Sirtqi fakultet



Download 101,22 Kb.
bet2/3
Sana04.03.2022
Hajmi101,22 Kb.
#482677
1   2   3
Bog'liq
Мустакил иш. (Эссе)

Startaplarning xususiyatlari

Xususiyatlarning mazmuni va kelib chiqish sabablari

1. Innovatsiyaga: yangi mahsulot ishlab
chiqarish, xizmat kо‘rsatish yoki eskisini tubdan takomillashtirishga
yо‘nalganligi.

Bu ularni raqobatlashishga imkon beradi. Lekin shu bilan birga о‘z mahsuloti va xizmatlari bilan tanilgan yirik kompaniyalar bilan raqobatlashish oson emas. Shuning uchun bu faoliyat noaniqlikka “qо‘l urish”dir.
Faqat ularning allaqachon bozorni zabt etgani va
novatorlik g‘oyalarini kо‘pincha tatbiq etishga urinmasliklaridan foydalanish mumkin.

2. Qiziqarli g‘oya mavjud bо‘lishi kerak.

Chunki startapda g‘oya alohida ag‘amiyatga ega. Agar u kelajakda istiqbolli bо‘lsa juda qimmat bо‘lishi mumkin. Sababi internetda juda kо‘p odatiy mahsulotlar ishlab chiqarishga mо‘ljallangan bepul biznes-planlar taklif qilinishida ham kо‘rish mumkin. Bunday g‘oya, liderlikka
intilish bо‘lmasa biznes bilan shug‘ullanish juda qiyin

3. Startap yaratuvchilar odatda yoshlar. Bunda ularga ambitsiyalari hamda tez qaror qabul qilishga moyilliklari yordam beradi.

Ular kechagi yoki bugungi talabalar. Umuman olganda insoniyat tarixidagi ixtirolarning asosiy qismi olimlarning fikricha 30 yoshgacha bо‘lgan yoshlar tomonidan yaratilgan. Startapchilar esa yanada yosh - о‘rtacha 25 yoshni tashkil etar ekan. Lekin ularda mablag‘ yо‘q. Shuning uchun
juda kо‘p ixtirolarning yaratilish tarixi ularni garaj va ijaraga olingan xonadonlarda yaratilganini kо‘rsatadi.

4. Startap ishtirok- chilari borini – vaqti, butun vujudini ilgari surgan g‘oyasini amalga oshirishga sarflaydilar.
Odatda kо‘proq yagona komanda bо‘lib faoliyat yuritadilar.

Ularni oladigan foydalaridan ham kо‘proq g‘oyani amalga oshirish qiziqtiradi. Odatda ular kо‘proq bir komanda bо‘lib ishlaydilar. Ularni zafarga bо‘lgan ishonch olg‘a yetaklaydi. Ularni g‘oyani amalga oshirish juda qimmatga tushishi mumkinligi uncha qiziqtirmaydi. Ularni oladigan foydalaridan ham kо‘proq g‘oyani amalga oshirish qiziqtiradi. Odatda ular kо‘proq bir komanda bо‘lib ishlaydilar. Sababi, 1) yakka holda g‘oyani amalga oshirish juda qiyin, ayniqsa, bozorni о‘rganish ma’lumotlarni taxlil qilish, biznes reja tuzish, investor. ishonchli sheriklar, iste’molchilarni topish kabilar kо‘p vaqtni oladi. Vaqt esa eng qimmat resurs; 2) komandada bahslashish, maslahatlashish mumkinki, u real xaqiqatni, g‘oyani amalga oshirishdagi tо‘siqlarni tezda aniqlashga yordam beradi. Ularni zafarga bо‘lgan ishonch olg‘a yetaklaydi. Startapda ilgari surilgan g‘oyadan kо‘ra uni
amalga oshiruvchi komanda va uning salohiyati, hamfikrligi, birligi asosiy о‘rinda turadi.

5. G‘oyani real hayotga tatbiq etishdagi eng katta muammo – bu mablag‘ masalasi.

Quruq g‘oyaning о‘zi bilan uzoqqa borib bо‘lmaydi. Uni amalga oshirish uchun mablag‘ zarur. Shuning uchun investor topish asosiy о‘ringa chiqadi. Investor yangi g‘oyalarga qiziqadigan bо‘lishi yoki foyda olishga “kо‘zi yetishi”, ya’ni
ishonchi komil bо‘lsagina mablag‘ini sarflaydi.

Umuman olganda ilgari surilgan g‘oya doimo ham amalga oshmasligi, g‘oyaligicha qolib ketishi ehtimoli doimo mavjud. Investor topilmasa u о‘z- о‘zidan chetga suriladi. Lekin g‘oya amalga oshadigan bо‘lsa, u yuqori daromad olib keladi. U shu sohadagi yagona kichik korxona bо‘lib, monopol mavqeiga ega bо‘ladi. Bular albatta uning rivojlanishi va kelgusida hatto yirik gigantlarga aylanishi mumkinligini hayot, tajriba kо‘rsatib turibdi. Masalan, Googl, Hewlett-Packard, Intel, Apple, Facebook va boshqalar.


Startaplar nihoyatda xilma-xil va turli sohalarga yо‘naltirilgan.
Ularni о‘rganish, tahlil qilish uchun turli jihatdan yondashish mumkin.
1. Yangi mahsulot, xizmat kо‘rsatishni amalga oshirishga qaratilgan, g‘oyani tatbiq etish muvaffaqiyatga olib kelish ehtimoli yuqori startaplar. Bularga kо‘proq iste’mol tovarlari, texnologiyalar yaratishga qaratilgan startaplar.
2. Maxsulot va uni sotish bozorlari xususiyatiga kо‘ra “muvaffaqiyatli nusxa yaratganlar”, bularga kо‘proq ijtimoiy tarmoqlar bо‘yicha yaratilgan startaplar kiradi.
3. Bozorning ma’lum bir segmentida avval band bо‘lganlarning о‘rnini о‘z mahsulotini tannarxini keskin ravishda pasaytirish evaziga egallashga, о‘rin bosuvchi tovarlar ishlab chiqarishga qaratilgan startaplar.
4. Kelajagi noaniq tavakkalchilikka asoslangan startaplar. Ularda yangi g‘oyani amalga oshrishda risk katta. Bir tomondan, sarflangan mablag‘lar qaytmasligi yoki muvaffaqiyatli bо‘lsa, katta foyda olib kelishi mumkin.
Fan sig‘imi nuqtai nazaridan startaplarga yondashadigan bо‘lsak, ularni fan sig‘imi yuqori texnologiyalarga asoslangan yoki an’anaviy startaplar guruhiga bо‘lishimiz mumkin:
Fan sig‘imi yuqori startaplar tabiiy yaratadigan mahsuloti xarajatlarida fanning ulushi yuqori. Shuning uchun eng sо‘nggi ixtirolarga, fan-texnika yangiliklariga asoslangan startaplar juda katta foyda keltirishi ehtimoli yuqori, lekin buning uchun katta mablag‘ talab etiladi.
An’anaviy startaplar alohida yangi g‘oyani talab qilmaydi. Biznesni boshlash uchun oddiy, osonlikcha amalga oshiriladigan g‘oyalar asosida yaratilgan va katta muvaffaqiyatga erishgan kompaniyalar talaygina. Lekin ilmiy maqolalarda faqat innovatsiyaga asoslangan startaplarnigina startap deyish tо‘g‘ri degan fikrlar ham mavjud.
Ilmiy adabiyotlarda startaplarni kichik bir kompaniyadan yirik kompaniyaga aylanish tezligi jihatidan startup unicorn va sekin-asta rivojlanuvchi guruhlarga bо‘lish mavjud. Bunday guruhlashga Eylina Li asos solgan bо‘lib, u о‘zining maqolalaridan birida 5 yil davomida kapitalizatsiya darajasi 1 mlrd. dollardan ortgan kompaniyalarni afsonaviy mavjudot -“unicorn”lar deb atagan [13]. Agar 2013 yili ular 39 bо‘lsa hozirda 310 dan ortiq. Undan tashqari muvaffaqiyatga erishib, 1 mlrd dollar kapitalizatsiya darajasiga yetish muddati ham qisqarib borayapti. Masalan, “Whats App” uchun 2 yil, “Uber”ga 2,5 yil, “Tesla”ga 4 yildan sal kо‘proq vaqt zarur bо‘ldi.

  1. Startaplarning ustunlik jihatlari va kamchiliklari





Download 101,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish