Nazorat savollari:
1. Hujayraning mitotik va hayotiy sikli nima?
2. Hujayraning interfaza davri va mitotik davri nima?
3. Hujayraning bo'linish va o'sishini boshqaruvchi mexanizmi haqida gapiring.
4. Mitozning biologik va genetik ahamiyati qanday?
5. Amitoz va uning xususiyatlari va mitozdan farqini ayting.
Mavzu: MEYOZ
Mashg’ulotning ta'limiy maqsadi: talabalarga meyoz bo'linishi turlari, meyoz I va meyoz II fazalari haqida bilim berish.
Mashg’ulotning tarbiyaviy maqsadi: talabalarga meyozning biologik ahamiyati, ya'ni bo'linish natijasida xromosomalar sonining ikki hissa kamayishi keyingi avlodlarga xromosomalar soni o'zgarmay saqlanishi haqida tushuncha berish orqali ularning ilmiy dunyoqarashini mustahkamlash va kengaytirish.
Mashg’ulotning rivojlantiruvchi maqsadi: talabalarni darslik bilan mustaqil ishlash, mantiqiy fikr yuritishga o'rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |