Sitologiya bobi bo‘yicha umumlashtirish darsi. Darsning ta’limiy maqsadi



Download 0,99 Mb.
bet1/5
Sana21.02.2022
Hajmi0,99 Mb.
#16861
  1   2   3   4   5

Sitologiya bobi bo‘yicha umumlashtirish darsi .
Darsning ta’limiy maqsadi. O‘quvchilar hujayra haqida ta’limot bobida olgan tushunchalarini umumlashtirish va tizimga solish. o‘quvchilarda hujayra to‘g‘risida hosil qilingan ilmiy tushunchalarni mustahkamlash, ularni shifokor, o‘qituvchi kasblariga qiziqishlarini kuchaytirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi.O‘quvchilar dunyoqarashi kеngaytirish,ekologik ,axloqiy tarbiya bеrish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi. O‘quvchilar mustaqil ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish. o‘quvchilarda ilmiy tafakkur va qobiliyatlarni shakllantirish.
Darsni jihozi. Mavzuga doir jadvallar, rasmlar, kadoskop, kompyutеr.
Darsda foydalaniladigan tеxnologiya. Didaktik o‘yin tеxnologiyalari.
Asosiy tushuncha va tayanch bilimlar. Hujayra,organoid,tsitoplazma, mitoxondriya, yadro.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism.
Dars rеjasi.
A) Komp`yuter da “Men kimman o‘yini”ni o‘tqazish
v) “Mustaqil ishlash”
s) Sinov testlarini bajarish.
3. Xulosa. Uyga vazifa.
1.Topshiriq
komp’yuterda hujayra va uning organoidlarini kuzdan kechirib chiqing va animasiya orqali berilgan topshiriqlar bilan tanishing va javob bering. Bu topshiriqni bajarish uchun “Hujayra biologiyasi” nomli elektron darslikdan foydalanamiz.
1. Animatsiya: Men hujayraning tashqi muhit bilan va boshqa hujayralar bilan o‘zaro munosabatini ta’minlayman. Qo‘yidagi vazifalarnibajaraman:
-himoya-tusiq;
-moddalarni o‘tkazish;
-reseptorlar.
Asosiy qismni plazmolemma tashkil etadi. Ayrimlarim tashqi yuzasidagli koprotein kompleksi-glikokaliks joylashgan. Glikokakliksda ko‘p miqdorda reseptorlar joylashadi. Tarkibimda ionlarni tanlab o‘tkazuvchi ion kanallarim bor.
Topingchi “Men kimman”?(j: hujayra membranasi)
2. Animasiya: Men hujayraning hamma tarkibiy qismlarini bir-biri bilan bog‘lab, ular orasidagi aloqalarni amalga oshishida muhim rol o‘ynayman. Tarkibiy qismlarim gialoplazma, organoidlar va kiritmalardir. Menda umumiy va xususiy organoidlar joylangan.
Topingchi “Men kimman”? (sitoplazma)
3. Animasiya: Men sitoplazmaning ichkariroq qismida-endoplazmada joylashib, elektron mikroskoplrdagina yaxshi o‘rganish mumkin. Men bitta membrana bilan chegaralangan, vakuolala va kanalchalar sistemasidan tashkil topganman. Biz egizakmiz. Silliq va donador deyishadi. Bizning vazifamiz: donadorimiz membranasida ribosomalar borligi uchun unda oqsillar sintezi bo‘ladi, silliq turimizda yog‘ va uglevod almashinishida ishtirok etuvchi ferment joylashadi.
Xo‘sh aytingchi “Men kimman”? (endoplazmatik tur)
4. Animasiya: Men hujayrada oqsil sintezini amalga oshiraman. Tarkibim – ribonuklein kislota va oqsil molekulalaridan tashkil topganman. Men yadrodagi yadrochada sintezlanib, keyin sitoplazmaga chiqaman.
Aytingchi “Men kimman”?
5. Animasiya: Men yassilangan bo‘shliqlar, yirik vakuolalar va mayda pufakchalardan tuzilganman. Mening bo‘shliqlarim endoplazmatik tur kanallari bilan tutashib ketgan. Men uglevodlar sintezida, lizosomalar va hujayra membranalarini hosil qilishda qatnashaman.
Qani aytingchi “Men kimman”? (Golji apparati)
6. Animasiya: Men hujayrada energiya hosil qilishda qatnashaman, meni hujayraning “akkumuliyatori” deyishadi. Mening asosiy vazifam ATF sintez qilishdan iborat. Tarkibimda DNK bo‘limi bo‘linish yo‘li bilantezda ko‘payishimga imkon beradi.
Aytingchi “Men kimman” ? (mitoxondriya)
7.Animasiya: Men Golji apparatida hosil bo‘laman. Mening ichim oqsillar, karbon suvlar, nuklein kislotalar, yog‘lar va boshqa moddalarni parchalovchi fermentlar bilan to‘lgan. Dametrim 0.4 mkm bo‘lib, bir qavat membranadan iboratman. Aytingchi “Men kimman”?(lizosoma)
8.Animasiya: Men barcha euokariat organizmlarda bo‘laman. Qo‘yidagi funksiyalarni bajaraman:
1.Irsiy axborotni saqlash va ko‘paytirish.
2.Hujayradagi moddalar almashinuvini idora qilish.
Interfaza holatimda qo‘yidagi tuzilishga egaman.
1) yadro qobiqi, 2) yadro shirasi, 3) xromosomalar, 4) yadrocha.
Aytingchi “Men kimman”? (yadro)
Komp’yuterda o‘quvchilar javoblari aniqlanib baholanadi.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish