hokimiyat tom onidan amalga oshiriladigan tartibga solish va
boshqarish fuqarolar erkinligini, q o n u n ustuvorligini ham
ta ’minlashi zarur. Shu bois, dem okratik
davlatda hokimiyatni
tashkil etishning negizi, siyosiy-huquqiy, konstitutsiyaviy prinsip
sifatida
hokimiyatlar bo ‘linishi tamoyiliga
rioya qilinishi lozim.
Zero, A. G am ilton aytganidek, «Odam lar hokimiyatni yaxshi
k o ‘radilar, hokimiyatni ko‘pchilikka bering,
ular ozchilikni eza
boshlaydilar, hokimiyatni ozchilikka bering, ular ko'pchilikni
eza boshlaydilar. Shuning uchun ham hokimiyat ular o ‘rtasida
teng bo'linishi va shunday bo‘linishi kerakki, toki h ar ikki to-
m o n o ‘zini boshqasidan him oya qila olsin». H okim iyatlar
bo‘linishi tamoyilini nazariy jihatdan asoslab bergan mutafakkirlar
Jo n Lokk va Shari Lui Monteskyolar qayd etganidek,
buning
uchun davlat hokimiyati qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud
hokimiyatiga b o ‘linishi kerak. Hokim iyatni suiiste’mol qilish
imkoniyati bo'lmasligi uchun shunday tartib o‘matilishi kerakki,
u n d a turli hokim iyatlar o ‘zaro bir-birini tutib turishlari kerak.
H okim iyatlar b o ‘linishi tam oyilining qoidalari 1787-yilgi
A Q SH Konstitutsiyasida, keyinchalik fransuzlar qabul qilgan
«Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi»da, bugungi dem ok
ratik davlatlar,
jum ladan, 0 ‘zbekiston Respublikasi K onstitu
tsiyasida ham aks etgan.
Siyosiy hokimiyat yaxlit va bir butun ijtimoiy hodisa b o ‘lib,
subyekt
va
obyekt
uning tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Subyekt
— hokimiyatning faol yo‘naltiruvchi qismi. U alo-
hida inson, ijtimoiy guruh, kishilam ing birligi, m asalan, xalq
yoki hatto BMTga
birlashgan jah o n hamjamiyati, davlat insti-
tutlari va siyosiy partiyalar b o ‘lishi mumkin.
Hokimiyat subyektlari ko‘p pog‘onalidir. M asalan: 1) indi-
vidlar va ijtimoiy guruhlar — boshlang‘ich pog‘onadagi subyektlar;
2) siyosiy tashkilotlar — o ‘rta pog‘onadagi subyektlar; 3) siyosiy
elita va liderlar — yuqori pog‘onadagi- subyektlar.
Biroq har qanday inson hokim iyatning subyekti b o ‘laver-
maydi. Awalo, hokimlikka nisbatan xohish-istak zarur. K o‘pchi-
lik kishilar hokimiyatga egalik qilishdan ruhiy qoniqish his et-
maydilar. Agar hokimiyat turli imtiyozlarni olish u chun keng
im koniyatlar
ochib bermaganida edi, um um an rahbarlik lavo-
141
zimlaridan va ular bilan bog'liq b o ‘lgan m as’uliyatdan k o ‘plar
o ‘zlarini olib qochgan b o ‘lur edilar. U lar uchun hokimiyatga
intilish instrumental xarakterga ega, ya’ni boshqa bir maqsadlarga
erishish vositasi b o ‘lib xizmat qiladi.
Obyekt
— hokimiyatning ikkinchi m uhim elementi. Chunki
hokimiyat obyektning tobeligisiz mavjud b o'la olmaydi. Agar
bunday tobelik bo‘lmasa, subyekt hukmdorlik irodasiga va hatto
majbur qilishning kuchli vositalariga ega bo'Iishiga qaramasdan,
hokimiyat ham bo‘lmaydi. Shuning uchun ham obyekt hokimiyat
subyekti q aro rlarin in g b evosita b ajaru v ch isi b o ‘lib, usiz
hokimiyatni tasavvur qilib b o ‘lmaydi.
Obyektga individ, ijtimoiy
guruh, sinf, jamiyat kiradi. Nazardan soqit qilmaslik kerakki,
jamiyatda, siyosiy hokimiyat tarkibida kishilarning subyekt va
obyekt, boshliq va ijrochiga bo‘linishi nisbiy va o ‘zgaruvchandir.
Ayrim munosabatda shaxs boshliq b o ‘lib, boshqasida ijrochi
bo‘lib chiqishi, vaqti-vaqti bilan individlar
rollarini alm ashti-
rishlari ham mumkin.
Xullas, hokimiyat obyektining sifati, faolligi jam iyatning
siyosiy madaniyati bilan belgilanadi. Bu m adaniyat qanchalik
yuqori bo‘lsa mustabid tuzumga ehtiyoj shunchalik kam bo'ladi.
Siyosiy hokimiyatni amalga oshirish mexanizmi murakkab
jarayon b o ‘lib, u to ‘rt tarkibiy qism —
rahbarlik, boshqarish,
tashkilotchilik va nazoratni o ‘z ichiga qamrab oladi.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: