1 Каримов И. А. Миллий истшдюл мафкураси - хал к, эътикрди ва буюк
келажакка ишончдир / / Каримов И. А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фа-
ровон з^аёт — пировард мак,садимиз. Т. 8. — Т., 2000. —Б. 504.
10
vositasi, ikkinchidan, har bir kishi va butun jamiyatning siyosiy
ongi hamda madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan uzluksiz
tadbirdir. Chunki fuqarolarning oqilona qarorlar qabul qilishi,
siyosatda ishtirok etish qobiliyati stixiyali (tartibsiz) tarzda
shakllanmaydi, balki yetarli bilim va tajribani muntazam o‘z-
lashtirish natijasida vujudga keladi. Bunday qobiliyat esa aynan
siyosatshunoslikni chuqur o'zlashtirish va yuqori siyosiy
madaniyatga erishish tufayli shakllanadi.
Biroq sobiq Ittifoq davrida boshqa xalqlar qatori o‘zbek xalqi
ham siyosatshunoslik fanini o‘rganish imkoniyatidan mahrum
qilinib, xalq siyosatshunoslikdan, siyosatshunoslik esa xalqdan
ajratildi. Bu fanga kibemetika, genetika, sbtsiologiya va boshqa
fanlar kabi «soxta fan», «burjua fani» deb tam g‘a bosildi.
Faqatgina mustaqillik tufayli siyosatshunoslikni fan sifatida qaror
toptirishga va uning mavqeyi bilan bog‘liq zalvorli ishlami amalga
oshirishga imkon yaratildi. Yangi siyosiy voqeliklami tahlil va
tadqiq etish jarayonida shakllanayotgan 0 ‘zbekiston siyosiy fani
rivojida R. Z. Jumayev, S. A. Jo‘rayev, В. K. Iminov, I. Erga-
shev, A. Q. Qodirov, Sh. G ‘. G ‘oyibnazarov kabi olimlaming
hissalari katta. Ulaming tadqiqotlarida 0 ‘zbekistonda demokratik
tizimning shakllanishi, siyosiy ong, demokratlashtirishning o‘ziga
xosliklari, siyosiy madaniyat kabi muhim masalalar o ‘z ifodasini
topdi. Bugun mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarida siyosatshunoslik
fani nufuzini yanada yuksaltirish borasida ko‘plab yosh iqtidorli
olimlar samarali mehnat qilmoqdalar.
Bugun 0 ‘zbekistonda siyosatshunoslikning fan sifatidagi ob-
ro‘sini oshirishga davlat miqyosida e’tibor berilmoqda. Prezident
huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasi, Strategik
va mintaqalararo tadqiqotlar institutining tashkil etilishi, I.
M o‘minov nomidagi Falsafa va huquq instituti qoshida siyosat
shunoslik bo‘limining, oliy o ‘quv yurtlarida o ‘nlab siyosatshu
noslik kafedralarining faoliyat yuritayotganligi fikrimizning da-
lilidir. Shu o‘rinda ta ’kidlash joizki, Prezident I. A. Karimov-
ning qator asarlarida ijtimoiy fanlami o ‘qitishni tubdan yangi-
lash masalalari bilan bir qatorda, hozirgi zamon o ‘zbek siyosat
ilmining asosiy qoidalari ham o‘z ifodasini topdi.
Mustaqillik sharoitida jamiyat hayotining erkinlashuvi, de-
mokratiyaning kirib kelishi, eski siyosiy tuzumning yangisi bi
lan
almashinuvi, aholi katta qismining siyosatga e’tiborining
kuchayishi, siyosiy partiya va harakatlar, fuqarolik jamiyatining
asosiy institutlari bo‘lgan nodavlat va jamoat tashkilotlarining
nufuzi va ta ’sirining kengayishi siyosatshunoslik fani rolining
yanada oshib borishini ko‘rsatmoqda. Bu esa, qaysi sohada
mutaxassis bo‘lib yetishishidan qat’i nazar, har bir talabadan bu
fanga mas’uliyat bilan yondashishni talab etadi. Biroq mutaxas-
sislikka oid fanlarga nisbatan siyosatshunoslikni «ikkinchi dara-
jali fan» deb qarash ham ayrim talabalar tafakkurida mavjudligi
sir emas. Albatta, har bir talaba siyosatchi bo‘lishi shart emas.
Lekin har bir oliy m a’lumotli mutaxassis, xususan, huquqni
muhofaza qiluvchi idoralar xodimi o‘z kasbiy faoliyatini «davlat»
deb ataluvchi muhim ijtimoiy-siyosiy institut doirasida amalga
oshirar ekan, u qonun himoyachisi sifatida obyektiv jihatdan
mamlakatdagi siyosiy jarayonlaming ishtirokchisi hisoblanadi.
Shu sababli jamiyat hayotidagi siyosiy jarayonlarga xos bo'lgan
qonuniyatlami bilish ichki ishlar idoralari xodimining kasbiy
tayyorgarligida muhim o‘rin tutadi. Chunki murakkab ijtimoiy
jarayonlar sharoitida mustaqil, puxta o ‘ylangan, xalq va davlat
manfaatlarini birinchi o ‘ringa qo‘ygan holda mas’uliyat bilan
yondashish uchun nafaqat chuqur va keng huquqiy, falsafiy,
axloqiy, balki siyosiy bilim va m adaniyat ham zarurdir.
Siyosatshunoslikni o ‘rganish bugungi davrning dolzarb
muammolarini mushohada etishga, siyosatda yuksak axloqiy
talablarga rioya qilishga, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini
barpo etishda odamlardagi imkoniyat, yutuq va kamchiliklami
aniq tasawur qila olishga yordam beradi. Siyosiy bilimlami puxta
o'zlashtiigan ichki ishlar idoralari xodimi murakkab siyosiy hodisa
va jarayonlar mohiyatini, siyosatning jamiyat hayotiga ta ’sirini
teranroq anglab, qonunlami tayyorlash va ulami hayotga tatbiq
etishga oid muammolami yaxshiroq tasaw ur etadi. Fuqaro
huquqiy bilimlardan qanchalik chuqur xabardor bo‘lsa, jamiyat
siyosiy hayotidagi faoliyatida o‘ziga shunchalik chuqur ishonadi
va mas’uliyatni his eta oladi. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar
xodimi uchun ham siyosat dunyosida to ‘g‘ri yo‘nalishni aniqlab
olish, siyosiy jarayonlar rivojlanishidagi qonuniyatlami, siyosiy
ishtirok, siyosiy yetakchilik san’ati, siyosiy rahbarlik prinsiplari
va usullari m ohiyatini bilish katta ahamiyatga ega. Xullas,
huquqshunos siyosatshunoslik fanini qanchalik puxta bilsa, uning
siyosiy dunyoqarashi va madaniyati shunchalik boy bo‘ladi.
Zamonaviy siyosiy bilimlami egallash siyosatni siyosatboz-
likdan, davlatni diktaturadan, demokratiyani anarxiyadan ajra-
tish, davlat, partiya va boshqa jamoat tashkilotlarining jamiyat-
dagi o‘m i va vazifalarini teran anglab olish imkonini beradi.
Qolaversa, bu fanni o ‘rganish har bir fuqaroga davlat va jamiyat
tizimini chuqurroq bilishga, ijtimoiy-siyosiy hayotda o ‘zining
munosib o‘mini topishga yordam beradi, bpshqalar bilan murosa
qila olishga, adolatli yashashga o‘igatadi. Siyosatshunoslikni men-
simagan, siyosiy tafakkur maktabini o ‘tamagan kishi jamiyatda
o ‘z o‘m ini yaxshi his eta olmay, m a’muriy-buyruqbozlik tazyiqi
oldida ojiz qoladi, o ‘zi va boshqalaming manfaatlarini dadillik,
bosiqlik bilan himoya qila olmaydi.
D em ak , ijtim o iy h ay o td a d e m o k ra tik q a d riy a tla rn i
mustahkamlash, odamlarning siyosiy va fuqarolik faolligini
oshirish, eski tuzum asoratlariga barham berib, demokratik
o'zgarishlar ko‘lamini kengaytirish hamda chuqurlashtirish uchun
har bir kishi siyosiy tafakkur maktabini o'tashi, siyosatshunoslikni
qunt bilan o ‘rganishi lozim. Qolaversa, siyosatshunoslikni
o‘rganish nafaqat alohida shaxs, balki butun jamiyat uchun ham
katta ahamiyatga ega. Bu fanni chuqur egallash jamiyatni
demokratlashtirish va isloh etish vazifalarini hal etishda muhim
o‘rin tutadi. Shu bois har bir talaba, tinglovchi va kursant unga
asosiy fanlardan biri sifatida qarashi, uni astoydil qunt bilan
o'rganishi zarur.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |