Nazorat savollari va topshiriqlar:
1. Hujayraning ikki membranali organoidlariga nima kiradi?
2. Nima uchun mitoxondriyalar hujayraning avtonom tuzilmalari deb ataladi?
3. Plastidalarning vazifalari va biologik ahamiyati xaqida gapiring.
4. Prokariot hujayralarning fotosintezlovchi tuzilmalari qanday tuzilgan?
5. Plastida va mitoxondriyalar kelib chiqishi xaqidagi endosimbioz nazariya xaqida gapiring.
Mavzu: MEMBRANASIZ ORGANOIDLAR
Mashg’ulotning ta'limiy maqsadi: talabalarga sitoplazmaning membranasiz tuzilmalari, ularning tarkibi, vazifasi, haqida ma'lumot berish.
Mashg’ulotning tarbiyaviy maqsadi: talabalarni membranaga ega bo'lmagan tuzilmalarning tuzilishi bilan tanishtirish orqali ilmiy dunyoqarashni kengaytirish va kasbga yo'naltirish.
Mashg’ulotning rivojlantiruvchi maqsadi: talabalarda hujayra organoidlari tuzilishi haqidagi bilimlarini, mustaqil ishlash ko'nikmalarini mantiqiy fikr yuritish ko'nikmalarini rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |