Xiii|
siyosiy mafkura — bu muayyan ijtimoiy guruhning hoki
miyat^ intilishini yoki undan foydalanishini asoslovchi va siyosiy
harakqffiing и yoki bu strategiyasini ко ‘zda tutuvchig‘oyaviy tizim-
dir.
Agai- fanning vazifasi haqiqatni izlash bo‘lsa,
mafkuraning
vazifa8j aholining ommaviy siyosiy ongini egallashdir. Aholini
real bifi^shtirish qobiliyati muayyan mafkuradagi g‘oya va qoida-
lar kisyarning yaxshi turmush tarzi haqidagi kundalik qarashlari
va tas^vurlariga qanchalik mos kelishiga bog‘liq.
S%$iy mafkura zamon va makondan tashqarida bo‘lgan
mavhufl ruhiy hodisa emas. U muayyan tarixiy sharoit bilan bog‘liq
— aniq jjtimoiy mazmunga ega bo‘lgan m a’naviy hodisadir. Har
bir ta%jy davr o‘ziga xos va o‘ziga mos mafkuraviy oqimlarni
ilgari %adi. Bundan hozirgi zamon ham mustasno emas.
Hcizjrgi zamonning eng yirik mafkuraviy oqimlari libera-
lizm, tanservatizm va sotsial-demokratiyadir.
Lil)efalizm — lotincha «libiralis» so‘zidan olingan bo‘lib, «er
kin» degan m a’noni anglatadi. U XVII—XVIII asrlarda m a’rifat-
parvai|jjc g‘oyalari negizida burjua
sinfi mafkurasi sifatida
shakllandi. Bu mafkuraning asosiy qoidalari J. Lokk, T. Gobbs,
Sh. Moiiteskyo, A. Smit, T. Jefferson asarlarida ishlab chiqildi
va aso^ndi.
Li%alizm poydevorini shaxs erkinligi,
uning jamiyatdagi
barch^ jostitutlarga nisbatan eng oliy qadriyat ekanligi, shaxs-
ning bajn o ‘z oldida, ham jamiyat oldida mas’ulligi, barcha
kishila^ing o ‘zini-o‘zi ro‘yobga chiqarish huquqini tan olishligi
kabi pfjflsiplar tashkil etadi. Bu mafkura parlament tuzumining,
muhm, $iyosiy muammolarni hal etishda murosai-madora, ke-
lishuvjiijig tarafdoridir.
U ^ v la tn in g k o ‘payib ketgan
iq tiso d iy va ijtim oiy
funksiya|ariga salbiy munosabatdadir. Liberalizm hokimiyatning
taqsirn]apishi, siyosiy plyuralizm, elitalar raqobati, qonunning
ustuvorijgini e ’tirof etadi. Fuqarolaming huquq va erkinliklarini
ta ’mi%shni o ‘zining asosiy m aqsadi deb biladi.
Boshqa
kishilaming qarashlari va e’tiqodlariga sabr-toqatli bo'lishlik
himoya qilinadi. Erkinlik prinsipi liberalizm tarafdorlari
tomoni^n davlat cheklashlaridan erkin b o ‘lishlik sifatida talqin
241
etiladi. Bu g'oyani Lokk inson o‘ziga nima kerakligini har qan
day hukumatdan ko‘ra yaxshi biladi, deb talqin etgan edi.
Liberalizm hokimiyatni meros qilib qoldirishning barcha
shakllariga va tabaqaviy imtiyozlarga qarshi chiqadi. «Davlat —
tungi qorovul» mazmunidagi g‘oyani ilgari suradi. Bu g‘oyaning
mazmuni shuki, davlat faqat ijtimoiy tartibni qo‘riqlash va
mamlakatni tashqi tahdiddan himoya qilishni ta ’minlaydigan,
kamroq, lekin kerakli vazifalar bilan ta’minlanishi kerak. Shuning
uchun aynan liberalizmda fuqarolik jamiyatining davlat ustidan
ustuvorligi g‘oyasi qaror topdi va amalga oshirilmoqda.
Lokk fuqarolik jamiyati — bu doimiy kattalik,
davlat esa
undan kelib chiquvchi, deb yozgan edi.
Liberalizm erkinlikning bozor talqinini tadbirkorlik erkinligi
sifatida baholaydi. Ya’ni, bu mafkura erkinlik va xususiy mulkning
o‘xshashligiga asoslanadi. Unda xususiy mulk inson erkinligining
kafolati va o‘lchovi sifatida qaraladi. Iqtisodiy erkinlikdan siyosiy
va fuqarolik erkinligi keltirib chiqariladi. Klassik liberalizm
g‘oyalari anglo-sakon mamlakatlarida, awalo, AQSHning siyosiy
va iqtisodiy taraqqiyotida o‘zining bir qadar to ‘laroq ifodasini
topdi. AQSHda individualizm jamiyat tuzilishining bosh prinsipi
sifatida qaraladi. Mustaqillik va o ‘zining kuchiga tayanish,
raqobat erkinligi amerikacha turmush tarzining asosiy g‘oyaviy
ustunlaridir.
Neoliberalizm. Ijtimoiy-iqtisodiy o ‘zgarishlar ta’sirida XX
asming 30-yillarida liberalizm neoliberalizmga o ‘sib o ‘tdi. Unda
AQSH prezidenti T. Ruzveltning «Yangi yo‘li» katta o‘rin tutdi.
Ruzvelt davlatning iqtisodiy va ijtimoiy roli masalasini qaytadan
ko‘rib chiqdi. Neoliberallar davlatning iqtisodiy munosabatlami
tartibga solishi, faol ijtimoiy siyosat olib
borishi zarurligini tan
oladilar. Ular ijtimoiy adolatni o‘matishni, monopoliyalaming
hokimiyatini cheklashni, moddiy boyliklami soliq tizimi va
davlatning ijtimoiy dasturlari orqali jamiyatning quyi qatlamlari
foydasiga qayta taqsimlashni yoqlab chiqadilar.
Shuningdek,
liberalizmda boshqaruvchi va boshqariluvchilarning o‘zaro
kelishuvi, siyosiy jarayonda ommaning ishtirok etishi zarurligi,
siyosiy qarorlami qabul qilish amaliyotini demokratlashtirish
muhim xarakterli xususiyatdir.
242
Umuman, liberalizm G'arb demokratiyasining g‘oyaviy asosi,
AQSHda esa AQSH demokratik partiyasining g'oyaviy-nazariy
mafkurasidir.
Hozirgi zamonning yana bir mafkuraviy oqimi konserva-
tizm bo‘lib, u lotincha «konservare» so'zidan
kelib chiqqan
hamda «saqlash», «qo‘riqlash», «buzilib ketishdan saqlab qolmoq»
degan m a’nolami anglatadi. ,
Download
Do'stlaringiz bilan baham: