Gialoplazmaning submembranali tizimi
Hujayra tashqi apparatining submembrana tizimi faqat eukariotlarda bo'lib, unda 2 ta asosiy qism ajratiladi: hujayraning tayanch qisqarish tizimi va periferik (chekka) gialoplazma.
Tayanch-qisqarish tizimi - mikrofibrillalar, mikronaychalar va skeletli fibrillyar tuzilmalardan iborat. Fibrillyar tuzilmalar deyarli barcha eukariot hujayralarda uchrab, tayanch vazifasini bajaradi.
Mikrofibrillyar tuzilmalar tarkibiga aktin, miozin, aktinin, tropomiozin oqsillari kiradi. Bu oqsillar membrana ostida mikrofilamentlardan iborat to'rni hosil qiladi.
Tayanch-qisqarish tizimining yana bir komponenti mikronaychalar.Ularni tarkibi 80% tubulin oqsilidan iborat. Mikrofibrillalar singari mikronaychalar o'zi yig’ilib va tarqalib turadigan tizim.
Do'stlaringiz bilan baham: |