Sitologiyaning mazmuni va uning tarixi



Download 17,83 Kb.
bet1/2
Sana26.02.2022
Hajmi17,83 Kb.
#471077
  1   2
Bog'liq
Sitologiyaning mazmuni va uning tarixi  


Sitologiyaning mazmuni va uning tarixi
1. Kirish.
2. Sitologiyaning mazmuni va uning vazifalari.
3. Sitologiyaning qisqacha rivojlanish tarixi.

Sitologiya hujayralarning taraqqiyoti, tuzilishi va faoliyatini o‘rganadi. Sitologiya so‘zi (lotincha-cellulla, yunoncha-cutos) hujayra haqidagi (logos-fan) ta’limot degan ma’noni bildiradi.


Bu fanning predmeti tirik organizmlardagi hujayralardir.
Xujayra-o‘simlik va hayvon organizmlarining takomillashishi, rivojlanishi, tuzilishi va yashash jarayonining asosi bo‘lib hisoblanadi.
Tirik organizmning butun hayot davomidagi hayotiy jarayonlar: moddalar almashinuvi, hujayralarning hosil bo‘lib, doimo yangilanib turishi, irsiy belgilarning ijro etilishi, nasl qoldirishi va organizmni tashqi muxit bilan bog‘lab turish Xujayraning xarakaterli hususiyatidir.
Sitologiya fanining asosiy vazifasi-Xujayraning tuzilishi, funksiyasi, ularda moddalar almashinuvi, rivojlanishi, ko‘payishi va kelib chiqishni tashqi muhit munosabatiga bog‘langan holda o‘rganish va samarali yutuqlarini xalq xo‘jaligida tadbiq etishdir.
Bo‘lajak har bir biolog juda ko‘pgina biologik fanlarni o‘rganadi va bu fanlarning hammasi tirik organizm xususiyatlarni o‘rganadigan fanlar bo‘lib, bu organizmlarning asosiy tuzilish birligi hujayralardir. Shunday ekan biz o‘rganadigan sitologiya ana shu hujayralar to‘g‘risida bo‘lib, bu fanlar bilan bevosita bog‘liqdir. Ayniqsa gistologiya, embriologiya, anatomiya, fiziologiya, biokimyo, biofizika, genetika va molekulyar biologik fanlar bilan uzviy bog‘liqdir Sitologiya fani ham, boshqa fanlar kabi, tabiatning obektiv qonuniyatlarini o‘rganishda zamonaviy falsafa, dialektik tushuncha asoslari bilan bog‘liq holda o‘rganiladi.
Xujayraning taraqqiyotini va tuzilishini o‘rganish CH.Darvinning evolyusiya ta’limotiga asoslanib olib boriladi. Tirik organizmning tanasini hosil qiluvchi hujayralar tarixiy taraqqiyot natijasida oddiylikdan murakkablikka erishgan, organik tabiat yaratgan evolyusion jarayonning mahsuli deb qaraladi.
Xujayra faoliyatini o‘rganish tashqi muhit bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan organizmning bir butunligi nuqtai nazaridan olib boriladi.
Sitologiyani o‘rganish va sitologik o‘rganish usullarning natijalari tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, biotexnologiya, gen injeneriyasi va veterinariya sohalarida keng ko‘lamda qo‘llaniladi.
Odam organizmi ham hujayralardan tuzilgan ekan, barcha fiziologik, patologik jarayonlarni o‘rganish sitologik asosda olib boriladi. Masalan, kasaliklarni aniqlashda, har bir Xujayraning faoliyatini hisobga olish zarur. Shunday ekan bu sohada sitologik tekshuruv usullari va bu fanning yutuqlar katta o‘rin tutadi.
Qishloq xo‘jalik ekinlari va hayvonlarini o‘rganishda yoki ulardan samarali foydalanishda, yangi nav va zotlarini yaratishda bevosita hujayralardagi jarayonlar asos bo‘lib hisoblanadi.Albatta bu borada genetika va seleksiya asoslari fanida batafsil to‘xtalinadi. Umuman olganda Sitologiya fanining xalq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirishdagi ahamiyati kattadir. Shu sababli ham bu fan asosida molekulyar biologiya, biotexnologiya, gen injeniriyasi kabi yangi fanlar taraqqiy etmoqda.
Sitologiya fani o‘z oldiga quyidagi aniq asosiy vazifalarni qo‘yadi: 1-hujayralarning ultrastrukturasi, funksiyasi va rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganish;
2-o‘simlik, hayvon va odam organizmining sitologik tuzilishidagi ekologik sharoitga va yoshga bog‘liq o‘zgarishlarni o‘rganadi; 3-hujayralardagi morfogenez jarayonlarni boshqarishda nerv, endokrin va immun sistemalarning rolini aniqlashtiradi; 4-turli xil biologik, fizik, kimyoviy va boshqa omillar ta’sirida tirik organizm hujayralarning moslanishivuni, o‘zgarishlarni analiz qiladi;
5-hujayralarning differensiyalanish va regenerasiyasi qonuniyatlarini o‘rganadi.

SITOLOGIYANING QISQACHA RIVOJLANISH


TARIXI

Xujayraning o‘rganilishi mikroskopning kashf etilishiga bog‘liqdir. Birinchi mikroskopni ko‘zoynak ustasi Zaxariy Yansen 1590 yilda yasagan.


Ma’lumki XVII asr boshlarida G.Galiley dastlabki teleskop yaratdi. 1609-1610 yillarda esa soddaroq bo‘lsa ham mikroskop konstruksiyasini ishlab chiqdi.
Ammo mikroskop va uni ilmiy yo‘nalishda qo‘lash hamon olimlar nazaridan chetda qolaverdi. Faqat XVII asrning o‘rtalariga kelganda ingliz fizigi Robert Guk (1635-1703) 1665 yilga kelib mikroskopni takomillashtiradi va unda o‘simliklarning tuzilishini o‘rganadi. Undagi mayda katakchalarni ko‘rib, ularga hujayra degan nom beradi.
Mikroskop bilan qiziqib qolgan Marchello Malpigi (1628-1694) birinchi bo‘lib hayvonlar terisi, talog‘i, buyragi va boshqa organlarning mikroskopik tuzilinishi o‘rganadi. Natijada u birinchi bo‘lib tasvirlab bergan organlarning ayrim strukturalari uning nomi bilan ataladigan bo‘ldi. Masalan, Malpigi buyrak koptokchalari, Malpigi qavati, Malpigi tanachasi va boshqalar shular jumlasidandir. Botanik olim Neyemiya Gryu (1641-1712) to‘qimalar haqida tadqiqot ishlari olib borib, birinchi marta fanga to‘qima tushunchasini kiritdi. Ayniqsa 1677 yilga kelganda gollandiyalik havaskor mikroskopchi Anton van Levinguk (1632-1723) obektni 300 marta kattalashtirib ko‘rsatadigan mikroskop ixtiro qildi. o‘sha davr uchun juda ulkan ixtiro bo‘lgan bu mikroskop yordamida u suv tochisidagi mikroorganizmlarni, ularning harakatini ko‘ndalang yo‘lli muskullar, nerv va paylar tuzilishini o‘rganib tasvirlab beradi.
Bu ishlar o‘sha zamon uchun nixoyatda qiziqarli bo‘lishiga qaramay, ilmiy nuqtai nazardan chuqur sistemaga solinmagan edi. Shunday bo‘lsa ham ma’lumki, mikroskopning kashf qilinishi va uning vositasida tuqima hamda Xujayraning ixtiro etilishi organizmning mikroskopik tuzilinishni o‘rganishda kelajak olimlari uchun keng yo‘l ochib berdi.
Chex olimi Y.YE.Purkine (1787-1869) birinchi bo‘lib tuxum hujayralarning murakkab tuzilishini tasvirlaydi va urug‘langan hujayrani o‘rganadi.
Matias Shleyden (1804-1881) 1883 yilda o‘simlik hujayralarning paydo bo‘lishi nazariyasining yaratilishida katta rol o‘ynaydi.
1839 yilda nemis zoologi Myullerning shogirdi Teodor Shvann (1810-1882) hayvon hujayralarini o‘rganib “Hayvon va o‘simliklar o‘sishi va tuzilishining mutanosibligiga doir mikroskopik tadqiqot” kitobini bosmadan chiqaradi. Bu kitob esa hujayra nazariyasini ta’riflashga asos bo‘ldi. Shuning uchun ham hujayra nazariyasining asoschisi T.Shvann bo‘lib qoldi.
Xujayra nazariyasining asosiy qoidalari hozirgi kunda quyidagilardan iborat:
1.Xayot asosan hujayra shaklida mavjud bo‘lib, barcha organizmlar hujayralardan tashkil topgan. Xujayra tirik tabiatning bir bo‘lagi va unga tiriklik hususiyatlarning barchasi hos bo‘lib, hujayra modda almashish, ko‘payish, strukturaviy va irsiy elementar birlikdir.
2. Xujayra biologik informasiya ro‘y beradigan va bu jarayon qayta ishlanadigan hamda xosil bo‘lgan energiyani yig‘uvchi, sarf qiluvchi, boshqa xil energiyaga aylantiruvchi murakkab tuzilmadir.
3. Hayotning uzviyligi asosan hujayralardandir; hujayra umuman irsiyatning asosini tashkil etadi.
4. Xujayra barcha tirik mavjudotlarning elementar birligidir, turli organizm hujayralari umumiy tuzilishga ega va ular bo‘linib yangi hujayra hosil qiladi.
XIX asrning oxirlarida Sitologiya mustaqil fan sifatida rivojlana boshladi.
Xujayra nazariyasining rivojlanishida 1858 yilda chop etilgan nemis potoligi R.Virxovning “Sellyulyar potoligiya” asari katta o‘rin tutadi. R.Virxov kasaliklarni hujayralar tuzilishining o‘zgarishi bilan ta’rifladi. Bu tadqiqot yangi ta’limot-“hujayra potologiyasi”ning kelib chiqishiga asos bo‘ldi.
Uning “hujayra-hujayradan” degan iborasi Sitologiyaning rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Bu esa xozirgi vaqtda hujayra-Xujayraning bo‘linishi natijasida xosil bo‘ladi ma’noni anglatadi. R.Virxovning hujayralardan tashqarida hayot yo‘q degan iborasi qadrini yo‘qotgani yo‘q.
Ammo R.Virxovning tushunchalari xatodan xoli emas. U potologik jarayon alohida hujayralar yig‘indisi deb tushuntirgan, ya’ni organizmning umumiy bog‘liqligini xisobga olmagan.
I.D.Chistyakov (1878)karikonez bo‘lishning ayrim tomonlarni tekshirdi, lekin to‘liq ta’riflab berolmadi. Karikonez bo‘lishining asosiy bosqichlarini birinchi marta E.Strasburger o‘zining “hujayralar xosil bo‘lishi va hujayralar bo‘linihi to‘g‘risida” (1875) nomli asarida to‘la tasvirlab berdi. U hujayralar bo‘linish davrida yadro yo‘qolib ketmasdan, balki o‘zgarib, natijada ikkita qiz yadro hosil bo‘lishini aniqladi. Lekin u mitoz fazalarining ketma-ketligini ta’riflab berolmagan.
Hayvon hujayralari (somatik) yadrolarning bo‘linish prosessini kiyevlik olim P.I.Peremejko tomonidan (1878) triton terisining epiteliysi misolida o‘rganildi. Biroq u ham bo‘linish jarayonining ketma-ketligini aniqlay olmadi. “Karikonez” termini fanga 1879 yilda V.Shleyxer tomonidan kiritildi. Karikonez bo‘linish fazalarining ketma-ketligini 1879 yilda V.Fleming tasvirlab berdi. Xujayralar bo‘linishini Oskar Gertvig to‘laroq tasvirlab berdi.
Gervig va Strasburgerlar yadroning irsiy belgilarini avloddan-avlodga o‘tishdagi rolini aniq ta’riflay olmadi.
Mikroskopning taraqqiyoti bilan bir qatorda hujayrani o‘rganish uchun qulay bo‘lgan usullar, fiksatorlar ham mukammallashib bordi.
1850 yilda xrom kislotasi, 1865 yilda pikrin kislotasi, formalin va boshqa eritmalar kashf etildi. Shu bilan birga mikrotom kashf etilib, to‘qimalardan juda qisqa kesmalar tayyorlab, parafin va jelatinaga quyib o‘rganish tatbiq etildi. Ayniqsa 1850 yillarda hujayrani karmin gemotoksilin va har-xil analin bo‘yoqlar bilan bo‘yash usuli Sitologiya fanining har tomonlama o‘rganilishiga muhit tayyorlab, bu fanning rivojlanishi uchun asos bo‘ldi.
1876 yilda hujayra markazi, 1894 yilda mitoxondriya va 1898 yilda esa Golji apparati o‘rganildi.
Hayvonlarda urug‘lanish jarayonining (Gertvig, 1875; Fol, 1879 ) va o‘simliklarda urug‘lanish jarayonining (Gorajankin, 1883; Navashin, 1898; Ginyar, 1899; Strasburger, 1900) o‘rganilishi hujayra ta’limotini yanada yuksaltirdi.
Bu davrga Xujayraning irsiy qobiliyati nuqtai nazardan o‘rganish uchun sharoit yaratila boshladi.
Sitologlar Flemming (1882) va Strasburger (1884) tomonidan xromosoma aniqlandi. Valdeyer tomonidan “xromosoma” termini fanga kiritildi.
1903 yilda Setton genlar irsiy muhit-xromosomalarda joy olgan degan gipotezani olg‘a surdi. Bu g‘oya hujayrani chuqur o‘rganishga, ayniqsa xromosomalarni o‘rganishga turtki bo‘ldi.
Setton g‘oyasini amerikalik olim Tomas Morgan va uning shogirdlari xromosoma nazariyasini (1911) yaratish bilan tasdiqladi. T.Morganning maktabi, xromosoma nazariyasining yaratilishi ginetika fanining rivojlanishiga va Xujayraning molekulyar o‘rganilishiga asos bo‘ldi.
XX asrning boshlari Sitologiya fanining rivojlanishida uyg‘onish davri bo‘ldi.
1928-1931 yillarda elektron mikroskopning yaratilishi biologik tadqiqotlarning keng qo‘lanishga imkon berdi.
50-yillarga kelib xromosomaning mikroskopik tuzilishi, mitoz va meyoz bo‘linishlarning hususiyatlari o‘rganiladi. Ana shu asosda hujayra molekulyar asosda o‘rganila boshladi.
1953 yilda J.Uotson va F.Kriklar tomonidan jaxon fanida mashhur bo‘lgan kashfiyot, DNK ning tuzilishi modeli o‘rganilib chiqildi.
1956-60 yillarda odam hujayrasidagi xromosomalarning o‘rganilishi va Sitologiyani o‘rganishning qator usullarining takomillanishi bu fanning taraqqiyoti uchun katta manba bo‘ldi.
O‘zbekistonlik olimlar ham Sitologiya fanining rivojlanishiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar. Akademik J. O‘. O‘amidov raxbarligida endokrin bezlar va neyronlarga radiasiya ta’sirida bo‘ladigan morfofiziologik o‘zgarishlarini zamonaviy ilmiy usullar yordamida o‘rganilgan. Keyingi yillarda neyronlarning o‘sishi rivojlanishi va diffrensiyalanishini ta’minlaydigan muhim omillar, hayvon genlarinini boshqa urug‘langan tuxum hujayraga mikroineksiya usuli bilan o‘tkazish irsiyat omillaridan foydalanib irsiy kasalliklarni yo‘qotish va hayvon zotlarini tanlash hamda hujayra injeneriyasiga oid ilmiy tadqiqotlarini olib bormoqda. Akademik K. A. Zufarov o‘zbekistonda birinchi bo‘lib tibiiyot sohasida elektronmikroskopik, avtoradiografiya va sitokimyo usullarini joriy yetib, buyrak, oshqozon-ichak tizimining Sitologiyasi, sitokimyosi va elektronmikroskopiyasi o‘rganildi. Akademik B. O. Toshmuxamedov hujayra membranasining tuzilishi va funksiyalariga doir kashfiyotlarini yaratdi.
XXI-asrda Sitologiya molekulyar asosda rivojlanib biologiya fanlarining yangi tarmoqlari taraqqiyoti uchun xizmat qiladi.


Download 17,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish