Litsenziya kelishuvlari
Litsenziya kelishuvi xalqaro savdo bitimi bo’lib uning natijasida ixtiro egasi boshqa tomonga ma’lum chegara doirasida texnologiyadan foydalanish huquqini beradi. Patent bilan himoyalangan yoki himoyalanmagan Litsenziya egasi (Litsenziar) qiziqayotgan tomonga (Litsenziatga) ushbu texnologiyadan kelishilgan muddatga belgilangan haq evaziga foydalanishga ruxsat beradi. Litsenziat Litsenziya kelishuvini imzolash uchun quyidagi motivlarga ega bo’lishi mumkin:
yangi texnologiya ishlab chiqishda ITTKIdan foydalanishga qaraganda Litsenziyani sotib olish natijasida ko’proq foyda olish;
qo’shimcha foyda olish;
Litsenziarning obro’-e’tiboridan foydalanish;
zarur hollarda Litsenziarning texnik mutaxassislari xizmatidan foydalanish.
Litsenziya savdosi xalqaro texnologiya berishning asosiy shakli hisoblanadi.
Texnologiyalar moddiy tashuvchidan mustaqil ravishda berilganda Litsenziya kelishuvi mustaqil kelishuv deb ataladi. Qo’shimcha Litsenziya kelishuvi texnologik asbob-uskunalarni etkazib berish va injiniring xizmatlari ko’rsatish shartnomalari doirasida o’ringa ega bo’ladi.
Patentli Litsenziya kelishuvi bu patentdan foydalanish huquqini nou-xausiz berilishini tasdiqlovchi hujjat. Patentsiz Litsenziya bu nou-xaudan ixtiroga patentsiz foydalanishni tasdiqlovchi hujjat.
Mutlaq bo’lmagan Litsenziya Litsenziatning texnologiyaga monopol huquqini va Litsenziarnnig hududni rad etishini nazarda tutadi. To’liq Litsenziya Litsenziatga kelishuv amal qiluvchi muddatda patent yoki nou-xaudan foydalanish huquqini berish va Litsenziarning shu muddat davomida texnologiyadan mustaqil foydalanishdan voz kechishini nazarda tutadi.
Litsenziya to’lovlarining quyidagi asosiy turlari amal qiladi:
Royalti – Litsenziya kelishuvi amal qiluvchi muddat davomida xaridorning daromadlaridan vaqti-vaqti bilan ajratiluvchi mablag’ bo’lib, Litsenziyadan foydalanish natijasida olinuvchi foyda hajmiga bog’liq bo’ladi. Royalti foyda miqdori yoki savdo hajmining foizlarida qat’iy belgilangan stavka ko’rinishida belgilanishi mumkin. U Litsenziat tomonidan belgilangan vaqt oralig’ida har yil, shar chorak yoki har oy to’lab boriladi.
Paushal to’lovi Litsenziya kelishuvida qayd etilgan bir martalik to’lov bo’lib, Litsenziyadan amalda foydalanish muddati bilan bog’liq bo’lmay ekspert baholari asosida belgilanadi. Bunday to’lov turi odatda texnologiyalar qiymati asbob-uskunalar qiymatiga kiritilgan paytda asbob-uskunalar etkazib berishda, shuningdek Litsenziat texnologiyalardan keyinchalik foydalanishni Litsenziar nazorat qilishini istamagan hollarda qo’llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |