Siyosiy islohotlar. Milliy davlat hokimiyat organlarining barpo etilishi
II BOB
§. O‘zbekiston Respublikasi parlamenti — Oliy Majlisning tashkil etilishi
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning siyosiy mustaqilligini mustahkamlashga, huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurishga yo‘naltirilgan chuqur siyosiy islohotlar o‘t- kazildi. Siyosiy hayotni tubdan o‘zgartirish ishlarining ko‘lamini anglash uchun sobiq Ittifoqdan, eski mustabid tuzumdan qanday siyosiy meros qolganini yana bir karra eslash zarur bo‘ladi.
O‘zbekiston keyingi 130 yil davomida siyosiy qaramlik, mus- tamlakachilik zulmini boshidan kechirdi. Xalqimiz o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqidan mahrum etilgan, o‘z taraqqiyot yo‘lini o‘zi belgilay olmas edi. Milliy davlatchiligimiz inkor etilib, mamlakatimiz, xalqning xohish-irodasiga qarshi o‘laroq, sobiq Ittifoqning ma’muriy-hududiy qismiga aylantirilgan edi. Xalq o‘z yurtboshisini tanlash, saylashdan mahrum edi. Respublika rahbari, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar boshliqlari, hatto viloyat rahbarlari ham markaz tomonidan tayinlanardi, unga to‘la bo‘ysundirilgan edi. Oddiy ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy ma- salalar ham markazning ruxsatisiz hal etilmas, mustaqil faoliyat yuritishga uringanlar hibsga olinar, quvg‘in qilinar edi.
Sobiq Ittifoq poydevori ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruv usuliga qurilgan, o‘ta mafkuralashgan, xalqni yuvosh, itoatkor olomon deb biladigan totalitar tuzum bo‘lib qolgan edi.
Mustaqillik xalqimizga o‘z taqdirini o‘z qo‘liga olish, o‘z taraqqiyot yo‘lini o‘zi belgilash, milliy davlatchilikni tiklash, demokratik-huquqiy davlat barpo etish, mustaqil ichki va tashqi siyosat yuritish imkoniyatini yaratdi. Mustaqillik davlat boshlig‘ini, hokimiyatning vakillik organlarini xalq tomonidan demokratik yo‘l bilan erkin saylab qo‘yilishini ta’minladi.
Mustaqillik yaratgan imkoniyatlar sharofati bilan mamlaka- timizda inson manfaatlari, tinchligi va farovonligiga xizmat qiluvchi erkin, ochiq ijtimoiy-siyosiy tuzim barpo etishni ta’- minlovchi chuqur, keng qamrovli siyosiy islohotlar amalga oshirilmoqda.
Prezident Islom Karimov „O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li“ asarida yangilangan jamiyatning siyosiy va davlat tuzilishini quyidagicha ta’riflaydi: „Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vakolatlarini ajratish asosida milliy davlatchilikni barpo etish, jamiyatning siyosiy tizimini tubdan yaxshilash, respublika hokimiyati bilan mahalliy hokimiyatning vakolatlari va vazifalarini aniq belgilab qo‘yish, adolatli va insonparvar qonunchilikni vujudga keltirish lozim bo‘ladi“.
A. Karimov. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li.
Т., O‘zbekiston, 1992, 16-bet.
O‘zbekistonda oliy davlat vakillik organi — parlamentni shakl- lantirishda xalqaro tan olingan huquqiy tamoyillarga va rivojlan- gan davlatlar tajribasiga tayanildi.
,,Parlament“ fransuzcha „parler“ — gapirmoq so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, rasmiy so‘zlashish joyi ma’nosini anglatadi. Parlament davlatning oliy vakillik organi hisoblanadi va qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Parlament qonun bo‘yicha belgilangan sondagi deputatlardan iborat bo‘lib, hududiy saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida belgilangan yoshga to‘lgan fuqarolardan saylanadi.
Parlament tarixi asrlar bilan o‘lchanadi. Parlamentarizm g‘oyasi milodning birinchi ming yillik bo‘sag‘asida Rimda, An- gliya, Fransiya, Ispaniyada xalq majlislari shaklida vujudga kelib, davlat hokimiyati darajasiga ko‘tarilgunga qadar yana bir necha taraqqiyot bosqichlaridan o‘tgan. Parlament Angliyada 1215- yilda qabul qilingan „Erkinlikning Buyuk Xartiyasi“ dan boshla- nadi va 1265- yilda davlat hokimiyatining vakillik organi sifatida ta’sis etiladi. XVII—XVIII asrlarda boshqa mamlakatlarda ham parlament vujudga keladi. Parlament xorijiy mamlakatlarda turli- cha nom bilan yuritiladi. Masalan: AQSH va Lotin Amerikasi mamlakatlarida Kongress, Buyuk Britaniyada Parlament, Fin- lyandiya va Polshada Seym, Germaniyada Bundestag, O‘zbekis- tonda Oliy Majlis va hokazo.
O‘zbekiston mustaqilligi e’lon qilingan paytda 1990- yil fevralda saylangan qonun chiqaruvchi hokimiyat organi — Oliy Kengash faoliyat ko‘rsatmoqda edi. O‘zbekiston demokratik islohotlarni bos- qichma-bosqich amalga oshirish yo‘lidan borib, birdaniga Oliy Kengashni tarqatib yubormadi. U 1990—1994-yillarda qonun chiqaruvchi hokimiyat organi sifatida faoliyat ko‘rsatdi.
Mustaqil O‘zbekistonning taraqqiyoti dastlab sobiq Ittifoq tuzumidan meros bo‘lib qolgan qonunlar doirasida boshlandi. Shu boisdan Oliy Kengash O‘zbekistonning mustaqilligini hu- quqiy jihatdan mustahkamlash, demokratik islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan yangi qonunchilik tizimini vujudga keltirish yo‘lidan bordi va uni qadam-baqadam shakllantira boshladi. Oliy Kengash mamlakatimiz tarixida birinchi bor O‘zbekiston Prezi- dentini sayladi, Mustaqillik deklaratsiyasini, O‘zbekistonning davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy qonun- ni va boshqa muhim hujjatlarni ishlab chiqdi va qabul qildi. 1990—1994- yillarda Oliy Kengash 200 ga yaqin qonun va 500 dan ziyod qaror qabul qildi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida demokratik tamoyillarga asoslangan yangi parlamentni shakllantirishning huquqiy asoslari belgilab berildi. Uning 76- moddasida: „O‘zbe- kiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi“, — deb belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyaga muvofiq O‘zbekiston Res- publikasida bir palatali parlament — Oliy Majlisni shakllan- tirishga kirishildi.
Parlamentni shakllanti- rishning konstitutsiyaviy - huquqiy asoslari
yil 28- dekabrda bo‘lib o‘tgan Respublika Oliy Kengashining XIV sessiyasida „O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida“,
yil 22- sentabrda bo‘lib o‘tgan XVI sessiyada ,,O‘zbe- kiston Respublikasi Oliy Majlisi to‘g‘risida“ Qonunlar qabul qilindi. Ularda qonunchilik sohasida tub islohotlarni amalga oshirish zaruriyati kun tartibiga qo‘yiladi. Negaki, birinchidan, sobiq Ittifoq davridan qolgan bir qator qonun va me’yoriy hujjatlar hamon amalda bo‘lib, ular mazmun va mohiyati jihatidan yangilanayotgan davlat va jamiyat uchun mutlaqo mos kelmas edi, qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirishga monelik qilardi.
Ikkinchidan, har qanday mafkuraviy ta’sirdan xoli, xalq- ning o‘ziga xos tarixiy, axloqiy-ma’naviy qadriyatlariga mos keladigan adolatli, demokratik-huquqiy davlat qurish, taraqqi- yotning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yo‘lidan borish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga huquqiy asos bo‘ladigan yangi qonunlar yaratish zarur edi. Bu borada rivojlangan mamlakatlar qonunchilik tajribasidan foydalanish lozim edi.
Oliy Majlis oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi, hududiy saylov okruglari
bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida besh yil muddatga saylanadigan 250 nafar deputatdan iborat bo‘lishi belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va „O‘zbekis- ton Respublikasining Oliy Majlisi to‘g‘risida“ gi Qonunga muvofiq Oliy Majlisning mutlaq vakolatlari jumlasiga:
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini qabul qilish hamda ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
O‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash va davlat strategik dasturlarini qabul qilish;
ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarini qonun yo‘li bilan tartibga solish, O‘zbekiston Respublikasining chegaralarini o‘zgartirish;
boj, valuta va kredit ishlarini qonun yo‘li bilan tartibga solish;
davlat budjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni joriy qilish;
qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari tizi- mini va vakolatlarini belgilash;
xalqaro shartnomalarni va bitimlarni ratifikatsiya (tas- diqlash) va denonsatsiya (barvaqt to‘xtatish) qilish;
Oliy Majlisga va mahalliy vakillik organlariga saylov tayin- lash, Markaziy saylov komissiyasini tuzish;
vakolati tugashi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylov kunini tayinlash;
Konstitutsiyaviy, Oliy va Oliy xo‘jalik sudlarini saylash;
Vazirlar Mahkamasi a’zolarini, Bosh prokuror va uning o‘rinbosarlarini tayinlash va lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi Prezident farmonlarini tasdiqlash hamda O‘zbekiston Respub- likasi Konstitutsiyasida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish kiradi.
Saylov kunigacha 25 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari parlamentga saylanish huquqiga egadirlar. Bunda ularning kelib chiqishi, ijtimoiy va moddiy ahvoli, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabati, faoliyat turi bo‘yicha hech qanday cheklashlarga yo‘l qo‘yil- maydi. Shu bilan birga, „Oliy Majlisga saylovlar to‘g‘risida“gi Qonunda belgilanganidek, sudlangan, saylov tayinlangan kungacha o‘tgan 5 yil mobaynida O‘zbekiston hududida yasha- magan, harbiy ixtisosli, diniy xizmatchi fuqarolar deputatlikka nomzodlar ro‘yxatiga olinmaydilar.
Hokimiyatni taqsimlash tamoyilini amalda bajarish maqsad- laridan kelib chiqib, shu narsa belgilab qo‘yilganki, hukumat a’zolari, sudyalar, prokuratura organlarining mansabdor shaxs- lari, vazirlik idoralari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslari (vilo- yat, tuman, shahar hokimlari bundan mustasno) Oliy Majlis deputati bo‘la olmaydilar.
. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ken- O‘zbekiston Respublikasi , . . юпи 1 + и a u a-u , , gashining 1994- yil sentabrda bo‘lib
Oliy Majlisiga saylovlar o‘tgan XVI sessiyasi 1994- yil 25- de-
kabr kuni Oliy Majlisga, viloyat, shahar va tuman kengash- lariga saylovlar o‘tkazishga qaror qildi.
yil 14—15- noyabrda Toshkentda Oliy Majlisga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari raislarining uch kunlik seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda respublikada saylov tizimini is- loh qilish, saylovni muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun zarur shart- sharoitlar yaratish masalalari muhokama etildi. Seminar- kengashda Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi vakili Xolid Malik, AQSHning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Genri Li Klark, Rossiya elchisi F.F.Sidorskiy, Turkiya elchisi Erdugan Aytun va boshqalar ishtirok etib, say- lovga taalluqli xalqaro tajribalar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Jumladan, Xolid Malik seminar-kengashni tarixiy sana — saylovlar oldidan O‘zbekistonda demokratik jamiyat barpo qilish yo‘lida oldinga bosilgan qadam bo‘ldi, deb baholadi.
Saylovlarni qonun talablari asosida o‘tkazish uchun Respubli- ka bo‘yicha 250 okrug va 7192 uchastka saylov komissiyasi tuzildi. Ular tarkibiga mehnat jamoalarida obro‘-e’tibor va hurmat qozongan, partiyasiz bo‘lgan munosib kishilar kiritildi. Saylovga nomzodlar qo‘yishda ko‘ppartiyaviylik va muqobillik ta’minlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatligiga „Xalq demokratik partiyasi“ dan, „Vatan taraqqiyoti“ partiyasidan, hokimiyatning vakillik organlaridan, jami 700 nomzod ro‘yxatga olindi. Har bir saylov okrugida ikki-uch nomzod deputatlik uchun kurashdi. Saylovchilar birinchi marta nomzodlarni tanlab olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ovoz berishda ro‘yxatga olingan 11 million 248 ming 464 saylovchining 93,6 foizi, ya’ni 10 million 526 ming 654 kishi qatnashdi. 1994- yil 25- dekabr kuni hamma joyda saylovlar qonun talablariga muvofiq umumiy, teng, to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tdi. Nomzodlardan birontasi ham yetarli ovoz olol- magan saylov okruglarida 1995- yil 8- va 25- yanvar kunlari takroriy saylovlar bo‘ldi.
Saylov okruglari va uchastkalarida jahonning 30 ga yaqin mamlakatlari va xalqaro tashkilotlardan 68 nafar vakil kuzatuv- chi sifatida qatnashdi. Shuningdek, „Reyter“, „Interfaks“ agentliklari, „Bi-Bi-Si“ radiokompaniyasi, „Ostankino“ tele- kompaniyasi va boshqa xorijiy matbuot vakillaridan 10 nafar vakil ishtirok etdi.
Saylovchilar xalqning munosib farzandlari uchun yakdillik bilan ovoz berdilar. Oliy Majlisga 250 deputat saylandi. Shu ta- riqa, mamlakatimizda ilk bor yangi parlamentga bo‘lgan saylovlar muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu demokratik yo‘l bilan parla- mentni shakllantirishning mamlakatimiz tarixidagi dastlabki tajribasi bo‘ldi.
yil 23—24- fevral kunlari
Bi ri nc hi c haq iriq _ Birinchi chaqiriq O‘zbekiston Res-
“ . Respublikasi publikasi Oliy Majlisining birinchi ses- Oliy Majlisining birinchi . c j
sessiva si siyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi va to‘rt kishidan iborat Rais o‘rinbosarlari saylandi. E. H. Xalilov Oliy Majlis Raisi, B. I. Bugrov, B. A. Shodiyeva, A. Q. Qosimov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi vakili — Qora- qalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi U. Ashirbekov Rais o‘rin- bosarlari qilib saylandilar, sessiyada Mandat komissiyasi tuzildi.
Qonunlarni ishlab chiqishning asosiy yo‘nalishlarini hisobga olgan holda Oliy Majlisning quyidagi 12 ta qo‘mitasi tashkil etildi:
Budjet, bank va moliyaviy masalalar bo‘yicha.
Iqtisodiy islohotlar va ishbilarmonlikni rivojlantirish bo‘- yicha.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari bo‘yicha.
Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar bo‘yicha.
Fan, ta’lim, madaniyat va sport bo‘yicha.
Sanoat, energetika, transport, aloqa va aholiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha.
Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va oziq-ovqat bo‘yicha.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha.
Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha.
Qurilish va uy-joy xo‘jaligi bo‘yicha.
Matbuot va axborot bo‘yicha.
Mudofaa va xavfsizlik masalalari bo‘yicha.
O‘zbekiston parlamenti Birinchi sessiyada hokimiyat va killik
organlaridan saylangan 120 kishidan iborat deputatlar blokini, 69 deputatdan tarkib topgan Xalq demokratik partiyasi fraksiya- sini, 47 deputatni uyushtirgan „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasini, 14 deputatdan iborat „Vatan taraqqiyoti“ partiyasi fraksiyasini ro‘yxatga oldi. Mazkur partiya fraksiyalari qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilishda faol qatnashdilar. Shu tariqa, Oliy Majlis faoliyatida ko‘ppartiyaviylik tamoyili qaror topdi.
Sessiya qarori bilan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) instituti joriy etildi va vakil huzurida fuqa- rolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga rioya etilishi komissiyasini tuzish haqida qaror qabul qilindi. Birinchi sessiya- da „O‘zbekiston Respublikasida deputatlarning maqomi to‘g‘risida“gi Qonun qabul qilindi, Oliy Majlis Raisi rahbarli- gida „Oliy Majis qo‘mitalari va komissiyalari to‘g‘risidagi Ni- zom“ qabul qilindi. Parlamentning ishini tashkil etish uchun Oliy Majlis Raisi rahbarligida Oliy Majlis Kengashi tuzilib, uning tarkibiga Oliy Majlis Raisi o‘rinbosarlari, qo‘mitalarning raislari, Mandat komissiyasi raisi, parlamentdagi deputatlar bloki va fraksiyalarning rahbarlari kiritildi.
Oliy Majlis birinchi sessiyasida qabul qilingan qonunlar va qarorlar parlament faoliyatini zamon talablari darajasida tashkil etish, uning ishini tashkiliy jihatdan puxta uyushtirish imko- nini berdi.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng davlat hokimiyatining eng muhim institutlaridan biri — milliy parlamentimiz tashkil topdi.
chizma
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING TUZILISHI (1995-2004- YILLAR)
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi o‘zining shakllanishi, o‘z faoliyatini tashkil etish tartibotlari, ish yuritish mazmun- mohiyati bilan yangi, zamonaviy parlament bo‘lib, avvalgi Oliy Kengashdan butunlay farq qiladi.
Birinchidan, mustaqillikkacha bo‘lgan davrda Respublika Oliy Kengashi rasman O‘zbekiston davlat hokimiyatining oliy organi deb hisoblansa-da, u qonun chiqarishda mustaqil emasdi, mar- kaz tomonidan qabul qilingan qonunlarni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirar edi, xolos. Oliy Majlis esa mustaqil O‘zbekiston davlatining oliy vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hoki- miyatni mustaqil amalga oshiradi. Oliy Majlis faoliyatida xorijiy davlatlarning parlamentlari bilan hamkorlik qilish yo‘lga qo‘yildi.
Ikkinchidan, mustaqillikdan oldin Oliy Kengash sayloviga hokimiyat organlari tomonidan yakka-yu yagona nomzod tavsiya etilardi va saylanardi. Oliy Majlisga esa deputatlar saylovi ko‘ppartiyaviylik va muqobillik asosida o‘tkaziladi. Oliy Majlis vakillik hokimiyatini vujudga keltirishning jahonda e’tirof etilgan demokratik tamoyillari asosida shakllandi.
Uchinchidan, avvalgi saylovlarda Oliy Kengashni shakllanti- rish jarayonida ishchilar, kolxozchi dehqonlar, ziyolilarning o‘rni va soni oldindan belgilab qo‘yilar edi. Oliy Majlisga say- lovlarni tashkil qilishda sinfiy yondashuv nodemokratik tamoyil sifatida rad etildi. Oliy Majlis deputatlari turli partiya va hara- katlarning vakillaridan iborat nomzodlar orasidan muqobillik asosida saylanadi. Respublika fuqarolari saylovlarda, nomzod- larning ijtimoiy kelib chiqishini emas, aksincha, ularning ishchanlik sifatlarini va saylovoldi dasturlarining mazmun- mohiyatini inobatga olib ovoz berish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
To‘rtinchidan, mustaqillikkacha bo‘lgan davrda Oliy Kengash professional parlament shaklida faoliyat yuritolmas edi. Uning vazifalarini Oliy Kengash Prezidiumiga saylangan kichik bir guruh deputatlargina doimiy ishlab amalga oshirardilar, xolos. Oliy Majlis faoliyatida esa deputatlarning bir qismi doimiy (professional) asosda ishlamaydi. Deputatlarning ko‘pchilik qismi esa oldingi xizmat vazifalarini deputatlik vakolati bilan qo‘shib olib boradi, saylovchilari bilan yaqindan aloqada va muloqotda bo‘ladi. Deputatlar saylovchilarga Oliy Majlisda qanday qonunlar muhokama qilinayotgani va qabul etilayotgani haqida xabardor qilib turadi, hayotning qaynoq nuqtalarida aholi bilan birga bo‘ladi. Shuningdek, Respublika ommaviy axborot vositalari ham Oliy Majlis faoliyati bilan aholini tanish- tirib boradi. Bu tadbirlar xalqning huquqiy madaniyatini, siyo-
— Q. Usmonov 65
Oliy Majlis binosi.
siy ongini yuksaltirishga, islohotlarning sobitqadamlik bilan amalga oshishiga, jamiyatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Oliy Majlis sessiyalarida xorijiy mamlakatlar diplomatiya korpuslarining, xalqaro tashkilotlarning vakillari, chet el om- maviy axborot vositalarining O‘zbekistonda akkreditatsiya qilin- gan jurnalistlari hozir bo‘lish imkoniyati mavjud.
Mustaqillik yillarida Oliy Majlisning xalqaro parlamentlar bilan aloqalari o‘rnatildi va chuqurlashdi. O‘zbekiston Milliy parlamentida Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar bo‘yicha guruh tuzildi, respublikaning Parlamentlararo ittifoq, Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Parlament assambleyasi va Yevroparlament bilan aloqalari yo‘lga qo‘yildi.
Oliy Majlis „O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Do'stlaringiz bilan baham: |