Nazorat savollari:
1. Meyoz davrlari va uning mohiyati haqida gapiring.
2. Xromosomalar konyugatsiyasi va krossingover jarayonlarining ahamiyati qanday?
3. Sinaptonemal kompleksining roli qanday?
4. Meyozning biologik ahamiyati qanday?
Mavzu: ENDOREPRODUKSIYA
Mashg’ulotning ta'limiy maqsadi: talabalarga endoreproduksiya turlari: politen xromosomalar, endomitoz va o'simliklarda uchraydigan poliploidiya hodisasi haqida bilim berish.
Mashg’ulotning tarbiyaviy maqsadi: talabalarga endoreproduksiya va uning seleksiya uchun ahamiyati, politen xromosomalar – tuzilishi va bo'linish usuli jihatidan o'ziga xos tuzilishga ega tuzilmalar haqida tushuncha berish orqali ularning ilmiy aqliy, axloqiy tarbiya berish.
Mashg’ulotning rivojlantiruvchi maqsadi: talabalarda hujayraning bo'linishi haqidagi bilimlaridan foydalanish, adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |