151
genetika haqida umumiy ma’lumot
VI Bo‘LIM
asosan, birgalikda nasldan naslga o‘tadi. Buni aniq misolda ko‘rib
chiqamiz. Agar kulrang tanali va normal qanotli drozofila bilan qo
-
ramtir tanali va kalta qanotli drozofila chatishtirilsa, duragaylar-
ning birinchi avlodidagi barcha pashshalar kulrang tanali va nor-
mal qanotli bo‘lib chiqadi. Bu ikki juft allel bo‘yicha geterozi gotadir
(kulrang tana,
qoramtir tana va normal qanot, kalta qanot). Tahliliy
chatishtirish o‘tkazishda digeterozigota (kulrang tanali va normal
qanotli) urg‘ochi pashshalarni retsessiv belgili qoramtir tanali va
kalta qanotli erkak pashshalar bilan chatishtiramiz. Mendel ning ik-
kinchi qonuni bo‘yicha naslda to‘rt xil fenotipli: 25 % normal qa-
notli kulrang tanali, 25 % kalta qanotli kulrang tanali, 25 % normal
qanotli qoramtir tanali va 25 % kalta qanotli qoramtir tanali pash-
shalar olinishi kerak edi. Lekin Morganning olib borgan tajriba-
larida esa butunlay boshqacha natija olingan.
Bu misolda bekross chatishtirishda diduragaydagi kabi to‘rtta
emas, balki ikkita genotipik guruh ajralib chiqdi. ulardan biri kul-
rang tanali normal qanotli, ikkinchisi esa
qora tanali kalta qanotli
edi. Nisbat 1:1 bo‘ldi. Bu A-B va a-b genlari birikkan holda irsiy-
lanishidan dalolat edi. Bunday irsiylanish to‘liq birikkan holda irsiy-
lanish hisoblanadi. Bu dalillarga asoslanib, Morgan birikkan holda
irsiylanish qonunini kashf etdi.
Morgan va uning shogirdlari bir xromosomada joylashgan
genlar ba’zan bir-biridan ajralgan holda irsiylanishlari mumkin
ekanligini ham isbotladilar. Buning sababi gomologik xromosoma-
lardagi birikkan genlar meyoz jarayonida krossingover tufayli ay-
rim qismlari bilan o‘zaro almashinuvidir. ularni krossingoverga
uchragan gametalar deyiladi. Chunki
gomologik xromosomalar
o‘xshash uchastkalari bilan almashinuv natijasida xromosomalar
strukturaviy qayta tuzilgan bo‘lib, ularda birikkan genlar krossin-
gover tufayli ajralib, yangi o‘zgargan variantda o‘zaro birikadilar.
Natijada, bekkross chatishtirish uchun olingan organizm to‘rt xil:
ikkita krossingoverga uchramagan,
ikkita krossingoverga uchra-
gan gameta hosil qiladi.
152
genetika haqida umumiy ma’lumot
VI Bo‘LIM
Bekkross chatishtirish natijasida olingan F
1
duragaylarning
83 % ota-ona organizmga o‘xshash bo‘lib, kulrang tanali normal
qanotli 41,5 %, qoramtir tanali kalta qanotli 41,5 % ni tashkil etadi.
F
b
ning faqat 17 % ota-onadan farq qiladi, ya’ni kulrang tanali –
kalta qanotli 8,5 % va qoramtir tanali normal qanotli 8,5 % ni tash-
kil etadi. Bu 17 % krossingover foizi deb ataladi.
Bunday irsiyla-
nishni genlarning to‘liqsiz birikkan holdagi
Do'stlaringiz bilan baham: