Siyosatshunoslik


Каримов И. А. Миллий истшдюл мафкураси - хал к, эътикрди ва буюк


bet5/253
Sana04.06.2022
Hajmi
#635742
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   253
Bog'liq
67. Siyo\'satshunoslik. Odilqoriyev X,T

1 Каримов И. А. Миллий истшдюл мафкураси - хал к, эътикрди ва буюк
келажакка ишончдир / / Каримов И. А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фа-
ровон з^аёт — пировард мак,садимиз. Т. 8. — Т., 2000. —Б. 504.
10


vositasi, ikkinchidan, har bir kishi va butun jamiyatning siyosiy 
ongi hamda madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan uzluksiz 
tadbirdir. Chunki fuqarolarning oqilona qarorlar qabul qilishi, 
siyosatda ishtirok etish qobiliyati stixiyali (tartibsiz) tarzda 
shakllanmaydi, balki yetarli bilim va tajribani muntazam o‘z- 
lashtirish natijasida vujudga keladi. Bunday qobiliyat esa aynan 
siyosatshunoslikni chuqur o'zlashtirish va yuqori siyosiy 
madaniyatga erishish tufayli shakllanadi.
Biroq sobiq Ittifoq davrida boshqa xalqlar qatori o‘zbek xalqi 
ham siyosatshunoslik fanini o‘rganish imkoniyatidan mahrum 
qilinib, xalq siyosatshunoslikdan, siyosatshunoslik esa xalqdan 
ajratildi. Bu fanga kibemetika, genetika, sbtsiologiya va boshqa 
fanlar kabi «soxta fan», «burjua fani» deb tam g‘a bosildi. 
Faqatgina mustaqillik tufayli siyosatshunoslikni fan sifatida qaror 
toptirishga va uning mavqeyi bilan bog‘liq zalvorli ishlami amalga 
oshirishga imkon yaratildi. Yangi siyosiy voqeliklami tahlil va 
tadqiq etish jarayonida shakllanayotgan 0 ‘zbekiston siyosiy fani 
rivojida R. Z. Jumayev, S. A. Jo‘rayev, В. K. Iminov, I. Erga- 
shev, A. Q. Qodirov, Sh. G ‘. G ‘oyibnazarov kabi olimlaming 
hissalari katta. Ulaming tadqiqotlarida 0 ‘zbekistonda demokratik 
tizimning shakllanishi, siyosiy ong, demokratlashtirishning o‘ziga 
xosliklari, siyosiy madaniyat kabi muhim masalalar o ‘z ifodasini 
topdi. Bugun mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarida siyosatshunoslik 
fani nufuzini yanada yuksaltirish borasida ko‘plab yosh iqtidorli 
olimlar samarali mehnat qilmoqdalar.
Bugun 0 ‘zbekistonda siyosatshunoslikning fan sifatidagi ob- 
ro‘sini oshirishga davlat miqyosida e’tibor berilmoqda. Prezident 
huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasi, Strategik 
va mintaqalararo tadqiqotlar institutining tashkil etilishi, I. 
M o‘minov nomidagi Falsafa va huquq instituti qoshida siyosat­
shunoslik bo‘limining, oliy o ‘quv yurtlarida o ‘nlab siyosatshu­
noslik kafedralarining faoliyat yuritayotganligi fikrimizning da- 
lilidir. Shu o‘rinda ta ’kidlash joizki, Prezident I. A. Karimov- 
ning qator asarlarida ijtimoiy fanlami o ‘qitishni tubdan yangi- 
lash masalalari bilan bir qatorda, hozirgi zamon o ‘zbek siyosat 
ilmining asosiy qoidalari ham o‘z ifodasini topdi.
Mustaqillik sharoitida jamiyat hayotining erkinlashuvi, de-


mokratiyaning kirib kelishi, eski siyosiy tuzumning yangisi bi­
lan 
almashinuvi, aholi katta qismining siyosatga e’tiborining 
kuchayishi, siyosiy partiya va harakatlar, fuqarolik jamiyatining 
asosiy institutlari bo‘lgan nodavlat va jamoat tashkilotlarining 
nufuzi va ta ’sirining kengayishi siyosatshunoslik fani rolining 
yanada oshib borishini ko‘rsatmoqda. Bu esa, qaysi sohada 
mutaxassis bo‘lib yetishishidan qat’i nazar, har bir talabadan bu 
fanga mas’uliyat bilan yondashishni talab etadi. Biroq mutaxas- 
sislikka oid fanlarga nisbatan siyosatshunoslikni «ikkinchi dara- 
jali fan» deb qarash ham ayrim talabalar tafakkurida mavjudligi 
sir emas. Albatta, har bir talaba siyosatchi bo‘lishi shart emas. 
Lekin har bir oliy m a’lumotli mutaxassis, xususan, huquqni 
muhofaza qiluvchi idoralar xodimi o‘z kasbiy faoliyatini «davlat» 
deb ataluvchi muhim ijtimoiy-siyosiy institut doirasida amalga 
oshirar ekan, u qonun himoyachisi sifatida obyektiv jihatdan 
mamlakatdagi siyosiy jarayonlaming ishtirokchisi hisoblanadi. 
Shu sababli jamiyat hayotidagi siyosiy jarayonlarga xos bo'lgan 
qonuniyatlami bilish ichki ishlar idoralari xodimining kasbiy 
tayyorgarligida muhim o‘rin tutadi. Chunki murakkab ijtimoiy 
jarayonlar sharoitida mustaqil, puxta o ‘ylangan, xalq va davlat 
manfaatlarini birinchi o ‘ringa qo‘ygan holda mas’uliyat bilan 
yondashish uchun nafaqat chuqur va keng huquqiy, falsafiy, 
axloqiy, balki siyosiy bilim va m adaniyat ham zarurdir. 
Siyosatshunoslikni o ‘rganish bugungi davrning dolzarb 
muammolarini mushohada etishga, siyosatda yuksak axloqiy 
talablarga rioya qilishga, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini 
barpo etishda odamlardagi imkoniyat, yutuq va kamchiliklami 
aniq tasawur qila olishga yordam beradi. Siyosiy bilimlami puxta 
o'zlashtiigan ichki ishlar idoralari xodimi murakkab siyosiy hodisa 
va jarayonlar mohiyatini, siyosatning jamiyat hayotiga ta ’sirini 
teranroq anglab, qonunlami tayyorlash va ulami hayotga tatbiq 
etishga oid muammolami yaxshiroq tasaw ur etadi. Fuqaro 
huquqiy bilimlardan qanchalik chuqur xabardor bo‘lsa, jamiyat 
siyosiy hayotidagi faoliyatida o‘ziga shunchalik chuqur ishonadi 
va mas’uliyatni his eta oladi. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar 
xodimi uchun ham siyosat dunyosida to ‘g‘ri yo‘nalishni aniqlab 
olish, siyosiy jarayonlar rivojlanishidagi qonuniyatlami, siyosiy


ishtirok, siyosiy yetakchilik san’ati, siyosiy rahbarlik prinsiplari 
va usullari m ohiyatini bilish katta ahamiyatga ega. Xullas, 
huquqshunos siyosatshunoslik fanini qanchalik puxta bilsa, uning 
siyosiy dunyoqarashi va madaniyati shunchalik boy bo‘ladi.
Zamonaviy siyosiy bilimlami egallash siyosatni siyosatboz- 
likdan, davlatni diktaturadan, demokratiyani anarxiyadan ajra- 
tish, davlat, partiya va boshqa jamoat tashkilotlarining jamiyat- 
dagi o‘m i va vazifalarini teran anglab olish imkonini beradi. 
Qolaversa, bu fanni o ‘rganish har bir fuqaroga davlat va jamiyat 
tizimini chuqurroq bilishga, ijtimoiy-siyosiy hayotda o ‘zining 
munosib o‘mini topishga yordam beradi, bpshqalar bilan murosa 
qila olishga, adolatli yashashga o‘igatadi. Siyosatshunoslikni men- 
simagan, siyosiy tafakkur maktabini o ‘tamagan kishi jamiyatda 
o ‘z o‘m ini yaxshi his eta olmay, m a’muriy-buyruqbozlik tazyiqi 
oldida ojiz qoladi, o ‘zi va boshqalaming manfaatlarini dadillik, 
bosiqlik bilan himoya qila olmaydi.
D em ak , ijtim o iy h ay o td a d e m o k ra tik q a d riy a tla rn i 
mustahkamlash, odamlarning siyosiy va fuqarolik faolligini 
oshirish, eski tuzum asoratlariga barham berib, demokratik 
o'zgarishlar ko‘lamini kengaytirish hamda chuqurlashtirish uchun 
har bir kishi siyosiy tafakkur maktabini o'tashi, siyosatshunoslikni 
qunt bilan o ‘rganishi lozim. Qolaversa, siyosatshunoslikni 
o‘rganish nafaqat alohida shaxs, balki butun jamiyat uchun ham 
katta ahamiyatga ega. Bu fanni chuqur egallash jamiyatni 
demokratlashtirish va isloh etish vazifalarini hal etishda muhim 
o‘rin tutadi. Shu bois har bir talaba, tinglovchi va kursant unga 
asosiy fanlardan biri sifatida qarashi, uni astoydil qunt bilan 
o'rganishi zarur.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish