Sitoplazmatik irsiyat va o’zgaruvchanlik


Belgilarning birikkan holda irsiylanishi. Krossingover hodisasi



Download 195,5 Kb.
bet5/7
Sana13.06.2022
Hajmi195,5 Kb.
#665477
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Irsiyat

Belgilarning birikkan holda irsiylanishi. Krossingover hodisasi
Tajribalarda belgilarning mustaqil ravishda nasldan-naslga berilishi bilan bir qatorda ularning bog‘langan holatda gruppa bо‘lib nasldan-naslga о‘tishi ham aniqlangan. Har bir xromosomadan juda kо‘p gen bо‘lib, ular о‘zaro birikkan holda shu xromosoma bilan birga nasldan-naslga beriladi. Agar genlar gomologik (о‘xshash) bо‘lmagan har xil xromosomalarda bо‘lsa, ular erkin birikadi va mustaqil holatda nasldan-naslga о‘tadi. Genlarning bog‘lanish hodisasini о‘rganish genlar xromosomada izchillik bilan joylashishini va ular о‘rtasidagi masofani aniqlashga imkon beradi. Har bir juft gomologik xromosomalarga joylashgan va gruppa bо‘lib nasldan-naslga о‘tadigan genlar bog‘langan genlar gruppasini hosil qiladi. Genlarning erkin holda kombinatsiyalanishini cheklovchi, birgalikda nasldan-naslga о‘tadigan genlar birikkan (bog‘langan) genlar deyiladi. Bitta xromosomada joylashgan barcha genlar bog‘langan genlar gruppasini tashkil etadi. Har bir bog‘langan gruppaning genlari boshqa gruppaga bog‘liq bо‘lmagan (mustaqil) holatda nasldan-naslga о‘tadi. Bu hodisani 1906 yilda B.Betson va R.Pennet yovvoyi gurux о‘simligi ustida о‘tkazilgan tajribalarida kuzatganlar. Ular chang donachasining shakli va gulining rangi bilan farqlanadigan о‘simliklarni chatishtirib, durgayning ikkinchi bо‘g‘inida (F2 da) fenotip bо‘yicha 9:3:3:1 nisbatda ajralish sodir bо‘lmasligini aniqladilar. Bu hodisaning mohiyati T.Morgan va uning shogirdlari A.Stertevant, G.Myuller, K.Bridjeslar olib borgan katta ilmiy ishlar tufayli ochib berildi. Genlarning о‘zaro bog‘langan holda nasldan-naslga о‘tishi drozofila pashshasi misolida sinchiklab о‘rganildi. Bu pashshada kul rang tana (S) va qisqa qanotlilik (q) belgilarini rivojlantiruvchi genlar bir xromosomada, qora tana (s) va uzun qanotlilik (D) belgilarini rivojlantiruvchi genlar esa boshqa gomologik xroosomada bо‘ladi. Kul rang tanali (S) va qisqa qanotli (q) erkak pasha, qora tanali (s) hamda uzun qatnotli (D) urg‘ochi pashsha bilan chatishtirilsa, duragay pashshalarning birinchi bо‘g‘ini kul rang tanali va uzun qanotli bо‘ladi. Ularga urg‘ochi pashshadan qora tana va uzun qanotlilik genlarini saqlovchi xromasoma, erkak pashshadan esa kulrang tana hamda qisqa qanotlilik genlarini saqlovchi xromasoma beriladi. Duragay erkak pashsha ikki xil spermatazoid hosil qiladi: birining xromasomasi kulrang tana va kalta qanotlilik belgilarini boshqaruvchi genga, ikkinchisiniki qora tana va uzun qanotlilik belgilarni boshqaruvchi genga ega bо‘ladi. Agar bunday erkak pashshalar qora tanali va kalta qanotli urg‘ochi pashshalar bilan chatishtirilsa, ularning bо‘g‘inida ikki xil pashshalar: qora tanali, uzun qanotli (50%), shuningdek, kulrang tanali, kalta qanotli (50%) pashshalar teng nisbatda hosil bо‘ladi.
Shunday qilib, ikki juft gen bо‘yicha tо‘liq bog‘lanish bо‘lganda duragaylar faqat ikki xil organizmlardan: kulrang tanali, uzun qanoli va qora qanotli, kalta qanotlilardan iborat bо‘ladi. Bu birikish genlarning bitta xromasomada bо‘lishiga bog‘liq. Meyozda ular tarqalib ketmaydi (bir-biridan ajralmaydi) va birgalikda nasldan-naslga о‘tadi. Bitta xromasomalardagi genlarning о‘zaro bog‘lanish qonuni Morgan qonuni deyiladi.
Morgan fanda birinchi bо‘lib genlar о‘zaro birikishinining moddiy negizi xromasoma ekanligini aniqladi. Turga xos xromasomalar qancha kо‘p bо‘lsa, ulardagi genlarning birikish gurupalarini aniqlash ham shuncha qiyin bо‘ladi. Shuning uchun amaliy jihatdan foydali hisoblangan kо‘p о‘simliklar va chorva mollari genlarining birikish guruppalari tо‘liq aniqlagan emas. Genlar birikish guruppasining soni gomologik xromasomalar juftining soniga tengdir. Masalan, odamda 23, makkajо‘xorida 10, nо‘xatda 7 va drozofilada 4 juft xromasoma bо‘lib, ularda genlarning 23,10,7 va 4 ta birikish gruppasi mavjud. Genlarning о‘zaro tо‘liq bog‘langan holda nasldan-naslga о‘tishdan tashqari ularning tо‘liq bо‘lmagan holda bog‘lanib, bо‘g‘indan bо‘g‘inga berilish hodisasi ham ma’lum. Bu qonuniyat avvolo meva pashshasida kuzatilgan. Durgayning birinchi bо‘g‘ini (F1) da kulrang tanali, uzun qanotli urg‘ochi pashshalar olinib, ular qora tanali kalta qanotli pashshalar bilan chatishtirilsa, yangi bо‘g‘ining 83% ota-onalariga о‘xshash, 17% esa belgilarining kombinitsiyasi natijasida paydo bо‘lgan yangi xil pashshalardan iborat bо‘ladi. Belgilari ota-ona pashshalarinikidan farq qiladi, yangi xil pashshalar qanday vujudga keladi degan savolga 1911 yilda T.Morgan va uning shogirdlari gomologik juft xromosomalarda genlar doimo о‘rin almashtirib turishini isbotlash bilan javob beradilar.
Meyozning propaza I dagi zigonemada gomologik xromasomalar konyugatsiyalanganda ular bir-biridan ajralib ketishida qismlarini (genlarini) о‘zaro almashtiradi. Natijada tarkibidagi genlar boshqa bir xil bо‘lgan xromasomalar hosil bо‘ladi va bu hodisa krossingover deyiladi.
Kerossingover gomologik xromasomalarda joylashgan genlarning yangi birikmalari hosil bо‘lishi, natijasida yangi belgilarga ega bо‘lgan avlodlar dunyoga kelishi va rivojlanishiga sabab bо‘ladi.
Krossingover tabiiy tanlanish va seleksiya uchun muhim ahamiyatga egadir. Krossingoverni chuqur о‘rganish, genlarning genotik kartasining, Ya’ni har bir birikish grupasida genlarning nisbiy joylashish sxemasini tuzish imkonyatini yaratdi. Juda ham kо‘p chatishtirishlar о‘tkazish natijasida barcha genlar xromasomada bir chiziqda joylashishi aniqlangach, genetik karta sxema tuzish mumkin bо‘ladi. Xromasomalarning genetik kartasini о‘rganish genlar xromasoma uzunligi bо‘ylab bir tekis tarqalmasligini ham kо‘satadi. Xromasomaning ba’zi qisimlari genetik jihatdan faol bо‘lmasligi ham mumkin ekan.
Irsiyatning xromasoma nazariyasini о‘rganish quyidagi xulosalarga olib keladi:
1.Genlar xromasomalarda muntazam bir chiziqda joylashgan bо‘lib, birikish guruppalarini hisob qiladi. Birikish gruppalarining soni gomologik xromasomalar juftining soniga teng.

Download 195,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish