dena-
turatsiya
deyiladi. Natijada oqsil molekulasining shakli, biologik
xossalari va funksiyasi o‘zgaradi, erish xususiyati yo‘qoladi. De-
naturatsiya yuqori harorat, nurlanish, og‘ir metallar, bir qator or-
ganik moddalar, kuchli mineral kislotalar ta’sirida kuzatiladi. oqsil
denatura tsiya hodisasi hammaga ma’lum chunki tuxum ichidagi
tiniq suyuqlik qizdirilganda qattiq va tiniq bo‘lmagan holatga o‘tib
qolishini hamma kuzatgan. Agar ta’sir etuvchi sharoit chetlatilsa
70
HAYOTIY JARAYONLARNING KIMYOVIY ASOSLARI
III BO‘LIM
va oqsil uchun qulay sharoit yaratilsa, denaturatsiyaga uchra-
gan oqsil tabiiy nativ holatini tiklashi mumkin. Bu hodisa
renatu-
ratsiya
(nativ holatga qaytishi) deb ataladi. Lekin denaturatsiyaga
uchragan tuxum oqsili renaturatsiyalanmaydi.
Oddiy va murakkab oqsillar.
hujayra tarkibidagi barcha
oqsillar ikkita katta guruhga: oddiy va murakkab oqsillarga bo‘li-
nadi. oddiy oqsillar faqat aminokislotalardan tashkil topgan bo‘la-
di. oddiy oqsillar suvda yoki boshqa eritmalarda erish xususiyati-
ga qarab bir-biridan farq qiladi. Toza distillangan suvda eriydigan
oqsillar
albuminlar
deb ataladi. Tuxum oqsili, bug‘doy va no‘xat
oqsillari albuminlarga misol bo‘ladi. osh tuzining kuchsiz eritmasi-
da eriydigan oqsillar
globulinlar
deyiladi. Qon tarkibidagi oqsillar
va ko‘pchilik o‘simlik oqsillari globulinlarning vakillaridir. Tirik or-
ganizmlarning hujayralarida yana spirtlarda, kuchsiz ishqoriy erit-
malarda eriydigan oddiy oqsillar ham mavjud.
murakkab oqsillar
tarkibidagi boshqa oqsil bo‘lmagan birikma-
larning xarakteriga qarab, nukleoprotein, xromoprotein, lipoprotein
va boshqalarga bo‘linadi. Xromoproteinlar rangli oqsillar bo‘lib, tirik
organizmlarda ko‘p tarqalgan. Qondagi gemoglobin oqsili xromopro-
teinlarga kiradi, uning tarkibida temir atomi mavjud. Nukleoprotein-
lar oqsil va nuklein kislotalarning birikishidan hosil bo‘lgan murak-
kab birikmalardir. ular barcha tirik organizmlarning tarkibida uchray-
di va yadro hamda sitoplazmaning ajralmas qismi hisoblanadi.
1. oqsillarning muhim xossalari nima bilan bog‘liq?
2. oqsillar qanday shakllarda uchraydi?
3. oqsil denaturatsiyasi deb nimaga aytiladi?
1. Xromoprotein, lipoprotein va glikoproteinlar qaysi
moddalardan tuzilganligini tushuntiring.
2. Quyidagi masalaning yechimini hisoblab toping.
Faraz qilaylik, agar ribonukleaza fermenti tarkibida 124 aminokislota
bo‘lsa, bu fermentning molekular massasi qanchaga teng ekanligini va
peptid bog‘lar nechta bo‘lishini hisoblab toping.
71
hAYoTIY JARAYoNLARNING kIMYoVIY ASoSLARI
III Bo‘LIM
Do'stlaringiz bilan baham: |