Sistema mikro-makro holatining ehtimolligi


Termodinamikaning ikkinchi qonuni



Download 69,5 Kb.
bet2/3
Sana21.04.2022
Hajmi69,5 Kb.
#568399
1   2   3
Bog'liq
UMIDA PEREVOD

Termodinamikaning ikkinchi qonuni.
Termodinamikaning ikkinchi qonuning ma’nosini bilish va uni statistik talqin qilish uchun, issiqlik va mexanik hodisalarning mohiyatiga, ularning birini ikkinchisidan tubdan farq qilishiga batafsil to’xtash lozim. Mexanik hodisalardan farqli, issiqlik hodisalari tamomila qaytmasdir. Issiqlik hodisalarining bu xossasini o’quvchilarga hayotiy tajribalarga asoslanib tushuntirish, maqsadga muvofiqdir.
Masalan, piyolaga quyilgan issiq choyni vaqt o’tishi bilan xona temperaturasigacha sovushi, issiq xonaga kiritilganda muzning erishi va boshqalar. Demak, makroskopik sistemalar vaqt o’tishi bilan muvozanat holatini egallab, o’z-o’zidan nomuvozanatli holatga qaytmaydi. Bu fikrni o’quvchilar yanada yaqqolroq tasavvur qilishlari uchun, diffuziya, issiqlikni issiq jismdan sovuq jismga o’tishiga taalluqli ko’qlab misollar keltirish miumkin.
Bosim va temperaturaning statistik talqini.
Molekulyar-kinetik yoki statistik nazariyaning muhim vazifalaridan biri, sistemaning temperaturasi bilan uning mikroskopik va makroskopik kattaliklari orasidagi bog’lanishni topishdan iborat. Buning uchun, tajriba dalillariga asoslanib, temperaturaning termodinamik ta’rifini berish kerak. Unga, ko’ra temperaturaissiqlik muvozanatli holatini tavsiflovchi kattalikdir, ya’ni temperaturasi bir xil bo’lgan sistemalar tutashtirilganda, ularning muvozanat holati buzilmaydi.
Yuqorida ko’rdikki, ehtimoliy-statistik nuqtai nazarga ko’ra, muvozanat holat, bu eng ehtimoliy holat ekan. Bu fikrni tasdiqlash uchun, jismlarning issiqlik almashishi, ular muvozanat holatini egallaguncha davom etishini, bu holatda barcha zarralarga to'g'ri keladigan o’rtacha energiya bir xil bo’lishini, ya’ni energiya teng taqsimlanishini tushuntirish lozim. Demak, issiqlik almashayotgan sistemalarning zarralariga to’g’ri keladigan o’rtacha energiya bir xil bo’lsa, ular orasida issiqlik almashish to’xtaydi. Shuning uchun, zarralarning issiqlik harakati o’rtacha energiyasi temperaturaning o’lchovi sifatida qaraladi. Statistik nazariyaga ko’ra, temperaturaning fizik mohiyati shundan iborat.
Molekulyar-kinetik nazariyadan malumki, zarraning o’rtacha kinetik energiyasini temperaturaga bog’liqligini quyidagicha yozishimiz mumkin:
Ek= kT
buifodadan foydalanib, molekulyar-kinetik nazariyaning asosiy tenglamasini quyidagicha yozish mumkin: P=nkT
Yuqorida keltirilgan formulalardan foydalanib, bosim va temperaturaning statistik tasnifini ochib berish mumkin. Buning uchun, formulalardagi fizik kattaliklarga o’quvchilarning diqqatini jalb qilish kerak.Agar:
-formula yoki tenglamalarda fizik kattalklarning o’zi emas, balki o’rtacha qiymati qatnashayotgan bo’lsa, bu narsa fizik kattalik statistik tasnifga ega ekanligining belgisidir;
-qaralayotgan tenglamalarning chap tomonida statistik tasnifga ega bo’lgan kattalik tursa, albatta o’ng tomonida ham statistik kattalik qatnashadi;
-bosim va temperaturaning statistik tasnifga ega ekanligini tasdiqlovchi yana bir misol, alohida zarraga taalluqli ushbu kattaliklarni tajribada o’lchash mumkin emasligidir.
Ammo, mavjud o’quv-metodik qo’llanmalarni tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, ehtimoliy-statistik g’oya va tushunchalar AL va KHK lar fizika kursidan munosib joy olmagan va o’quv jarayoniga yetarli darajada joriy qilinmagan. Bu vazifani amalga oshirish uchun, o’qituvchilarni pedagogika oliy o’quv yurtlarida, yuqorida aytilgn vazifalarni to’la hal qila oladigan qilib, tayyorlash lozim.
Bo’lg’usi fizika o’qituvchilarini, ehtimoliy-statistik g’oya va tushunchalarni o’quvchilarda shakllantirish faoliyatini samaradorligini oshirish yo’llaridan birioliy va umumta’lim maktab, AL va KHK fizika kurslari orasida izchillikni yetarli darajada amalga oshirishdan iborat. Shuning uchun, ehtimoliy-statistik g'oya va tushunchalani o'qitishning turli bosqichlarida izchilligini amalga oshirishni ko’rsatish maqsadida, ularni pedagogika oliy o’quv yurtlari fizika kurslarida o’rni va holatini ko’rib chiqish kerak.


Download 69,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish