Sistema mikro-makro holatining ehtimolligi


-Bob. Pedagogik tajriba sinov ishlari va ularning natijalari



Download 69,5 Kb.
bet3/3
Sana21.04.2022
Hajmi69,5 Kb.
#568399
1   2   3
Bog'liq
UMIDA PEREVOD

3-Bob. Pedagogik tajriba sinov ishlari va ularning natijalari
3.1 Pedagogik tajriba sinov ishlarini tashkil qilish.
Tajriba bilishning asosi va har qanday nazariyaning haqiqatga to`g`ri kelishini tajriba tasdiqlaydi. Pedagogik tajriba pedagogik tadqiqotlarning murakkab va muhim metodlaridan biri hisoblanadi.
Pedagogik tajribaning mazmunini belgilovchi uchta asosiy hususiyat bo`lib, bu hususiyatlar bilan pedagogik tadqiqotning boshqa xususiyatlaridan farq qiladi. Bular quyidagicha belgilanadi:

  1. o`qitish jarayoniga tadqiqotning maqsadi va ilgari surilgan gipotezasiga mos ravishda kerakli o`zgarishlarni kiritish;

  2. o`quv jarayoninning turli tomonlari o`zaro bog`lanishini aks ettiruvchi

sharoitlarni hosil qilish;

  1. o`quv jarayonini va unga kiritilgan o`rganish natijalarini hisobga olish;

Pedagogik tajribaning maqsadi—o`quv tajriba jarayonida qo`llanilayotgan vosita va metodlarni u yoki bu o`quv materialining berilgan hajmini ko`rsatilgan vaqtda o`rganish imkoniyatlarinig samaradorligini hal etishdan iboratdir. Bu aytilganlarning barchasi fizika metodikasi sohasida o’tkaziladigan tajribalarga mos keladi. U fizika o`qitishning alohida turini, masalan, laboratoriya ishlarini va ularni bajarishda ishlatiladigan asboblarni, darsdagi muammolarning hal etilishining turli usullarini taklif etishni va pedagogik amallarni, fizik tushunchalrni shakllantirishni, o`quvchilar va talabalar bilimini oshirish va nazorat qilishni qamrab oladi. Pedagogik tajriba bir necha yilgacha davom etishi mumkin.
O’quvchilarning fizikaga oid bilimlarni shakllantirish muomosini hal qilish maqsadida Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi Toshkent Iqtisodiyot kollejida tajriba-sinov ishlari o’tkazdik. Birinchi bosqichning asosiy maqsadi, tanlangan muammoni kollej fizika darslarida o’quvchilarning fizikaga oid bilimlarni qanday darajada ekanligini o’rgatish, o’quvchilarda bilimlarining shakllanganlik darajsini aniqlash mezonlarini ishlab chiqishdan iborat bo’ladi. Buning uchun
o’quvchilarning fizikadan amaliy va laboratoriya mashg’ulotlaridagi faoliyatlari o’rganiladi. Fizika ta’limining kollejdagi o’quv dasturlari rejasi tahlil qilinadi.Kollejlarda fizika darslari kuzatiladi. O’quvchilarda fizika kursining boshlanishi va so’ngidagi, shuningdek fizika o’qitish metodikasi kursining so’ngidagi, umumiy o’rta talim maktabi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida fizikaga bog’liq bo’lgan bilimlarning shakllanganlik darajasi tekshiriladi.
Ma’lumki, har bir ishda tashhisning to’g’ri qo’yilishi keyingi ishlarining samaradorligini belgilaydi, shu boisdan o’quvchilarda fizikaga oid bilimlar shakllanganlik darajasinig daslabki holatini aniqlashimiz mumkin. O’quvchilar bilan anketa so’rovnomalari o’tkazildi. Javoblar tahlili natijalaridan, o’quvchilarning ko’pchiligi (45-50%) fizikaga oid bilimlarning shakllanganligi yetarli darajada emasligi aniqlandi. Tajriba-sinov ishlarining ikki bosqichda o’quvchilarda fizikaga oid bilimlarni shakllantirish imkoniyatlari izlandi. Shu maqsadda ilg’or pedagogik tajribalar o’rganildi, umumlashtirildi texnik mazmundagi topshiriqlar sistemasi ishlab chiqildi.
Tajribaning boshlanishida o’zlashtirish darajalari bir-biriga yaqin bo’lgan o’quvchilar guruhlari ishtirok etishdi. Fizikaga oid bilimlarning shakllanganligi aniqlash uchun uch darajali (yuqori,o’rta,past) mezondan foydalanildi. chiqildi.
Bundan o’quvchilar texnologik bilimlarning shakllanganlik darajasini oshirish lozim, degan xulosaga kelindi. Ikkinchi bosqichning asosiy maqsadidan yana biri bo’lgan texnologik bilimlarni shakllantirish metodikasini ishlab chiqish va uni amalda qo’llashga katta e’tibor qaratildi. Birinchi bosqichdagi xulosalarga tayangan holda, tavsiya etilayotgan metodikaga tuzatishlar kiritildi. Masalalar yechish va labaratoriya ishlari bilan bog’liq bo’lgan topshiriqlarni bajarishda muammoli savollardan foydalanildi. Texnologik bilimlarning shakllanganlik darajasini aniqlash maqsadida 2015-2016 o’quv yilida Guliston shahridagi 16 maktab 6 – 9 sinflarida hamda Guliston 4 ALlar o’quvchilari bilan tajriba-sinov ishlarining birinchi bosqichi o’tkazildi. Tajriba o’tkazish jarayonida, fizikaga oid bilimlarning umumiy o’rta ta’lim fizikasi mazmunidagi masalalar, laboratoriya ishlari va namoyishli tajribalarni mustaqil bajara olish va ularni o’quvchlarga tushuntira olishga alohida e’tibor qaratildi.
Tajriba-sinov ishlarining uch bosqichini amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar qo’yildi:
-Fizikadan amaliy mashg’ulotlarini kuzatish, ushbu mashg’ulotlarning tashkil qilinishi va mazmunini texnologik bilimlarni shakllantirish nuqtai nazardan tahlil qilish.
-Nazorat ishlarini tahlil qilish.
-O’quvchilar bilan so’rovnoma o’tkazish, suhbat olib borish.
Mashg’ulotlarni kuzatish jarayonida, fizikaga oid bilimlarni shakllantirish masalasiga asosiy etibor qaratildi. Kollej o’quvchilarida texnologik bilimlarni shakllanganlik darajasini aniqlash maqsadida xayol qilinayotgan muammo bo’yicha quyidagi savollar ishlab chiqildi. Savollar muammo bo’yicha dastlabki ma’lumotlarni olish uchun o’quvchilarga taklif qilindi. Quyida bu savollar keltirilgan.

  • Molekula nima? -Ideal gaz nima?

  • Molekulyar fizika masalalariga to’xtalib o’ting.

  • Gaz bosimiga ta’rif bering?

  • Mashg’ulotlarga fizikaga oid bilmlarni shakllantirish qanday amalga oshiriladi?

Olingan natijalarning tahlili guruhlarda o’quvchlarning o’zlashtirish ko’rsatkichlari bir-biriga yaqin ekanligni ko’rsatdi. Bundan o’quvchlarga texnalogik bilimlarning shakllanganlik darajasini oshirish lozim, degan xulosaga kelindi. Tadqiqot ishining keyingi bosqichida tajriba va nazorat guruhlariga tanlandi. Tanlangan guruhlardagi o’quvchlarga texnologik bilimlarning shakllanganlik darajasini aniqlash har bir o’quvchiga alohida individual ravishda mustaqil bajarish kerak bo’lgan topshiriqlar berildi va ularning javoblari tahlil qilindi.
Ushbu topshiriqlar asosida har ikkala guruhda “Molekulyar fizika” kursiga kirishdan oldin o’quvchlarda texnalogik bilimlarning shakllanganlik darajasi aniqlandi va baholandi. “Molekulyar fizika” kursini nazorat guruhlarida an’anaviy usulda, tajriba guruhlarida esa, biz tomondan taklif qilingan metodika asosida olib borildi.
Download 69,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish