovqat mahsulotlariga nimalar kiradi?
2-bosqich:
Endi esa Ibn Sino bobo-ulashar davo. (o`gitlar) Po`lat Mo`min.

Xom suvni ichma,

Sog`likdan kechma.

Badantarbiya –

Kuch etar hadya.

Yo`lda yeyish non

Yomondan yomon

Yeb bo`lib ovqat,

Yugurma faqat.

Yurmoqlik iflos

Kasalga asos.

Pashshadan kasal

Tarqar har mahal.

Ozoda hovli,

Kasaldan holi.

Kim harakatda

Sog`lom, albatta.

2-boshlovchi:

Sog`lik to`g`risida o`quvchilar yod olgan maqollarni aytib berishadi.

Och holini to`q bilmas,

Kasal holini sog`.

Sog`likda xo`rlik yo`q

Sog` yurak, tog` yurak

Sog` tanda sog` aql.

Salomatlik-tuman boylik

El sog`ligi-yurt boyligi.

O`ktam avlod (Qo`shiq)

Anvar Obidjon

Aziz ota-onamizning qalqonimiz

Buyuk xalqim, suyuk xalqim, bizga ishon

Fidodir bu qutlug` Vatanga jonimiz

Buyuk xalqim, suyuk xalqim, bizga ishon


Al-Beruniy, At-Termiziy hazrat bizga

Ulug`bek – u, Al Farg`oniy savlat bizga

Temur bobo, Manguberdi davlat bizga

Buyuk xalqim, suyuk xalqim, bizga ishon


Yurtning do`stga oshiq bag`ri bag`rimizdir,

Alpomishning yovga qahri qahrimizdir

Navoiyning turkiy tili faxrimizdir,

Buyuk xalqim, suyuk xalqim, bizga ishon


Ilm-u mehnat bilan inson nasli a’lo,

Inoq bo`lsak, yuz o`girmas tole aslo

Ajdodlardek bizlar doim g`olib, dono

Buyuk xalqim, suyuk xalqim, binga ishon


1-boshlovchi:

Kechani “Xorazm lazgisi” bilan yakunlash. Shuning bilan bugungi kechamizni tugatar ekanmiz, sizlarga yana bir bor uzoq-umr, sixat-salomatlik, oilaviy baxt tilab qolamiz.


“Gullar bayrami”

Kecha o`tkaziladigan zal bezatiladi.

Assalom, deganda oshiladi gul.

Assalom, deganda sayraydi bulbul.

Assalom, deganda alik olgaysiz,

Ushbu tabrigimizni qabul qilgaysiz.


Bayramni o`tkazishdan maqsad O`quvchilarni jonajon o`lkaga, Ona Vatanga chiroyli gullarga bo`lgan muhabbatini oshirish. Tabiatni betakror go`zalligini sevishga, uni asrab ardoqlashga, tevarak atrofimizdagi tabiatni toza saqlashga, xona gullarini to`g`ri parvarishlashga, ularning turlarini o`rganish va ko`paytirish orqali go`zallik tuyg`usini shakllantirishdan iborat.

Bayramni o`tkazish tartibi.


Bayramni o`tkazishdan avval o`quvchilarga 10-15 kun avval topshiriqlar beriladi. Bahor, Tabiat, Gullar haqida she’r, topishmoq, maqollar yozdiriladi. Bayram o`tkaziladigan xona bayramona bezatiladi. O`quvchilar yil davomida chizgan gullar ko`rgazmasi tashkil qilinadi. Bayramga Ustoz o`qituvchilar, Maktab jamoasi, ota-onalar taklif qilinadi. Bayramda ishtirok etuvchi o`quvchilar milliy kiyimlarni kiyadilar.

O`qituvchi:

Hurmatli mehribon ota-onalar, mehmonlar, aziz o`quvchilar va kichkintoylar! Gullar bayramiga xush kelibsiz!

Marhabo azizlar!

Bayram kechasi boshlanadi.
Mayin musiqa sadolari ostida boshlovchi qiz kirib keladi.

Assalomu alaykum,

Salomim so`lim-so`lim

Qo`limda dasta gulim

Odob bilan aytaman

Assalomu alaykum


Assalom, ey gulchiroylar

Guljahonlar, assalom.

Dilrabo, dilkash, dilbar

Aziz mehmonlar, assalom!


Gulruh- Assalomu-alaykum, mehribonlar ota-onalar aziz ustozlar, jajji ukajonlar, qadrli tengdoshlar! Gullar bayramiga xush kelibsiz. Mana bepoyon o`lkamizga boychechak va chuchmomalardan gulchambarlar taqib, fasllar kelinchagi Bahoroy kirib keldi.

Bahor yasharish va yangilanish fasli. Bahor tabiatni qayta jonlanish, dalalarda mehnat mavsumining boshlanishidir.


Bahor keldi uyg`otib,

Dillar zavq shavqin.

Anhorlarda tashib suv

Soladi shovqin.

Yerdan ko`m-ko`k maysalar

Ko`tarmoqda bosh.

Dehqon kezar dalada

Chiqmasdan quyosh.


Bolalar: Bahoroy-Bahoroy! Boshdan oyoq oppoq libos kiygan, boshlarida gulchambar taqqan Bahoroy kirib keladi. Bahoroy: Men dala va qirlarni so`lim, bog`larni, go`zal tog`larni uyg`otaman. Daraxtlar kurtagini sharbatga to`ldiraman.

1-o`quvchi: Bahor, sening so`zing chiroyli,

Zeb yarashgan yuzing chiroyli,

Sochlariga jamalak taqqan,

O`sma qoshli qizing chiroyli.
2-o`quvchi: Bahor sening kunlaring go`zal,

Shaffoq o`tgan kunlaring go`zal,

Qaldirg`ochning qanotlarida

Jaranglagan tonglaring go`zal.


3-o`quvchi: Qir adirda lolaqizg`aldoq

Alvon misol tovlanar bugun.

Uyg`onadi borliq tabiat,

Qurt-qumusqa jonlanar bugun.


4-o`quvchi: Bodom, o`rik, shaftoli guli

Nafis, mayin hidin taratar

Tangri bunday go`zal bahorni

Faqat bizni yurtda yaratgan


5-o`quvchi: Yurtimda bayram ko`p, tantanalar ko`p

Farovon turmushning oltin naqshi-u

Go`zal qadriyat an’analar ko`p

Ozodlik hurlikning noyob baxshi-u


Bahoroy: Qani kim meni do`stim bo`lsa men tomonga shoshilsin! Faqat shartim shuku, bahor haqida she’r aytib berish kerak.

Gulruh-Bahoroy bizga avval bahor elchisi nomlarini aytib beradi.

Gulhayo – ochildimi boychechak, endi har yon gul demak, chunki bahor elchisi mitti gul boychechak.

Gulruh - Gunafshadan o`zimga

Yutibsan boychechak.

Ulardan erta chiqishga

Ulguribsan boychechak.

Gulhayo – Ha, bahorning guli boychechak. Bahor elchilarini davraga taklif etamiz. Bolalar: “Marhabo – Marhabo” davraga qo`llarida gul bilan bahor elchilari kirib keladi.


Boychechak:

Kun ketidan kun o`tar,

Tun ketidan kun o`tar.

Keldimi deb gulbahor

Hatto yo`lga ko`z tutar.

Yumshoq yerdan yumalab

Tong nurida cho`milib,

Kulib chiqqan boychechak.

Olqishlarga ko`milib

Ochildimi boychechak?

Endi har yon gul demak.

Chunki bahor elchisi

Shu mitti gul boychechak.
Binafsha:

Binafshaxon – binafsha,

Kulishlaring chiroyli.

Bog`imizda ochilib

Turishlaring chiroyli.
Bog` qirlarda unasan

Yayrab – yashnab sho`x kulib

Ko`ksimga qo`nasan

Bahor o`rdeni bo`lib


Lolaqizg`aldoq:

Qizil durra boshlarda yashnab

Sayr qilishar ming – ming qizaloq.

Yaqin borib tursang ko`z tashlab

Jilmayar menga lolaqizg`aldoq.

Poyasida g`unchalari ko`p,

Bahor qizi gul ochar tinmay.

Qora qoshli lolalardan top

Dasta terdim qizilidan erinmay

Bahor qizi – lolaqizg`aldoq

Qulog`imga bo`lasan baldoq
Lola:

Quyoshga intilar,

Tog`lardagi lolalar.

Quchoq-quchoq terishar

Quvnab, yayrab bolalar.

Shabada tursa asta,

Salom berib egilib

Qiz teribdi bir dasta

Qarab qoldim tikilib.
Bargi yashil va tarang

Shapaloqday har biri.

Lolaga siz bir qarang

Gullarning eng dilbari.


Bahorda chiqing toqqa,

Lola to`lsin quchoqqa.

Chuchmoma:

Bahor chog`i ochilib

Xushro`y hidga to`libsan.

Hech toymasdan termulib,

Chuchmomajon – chuchmoma.
Endi navbat o`zidan xushbo`y hid chiqaradigan gullarga.

Yalpiz:


Ariq labiga boring,

Yo ko`pchilik, yo yolg`iz

Hammamizga birday teng

Atir purkar ko`k atir.

Magazindan mo`lu-ko`l

Atir olgan gul atir

Yo`q o`zi-gul, o`zi-gul

Hidi olamga tatir.

Ariq bo`yida yalpiz,

Atir sochgani sochgan

Barg yozib yashnab gul qiz

Quchoq ochgani – ochgan.


Qo`ng`iroqgul:

Qo`ng`iroqgul, qo`ng`iroqgul

Bandingga ayt, g`uncha ochsin!

Qo`ng`iroq chal, qoqillab gul

Dilimizdan alam qochsin

Bo`ying baland qo`ng`iroq gul.

Barging yashil, guling ko`kish.

Shamol kulib deydi nuqul:

Yuzindan bergil o`pich!

Qoqigul:


Kimningki bor chorbog`i

O`sib yetar gulqoqi.

Barglari kungurador,

Sap-sariq gullari bor.


Teramiz-teramiz asta

Sariq gullari dasta.

Termasak xazon bo`lar

Debsinib to`zon bo`lar.


Musiqiy tanaffus
“Uchala qiz”
Uchala qiz chiqdi ariq bo`yiga, bo`yiga,

Uchala qiz chiqdi ariq bo`yiga, bo`yiga.

Biri, lola biri sumbul, biri gul.

Biri, lola biri sumbul, biri gul.


Birinchisi do`ppisiga gul taqqan, gul taqqan

Biri lola, biri sumbul, biri gul.

Biri lola, biri sumbul, biri gul.
Ikkinchisi ko`ylagida guli bor, guli bor

Biri lola, biri sumbul, biri gul

Biri lola, biri sumbul, biri gul.
Uchinchisi endi to`lar oltiga-oltiga

Biri lola, biri sumbul, biri gul.

Biri lola, biri sumbul, biri gul

Bahoroy:


Bolajonlar, boshlaylik

Yalla navo nazmini

Savol javob qismi-uy,

Topog`onlar bazmini.

Karima:

To`rt birodar asl so`z

Mehmon bo`lar birma-bir

Qachon qilma iltimos

Birga kelmas baribir

Bu – mi bu to`rt fasl

Qiziqarli savollar:

1. Suvda o`sadigan gul?

2. Gul ustida olifta ashulachi?

3. Guldan gulga qo`nib asal yig`ishar?

4. Asalxo`r hayvon?

5. Tog` guli?

6. Qaysi hayvon soqoli bilan tug`iladi?

7. Qaysi o`simlikning gullari juda hidli bo`ladi?

8. Soat gullariga qaysi gullar kiradi?

9. Xona gullaridan qaysi biri dorivor?

10. Quyosh guli nomini olgan o`simlik?

11. Gul sovg`a qilganda nima uchun toq qilib beriladi?

Endi navbat sahna ko`rinishiga.

“Rostgo`y bola ertagi”

Musiqiy tanaffus

Hey lola


Tom ustida hey bola,

Ichi to`la gul lola, hey bola.

Nari turing bo`z bola, hey lola.

Uyaladi qiz bola, hey bola.


Lola o’zi qiz bola, hey bola,

Qirda o`sgan gul-lola, hey bola

Lolachani ko`rganda, hey bola

Sanab-sanab uz bola, hey bola.

Qo`shiq:

Erta bilan turaman

Nahori nashta-yu, nahori nashta.

O`ng qo`limda igna-yu, tizzamda

Kashta-yo, tizamda kashta.
Ola veradi qo`yaveradi

O`smani qoshga-yo, o`smani qoshga

Chinor chinoray bo`yim chinoray

O`nga qarang chapga qarang

Qo`limda torima, qo`limda

Torima, qo`limda torim.



Endi navbat gul so`zini qatnashtirib qizlar ismini aytishga.
Bunda ikki o`quvchi chiqadi kim ko`p ism aytsa shu g`olib chiqadi.
Keyingi shart gullar to`g`risida tez aytishga.

Alisher: Gulnora Gulzodaga Gullardan

Guldasta Gulchanbar yasadi.

Mirzo: Gulnoza gulkirab gullagan



Gulzordan gullar uzadi.
Oxirgi shart guldon guldasta yasab sovg`a qilish buning uchun ham ikki o`quvchi bellashadi.

Kecha so`ngida boshlovchi kechada faol qatnashgan o`quvchilarga, mehmonlarga o`zining minnaddorchiligini bildiradi. Hamisha labingizdan kulgu, chehrangizdan tabassum arimasin. Gul kabi doimo ochilib yuring.
Download 78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish