Guruhlarda ishlash qoidasi
Sherigingizni diqqat bilan tinglang.
Guruh ishlarida o’zaro faol ishtirok eting, berilgan topshiriqlarga javobgarlik bilan yondoshing.
Agar sisga yordam kerak bo’sa, albatta guruh a’zolariga murojaat qiling
Agar sizdan yordam so’rashsa, albatta yordam bering.
Guruhlar faoliyati natijalarini baholashda hamma ishtirok etishi shart!
Shuni tushunmog’ingiz lozim:
Boshqalarga o’rgatish orqali o’zimiz o’rganamiz;
Biz bir kemadamiz: yoki birgalikda suzib chiqamiz, yoki birgalikda cho’kib ketamiz;
3-Ilova
“Tushunchalar taxlili” usuli uchun ekspert varag’i
1-Kichik guruh uchun topshiriq
TUSHUNCHA
|
MAZMUNI
|
Glomerulonefrit
|
|
Sistit
|
|
Oligouriya
|
|
2-Kichik guruh uchun topshiriq
TUSHUNCHA
|
MAZMUNI
|
Piyelonefrit
|
|
Nefrozlar
|
|
Anuriya
|
|
3-Kichik guruh uchun topshiriq
TUSHUNCHA
|
MAZMUNI
|
Nefrosirroz
|
|
Poliuriya
|
|
Uretrut
|
|
4-ilova
“KLASTER”
yetilgan va birlamchi follikulalar
katta va kichik jinsiy lablar
lateral
ichki (mag’iz)qavat
tashqi (po’stloq) qavat
medial
yuzalari
qov do’ngi
qavariq (orqa) erkin
qin dahlizi
chekkalari
oldingi tutqichli
tuxumdon
tuxumdon darvozasi
Tashqi
klitor
qin
Ayollarning jinsiy a’zolari
Ichki
Devorlari
bachadon nayi
bachadon nayi kengaymasi
qizlik pardasi
oldingi
bachadon
orqa
devorlari
nay shokilalari
bachadon devoridagi qismi
tubi
tanasi
bachadon nayi bo’g’zi
bo’yni
Perimetriy
miometriy
qin ichi qismi
qin usti qismi
endometriy
MAVZU: AYOLLAR TASHQI VA ICHKI JINSIY A’ZOLARI
LAKTASIYA-ONA SUTINING TARKIBI
Tashqi jinsiy a’zolar (Genitalia externa)
Tashqi jinsiy a’zolarga qov, katta va kichik (uyatli) jinsiy lablar, klitor, qin dahlizi, uning katta bezlari - Bartolin bezlari kiradi. Tashki va ichki jinsiy a’zolar o’rtasidagi chegara qizlik pardasi (hymen) hisoblanadi.
Qov (mons pubis)- simfizning oldingi va yuqori tomonida joylashgan, teri ostidagi yog’ qatlami qalin bo’ladigan uchburchak tepacha (qov do’mbog’i) dan iborat.
Qovning yuqori chegarasi terining ko’ndalang egatchasidan iborat bo’lib, qov usti burmasi deb ataladi; qovdan o’ng va chap tomonda qov burmalari bor, qov orqa tomondan katta jinsiy lablarga qo’shilib ketadi. Qov jun bilan qoplangan. Voyaga yetgan qizlarda qovdagi junning yuqori chegarasi gorizontal chiziq shaklida bo’ladi. Bunga qarama- qarshi o’laroq erkaklarda qov junining yuqori chegarasi yuqoriga tomon o’tkirlanib, qorinning oq chizig’i bo’ylab ba’zan kindikkacha boradi. Bolalik davrida qov junsiz bo’ladi, keksalik davrida esa qovdagi jun siyraklashib qoladi.
Qov junining o’sishi tuxumdonlarning va qisman buyrak usti bezlari po’stlog’ining faoliyatiga bog’liq. Ba’zi ayollarda qov juni erkaklardagiga o’xshash joylashgan yoki yetarlicha qalin bo’lmaydi, bu esa jinsiy a’zolarning yaxshi yetilmasligidan va tuxumdonlar funksiyasining yetarli emasligidan dalolat beradi.
Katta jinsiy lablar (labia pudendae majora) - uzunasiga ketgan, jinsiy yoriqni ikkala tomondan chegaralab turadigan ikkita teri burmasidan iborat. Teri ostida qalin yog’ qatlami bor, undan qon tomirlar, nervlar va fibroz tolalar o’tadi. Katta jinsiy lablar oldingi tomonda qov terisiga o’tadi, orqa tomonda esa sekin-asta torayib pastga tushadi va o’rta chiziqda bir- biriga qo’shilib, orqadagi bitishma (commissura labiorum posterior) ni hosil kiladi. Katta jinsiy lablar sirtini jun bosgan, ter va yog’ bezlari bor. Katta jinsiy lablarning ichki yuzasi shilliq pardaga o’xshaydigan nozik pushti rang teri bilan qoplangan. Katta jinsiy lablar orasi jinsiy yoriq (rima pudendi) deb ataladi.
Katta jinsiy lablar bag’rida qin dahlizining katta bezlari — Bartolin bezlari (glandulae Bartholinii) joylashgan.Ular yumaloq, loviyadek keladigan alveolyar-naysimon bezlardir. Bezlarning alveolalari epiteliy bilan qoplangan, bu epiteliy sekret ishlab chiqaradi. Sekret bez yo’li orqali tashqariga chiqadi, bu yo’lning uzunligi 1,5-2 sm. Bezlar katta jinsiy lablarning orqa bo’limlari bag’rida yotadi, ulaming chiqarish yo’llari kichik jinsiy lablar bilan qizlik pardasi (yoki uning qoldiklari) dan hosil bo’lgan egatga ochiladi.
Bartolin bezlarini katta jinsiy lablar asosida, orqadagi bitishma yaqinida paypaslab topish mumkin.Bartolin bezlarining sekreti oqimtir, ishqoriy reaksiyali, o’ziga xos hidli bo’lib, odatda jinsiy qo’zgalish paytida tashqariga chiqadi.Bartolin bezlarining sekreti qin dahlizi va qin og’zini namlaydi, urug’ suyuqligini suyultiradi, bu esa spermatozoidlar harakatiga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |