1 Ирхин Ю.В., Зотов В.Д., Зотова JI.В. Политология. — М., 2000. — С. 25.
21
birlari hamda davlat bilan o‘zaro munosabatlari mohiyatini ochib
beradi.
«Siyosiy institutlar» kategoriyasi ijtimoiy subyektlar o'rtasi-
dagi siyosiy munosabatlami tartibga solib turuvchi, muayyan
subyektlaming manfaatini ko‘zlab ish ko‘ruvchi davlat, huquqiy,
siyosiy, ijtimoiy muassasa va tashkilotlar.
«Siyosiy hayot» kategoriyasi esa siyosiy hokimiyatni joriy
qilish bilan bog'liq bo'lgan ijtimoiy hayotning bir qismi, sohasi-
ni ifoda etadi.
Siyosatshunoslik kategoriyalari umumiylik xususiyatiga ega
bo‘lib, boshqa ijtimoiy-siyosiy fanlarning ham kategoriyasi
hisoblanadi. Masalan, ong muammosini sotsiologiya fani guruh
ongi, davlat va huquq nazariyasi esa huquqiy ong muammosi
sifatida, siyosatshunoslik fani esa siyosiy ong muammosi tar-
zida o ‘rganadi, madaniyatni siyosiy madaniyat tarzida tahlil
etadi.
Siyosatshunoslikning kategoriyalari siyosatga daxldor
masalalami oydinlashtirishga, bir tushuncha orqali keng m a’-
noli fikrni umumlashtirgan holda ifodalashga xizmat qiladi.
3. Siyosatshunoslikning vazifalari va usullari
Har qanday fan singari siyosatshunoslik ham muayyan vazi-
falarni bajaradi. Siyosatshunoslikning siyosiy-ma’rifiy vazifalari
yuqorida umumiy tarzda yoritilganligi bois, quyida ushbu fan
ning aniq vazifalari xususida to‘xtalamiz:
1. Siyosiy hodisalarni bilish vazifasi. Bu vazifa orqali inson
ongida siyosiy voqelik, uning rivojlanishi haqida umumiy bilim
va tasawurlar hosil bo‘ladi. Jamiyatning siyosiy hayotida ro‘y
beradigan voqea-hodisalar va o‘zgarishlar ilmiy-nazariy jihatdan
asoslanadi.
2. Tushuntiruvchilik vazifasi orqali siyosatshunoslik siyosiy
hodisalar va jarayonlarni tushuntiradi. Siyosiy hayotda paydo
bo‘luvchi savollarga (xususan, nimaga, qanday sabablarga ko‘ra
muayyan holat kelib chiqdi kabi) javob beradi. Siyosiy tizim-
lam ing, davlat institutlari va ijtimoiy-siyosiy tashkilotlarning
o ‘rnini, vazifalarini, ularning o‘zaro munosabatlarini tushun-
tirib beradi.
22
3. Siyosatshunoslik siyosiy h odisalar va jaray o n larn i
tushuntiribgina qolmay, baholaydi ham. Bunda uning baho-
lash vazifasi o ‘z ifodasini topadi. Jahon tajribasi siyosiy
qarashlami yagona mafkuraga bo‘ysundirish g‘oyasining asos-
sizligini hamda siyosiy fikr va demokratiya rivojiga zid ekanligini
ko‘rsatdi. Hozirgi davrda siyosiy institutlar xilma-xilligi va
siyosiy plyuralizm avtoritarizm va totalitarizm g‘oyasiga zid
ravishda aholining jamiyat siyosiy hayotida kengroq ishtirok
etish in i t a ’m inlam oqda. Shundan kelib ch iq q an holda
siyosatshunoslik siyosiy tuzumni, undagi siyosiy tartiblarni,
m uassasalam i, xulq-atvor va voqealarni sinfiylik nuqtayi
nazaridan emas, balki um um insoniy qadriyatlar, ijtimoiy
ehtiyojlar asosida baholaydi.
4. Siyosiy bilimlami to'plash, to ‘ldirish va boyitish, qonun
va tushunchalami ishlab chiqish orqali siyosatshunoslik mavjud
siyosiy tuzilm alar faoliyatini, ularni yangidan tashkil etish
tamoyillarini nazariy aks ettiradiki, bu uning nazariyotchilik
vazifasiga kiradi.
5. Siyosiy jarayonlarni tahlil qilishning muayyan yo‘llarini
ishlab chiqish siyosatshunoslikning uslubiy vazifasida o ‘z ifoda
sini topadi.
6. Siyosiy voqelik dalillarini o‘iganish, to ‘plash, ularga tavsif
berish, dalillami tizimlashtirish, shu asosda siyosiy taraqqiyot
ning qonuniyatlarini ochib berish siyosatshunoslikning tavsiflash,
bayon qilish vazifasiga kiradi.
7. Siyosatshunoslik faqat nazariya emas, balki amaliyot ham-
dir. Amaliy siyosat bilan bog‘liq vazifalami bajarish asnosida
siyosatshunoslik «Ko‘zlangan siyosiy maqsadni amalga oshirish
uchun qanday qaror qabul qilish lozim yoki qanday amaliy
harakat qilish kerak?» kabi savollarga javoblar taklif qiladi.
8. Siyosatshunoslikning eng asosiy vazifalaridan biri aho
lining siyosiy madaniyatini shakllantirishdir. Zero, siyosiy
madaniyat jamiyatni birlashtirishga, elita va elektorat munosa-
batlari barqarorligini ta’minlashga, fuqaroga o‘z huquqlari, siyosiy
vazifa va manfaatlarini amalga oshirishda imkon beruvchi
muayyan ko‘nikmalami egallashga yordam beradi.
9. Shu asosda siyosatshunoslik siyosiy xulq-atvomi tartibga
23
solish va siyosiy hayotni mukammallashtirish vazifalarini ham
bajaradi.
10. Siyosatshunoslik bashorat qilish vazifasini ham ado eta
di. Siyosiy qarorlar qabul qilishda, siyosiy jarayonlar va
munosabatlarni modellashtirishda bashorat muhim ahamiyatga
ega. U jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotida obyektiv, qonuniy
jarayonlarni bilish, real siyosiy vaziyatni, uning asosiy ziddiyat-
larini va ijtimoiy kuchlar nisbatini tahlil etish asosida voqealar-
ning qaysi tomonga rivojlanishini oldindan bashorat qiladi. Bu
bilan u amaliyotda oqilona qarorlar qabul qilish, eng m a’qul,
to ‘g‘ri yo‘lni tanlashga yordam beradi.
Yuqoridagilardan tashqari siyosatshunoslik jamiyat taraqqi-
yoti, siyosiy hokimiyatning shakllanishi va amal qilishi, shaxs-
ning ijtimoiylashuvi, fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatning
shakllanishi kabi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan nazariya,
konsepsiyalarni ishlab chiqish vazifasini ham bajaradi.
Xo‘sh, bugungi sharoitda 0 ‘zbekistonda siyosatshunoslik
qanday nazariy va amaliy ahamiyat kasb etmoqda? Quyida ana
shu savollarga javob beramiz:
1) mamlakatimizning siyosiy hayotida sodir bo‘layotgan si
yosiy jarayonlarni tahlil qilish va uni jahonning rivojlangan mam-
lakatlari tajribalari bilan solishtirish asosida mamlakatimiz,
millatimiz xususiyatlariga va manfaatlariga xizmat qiluvchi siyosiy
xulosalar berish;
2) 0 ‘zbekistonning xalqaro hamjamiyatga kirib borishining
qulay yo‘llarini belgilash;
3) jam iyatda demokratik jarayonlarni rivojlantirishning
mexanizmlarini vujudga keltirish va ularning uyg‘un holatda
faoliyat ko'rsatishlariga yordamlashish;
4) fuqarolarning siyosiy madaniyati, salohiyati va faoliyatini
oshirish, ularda mamlakatimiz oldida turgan ulkan vazifalarni
bajarishida yakdillik ruhiyatini, jahonda va mintaqamizda sodir
bo‘layotgan turli o ‘zgarishlarga siyosiy hushyorlik bilan qarash
tuyg'ularini shakllantirish;
5) siyosiy barqarorlik, millatlararo totuvlik va yuksak ilmiy
salohiyat mamlakat mustaqilligini ta’minlashning, jahonning
rivojlangan mamlakatlari qatoridan munosib o ‘rin egallashning
24
asosiy sharti ekanligini yoshlarimizning ongi va qalbiga singdirish
bilan bog‘liq bo‘lgan tarbiya vazifasini amalga oshiradi1.
Siyosatshunoslik siyosiy hodisa va jarayonlarni o ‘rganishda
xilma-xil usullardan foydalanadi. Bu usullar uning predmetini
chuqurroq va har tomonlama bilish imkonini beradi. Eng ko‘p
qo‘llaniladigan ahamiyatga molik usullarni uch guruhga bo‘lish
mumkin:
— siyosatni tadqiq etishning umumiy usullari (Ularni zamo-
naviy siyosatshunoslikda ko‘pincha «umumiy yondashuvlar» deb
ham atashadi);
— siyosatni tadqiq etishning umummantiqiy usullari;
— empirik tadqiqot usullari.
Birinchi guruhdagi eng muhim usul yoki yondashuvlardan
biri —
Download Do'stlaringiz bilan baham: |