(arab. sunna— odat, an’ana, xatti-harakat tarzi) islom dinidagi 2 asosiy yo’nalishdan biri va eng keng tarqalgani. Jahondagi barcha musulmonlarning taxminan 90 % i sunniylikka mansub. Sunniylikda to’rtta diniy-huquqiy mazhab (hanafiylik, molikiylik, shofi’iylik, hanbaliylik) mavjud. Sunniylik islomda an’anaviy e’tiqod yo’li deb e’tirof etilib kelgan.
Shialik (arab.-guruh, tarafdorlar) – o’zining tarqalishi va ijtimoiy-siyosiy mohiyati bilan sunniylikdan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Hozir jahonda musulmonlarning 8 % shialikka mansub hisoblanadi. Shialik VII asr o’rtalarida xalifa Ali hokimiyati tarafdorlaridan iborat siyosiy guruh sifatida vujudga kelgan. VII asr oxirlariga kelib Iroq va Eronda keng tarqalgan va islomdagi mustaqil diniy yo’nalishga aylangan.
Xorijiylar (arab. - ajralib chiqqan, isyonchi) - islomdagi ilk oqim tarafdorlari. Xalifa Ali bilan umaviylar o’rtasidagi kurash davomida VII asrning 2-yarmi boshlarida vujudga kelgan. Keyinchalik xorijiylar bir necha mayda guruhlarga bo’linib ketgan. Umaviy va abbosiy xalifalar VII-IX acrlarda xorijiylarga qarshi keskin kurash olib borgan.
2) Islomdagi sektalar (firqalar), mohiyatan aqidaviy ta’limot va marosimchilik masalalarida bir-biridan farqlanadigan diniy guruhlar. Islom sektalarining eng ko’pi shialikdan ajralib chiqqan, bulardan qarmatlar, ismoiliylar, zaydiylar, nusayriylar, aliilohiylar, druzlar va boshqalar, hamda ular ichidan ajralib chiqqan ko’p kichik sektalarni, bobiylik, bahoiylik kabilarni tilga olish mumkin. Sunniylikdan ham o’rta asr oxirlari va yangi davrda turli sekta va oqimlar ajralib chiqqan: ravshaniylar, ahmadiya, voisovchilar sektalarini, vahhobiylar, mahdiylar, panislomizm kabi diniy-siyosiy oqimlarni ko’rsatish mumkin. Masalan, zamona oxir bo’lishi va Imom Mahdiyning kelishi haqidagi diniy ta’limot. Zamona oxir bo’lganda “yashiringan imom” yerga qaytib kelib, adolatli tuzum o’rnatadi, degan e’tiqod dastlab shialar o’rtasida kelib chiqqan. Keyinchalik bu ta’limot sunniylarga ham o’tgan. Islom mamlakatlarida mahdiylik g’oyalaridan ayrim davlatga qarshi harakatlarning rahnamolari ham foydalangan (Erondagi bobiylik harakati).
Ismoiliylar – shialik ichida vujudga kelgan firqalardan birining tarafdorlari. Ushbu haakat VIII asr o’rtalarida boshlangan, X-XI asrlarda Yaqin va O’rta Sharqda keng tarqalgan imom Ja’far as-Sodiq vorisi masalasi yuzasidan shialar o’rtasida kelib chiqqan ixtilof bilan bog’liq. Ismoiliylar turli davrlarda turli nomlar bilan atalgan: botiniylar, sa’biylar, ta’limiylar, mulhidlar va h.k. IX asrning ikkinchi yarmidan ismoiliylik ta’limoti tarafdorlarini qarmatlar deb atay boshlaganlar. Qarmatlar harakati Janubiy Iroqda vujudga kelgan, Suriya va Yamanda tarqalgan. Harakat o’z nomini uning rahbari va tashkilotchisi Hamdon ibn al-Ash’asning laqabi Qarmatdan olgan. Qarmatiylar yerga jamoa egaligini, umumiy (qullardan tashqari) tenglik g’oyalarini targ’ib etishgan. Ular islom marosimlarini bajarishmagan, shariat qoidalarini tan olmagan, ularda masjidlar bo’lmagan.
3) Mazhablar, shariat mazhablari ham islomdagi ajralishning alohida shaklidan iborat.
4) Ilohiyot oqimlari bo’lib, ular islom ilohiyotining shakllanish bosqichida ilohiyotga oid ayrim masalalar bo’yicha ixtiloflar tufayli vujudga kelgan. Bulardan ash’ariylar, jabariylar, qadariylar, sifatiylar, mu’taziliylar va boshqalarni ko’rsatish mumkin. Masalan, ash’ariylar kalomning asosiy yo’nalishlaridan biri-Ash’ariy maktabi tarafdorlaridir. Ash’ariylarning dunyoqarashida aql diniy an’ana-naqldan ustun qo’yiladi. Ash’ariylarning qarashlarini eng avval Eronda (X asr) keng tarqalgan shofi’iylik mazhabi tarafdorlari qabul qilganlar. Bu ta’liaot Boqiloniy, G’azzoliy va boshqalarning asarlari tufayli musulmon olamida katta ta’sirga ega bo’lib, kalomning eng keng tarqalgan oqimiga aylangan.
5) Sufiylik yoki tasavvuf tariqatlari. Sufiylik g’oyalari keng tarqalgach, musulmon mamlakatalarida har biri o’z yo’li (suluk) ni olib borgan sufiylik pirlari nomi bilan bog’liq ravishda juda ko’p uyushmalar paydo bo’lgan. Umuman olganda o’ttizdan ortiq turli tariqatlar mavjud, ulardan O’rta Osiyoda vujudga kelgan naqshbandiylik, yassaviylik, kubraviylik, Kavkazda vujudga kelgan muridchilik va h.k. lar mashhur. Masalan, muridchilik sfiylikning shimoliy Kavkazda keng yoyilgan shakli bo’lib, sufiylik ta’limotining zohidlik, murshidlik va imomat
Do'stlaringiz bilan baham: |